|
Muhandislik-texnologiya
|
bet | 186/193 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 2,19 Mb. | | #256562 |
Bog'liq Muhandislik-texnologiyaMazdakiylik - diniy falsafiy ta’limot. Asoschisi Mazdak (470-529). Mazdak xalq ommasining zardushtiylik koxinlari va zodagonlariga qarshi kurashini boshqargan. Mazdak ta’limotiga binoan, olamda bo’ladigan jarayonlar ongli va biror maqsadni ko’zlab harakat qiluvchi ezgulik, yoruglik manbai bilan ko’r-ko’rona va tasodifiy harakatlanuvchi korong’ilik manbai o’rtasidagi kurashdan iborat. Bu kurash «yaxshilik»ning «yomonlik» ustidan mukarrar galabasi bilan tugallanadi.
“Fiqh” - musulmon qonunshunosligi.
“Тajvid” - Qur’on oyatlarini yoddan to’g’ri o’qish qoidalari.
“Sohibqiron” - ikki sayyora: Zuhal va Mushtariylarning yaqinlashuv (qiron) jarayoni egasi. Aynan shu qiron jarayonida dunyoga kelgan farzandlargina bunday yuksak nomga sazovor bo’lgan.
Nominalizm - lotincha nomina - ism, nom ma’nosini anglatadi. Sxolastik falsafa. Nominalistlar fikricha, universaliylar haqiqatda emas, balki fakat tafakkurda mavjud. O’rta asrlarda nominalizm sxolastikaning realizm bilan munozarasi natijasida kelib chikkan edi. Lekin nominalizmning asosiy tezisi qadimgi yunon faylasuflari Antisfen va Stoiklar tomonidan ilgari surilgan bo’lib, ular Platon g’oyalarini tanqid qilgan edilar. Rosselin tomonidan asoslanganidan keyin mustakil okimga aylandi. U faqat yakka narsalargina real mavjud, universaliylar esa narsalarning nomi, deb ta’kidlagan.
Realizm - Realistlar Anselm Kenterberiyskiy, Foma Akvinskiy umumiy ob’ektlar, tushunchalar yo alohida insonda, aqldan tashqarida, bu narsalarga qadar yoki individual narsalarning o’zlarida, ularning ruhiy asoslarini tashkil etgan holda mavjud, deb hisoblaydilar. Cherkov realizm nuqtai nazaridan, turli aqidalarni, masalan Odam Atoning gunohkor bo’lganligi haqidagi afsonani falsafiy asoslash uchun foydalandi.
Apologetika - yunoncha apologetikos - himoya kilish ma’nosini anglatadi. Ilohiyotda tafakkur dalillari yordamida diniy ta’limotni himoya kilish va oqlash bilan bog’liq bo’lgan soha. Dinning mohiyatini aqidalar tizimi xususiyatlari, axloqiy printsiplari, ijtimoiy hayotdagi roli va ahamiyatini tahlil qilish asosida uni falsafiy materialistik va genetik tanqiddan himoya qilishni o’z oldiga asosiy vazifa qilib qo’yadi.
|
| |