|
Muhandislik-texnologiya
|
bet | 184/193 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 2,19 Mb. | | #256562 |
Bog'liq Muhandislik-texnologiyaMifologik dunyoqarash - Ijtimoiy taraqqiyotning boshlang’ich bosqichlariga xos bo’lib, dunyoni tushunishning oddiy usuli, xayoliy in’ikosidir.
Din - arabcha “ishonch, ishonmoq” demakdir. Borliqni yaratuvchi va boshqaruvchi, adolatning yuksak namunasi, moddiy olamga xos bo’lmagan va ayni vaqtda barkamollikning oliy ko’rinishi sifatida tushuniluvchi oliy mavjudotga, ya’ni Хudoga nisbatan munosabat, tasavvur, urf-odat va marosimlar majmuidir.
Diniy dunyoqarash - Olamdagi voqea va hodisalar sabablarini ilohiy kuchlar, oldindan belgilangan maqsadlar bilan bog’lab tushunishdir.
Monizm — (yunoncha “monos” ya’ni “yakka” ma’nosini anglatadi) olamning asosi yakayu-yagona sababga, bitta asosga ega deb ta’lim beradigan falsafiy ta’limotdir.
Dualizm — (lotin tilida “dua” ya’ni “ikki” degan ma’noni ifodalaydi) olamning asosida ikkita asos, ya’ni modda va materiya bilan birga ruh va g’oya, yotadi deyuvchi qarash.
Plyuralizm — (lotin tilida “plyural” ya’ni “ko’plik” degan ma’noni anglatadi) olamning asosida ko’p narsa va g’oyalar yotadi deb e’tirof etadigan ta’limotdir.
Materializm — olamning asosida materiya, ya’ni moddiy narsalar yotishini e’tirof etadigan, moddiylikni ustuvor deb biladigan ta’limot.
Idealizm — olamning asosida ruh yoki g’oyalar yotadi, dunyo voqeligi va rivojida g’oyalarni ustuvor deb ta’lim beradigan falsafiy ta’limot.
Antik falsafa - qadimgi davrda eramizdan avvalgi VIII asrda Yunonistonda, eramizdan avvalgi II asrda Rim jamiyatlarida shakllanib, eramizning VI asriga qadar rivojlanib kelgan falsafiy ta’limotlar umumlashmasi.
Vedalar - diniy mazmunga ega adabiyotlar. Ba’zi taxminlarga ko’ra, deyarli to’qqiz asr davomida Hindiston yarim orolida yashab kelgan qadimiy xalq va elatlar tomonidan yaratilgan.
Upanishadalar – “sirli bilimlar” deb atalib, vedalarning falsafiy qismidir. U ma’lum bir kitob yoki falsafiy risolalar shaklida bo’lmay, balki turli mavzularda, turli davrlarda asosan noma’lum mualliflar tomonidan yaratilgan matnlar to’plami. Har bir matn u yoki bu muallifning falsafiy mushohadalarining qisqacha bayonidan iborat.
|
| |