|
Muhandislik-texnologiya
|
bet | 185/193 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 2,19 Mb. | | #256562 |
Bog'liq Muhandislik-texnologiyaBu sahifa navigatsiya:
- Veda”
Eley maktabi - pifagorchilarning ittifoqi kabi Elladaning Eley shahrida yuzaga kelgan. Bu maktabning asosiy namoyondalari Ksenofan, Parmenid, Zenon va Melisslardir. Eley maktabi ta’limoti qadimgi Yunon falsafasining shakllanishida, uning kategoriyalari, jumladan, borliq kategoriyasining rivojida yangi qadam hisoblanadi. Ioniyaliklarda borliq jismiy, pifagorchilarniki esa matematik bo’lsa, Eley maktabida u falsafiydir. Eleyliklar birinchilar katorida borliq va tafakkur o’rtasidagi munosabat masalasini qo’ydilar. Antik falsafa shakllanishining yakuni Eley maktabi bilan tugallanadi.
“Veda” — “diniy kitoblar”, “astika” — “Veda”ning muqaddasligini tan oluvchi, “nastika” — uning muqaddasligini tan olmaydigan maktablar.
“Dao” — “tabiat qonuni”, “Si” — borliqning asosida yotgan besh unsur, “yan” — “yorug’lik kuchi”, “in” — “zulmat kuchi”, “metafizika” — qadimgi yunonistonliklar fikricha, “borliqning asosini o’rganadigan dastlabki falsafiy maktab”.
Anxra Manyu - Zardushtiylikda yovuz kuchlar, zulmat va o’lim boshlig’i, Axuramazdaning dushmani, inson ruhiyatidagi salbiy hissiyotlarning timsoli. Olamning yagona hukmdori bo’lmish Vaqt bir-biriga zid ikki buyuk qudrat Axuramazda va Anxra Manyu ruhlarini vujudga keltiradi. Borliq ana shu kuchlar tomonidan navbatma-navbat boshqarilib turiladi.
Axura Mazda - «Avesto» ta’limotida zulm va qabohat egallagan dunyoga, shu jumladan, umidsizlikka uchragan kishilar qalbiga yorug’lik, ezgulik nurini taratuvchi, kishilarni o’z kuchiga ishonchini mustahkamlashga, kelajak abadiy hayotga istagini kuchaytiradigan va unga yunaltiruvchi qudratli kuch sifatida madx qilinadi.
Moniy - Moniy Ibn Fatak monizm ta’limotining asoschisi. Naqqosh va rassom. Markaziy Osiyo, Eron, Hindiston buylab safar qilib, zardushtiylik, buddaviylik, braxmanlik kabi turli diniy ta’limotlar bilan tanishadi. Dunyo, ziyo va zulmatning abadiy kurash maydoni, insonning vazifasi esa, yovuzlikni uzil-kesil yo’q kilish uchun ezgulikka ko’maklashishdir. Bu g’oya Moniy axloqiy ta’limotining asosini tashkil etadi.
|
| |