• 2.2 O‘zbekiston soliq tizimini tahlili
  • «muhandislik texnologiyalari» fakulteti «iqtisodiyot» kafedrasi




    Download 2,22 Mb.
    bet8/10
    Sana20.05.2024
    Hajmi2,22 Mb.
    #245422
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    kurs ishi 23 (2).t

    Hududlar

    2018 yil

    2019 yil

    Ulushi (foizda)

    O'sish sur'ati


    Respublika bo'yicha

    54 203

    83 266

    100

    154


    shu jumladan:





    1

    Qoraqolpog'iston.

    2 378

    3 182

    4

    134

    2

    Andijon viloyati

    1 761

    3 241

    4

    184

    3

    Buxoro viloyati

    2 768

    4 267

    5

    154

    4

    Jizzax viloyati

    958

    1 492

    2

    156

    5

    Qashqadaryo viloyati

    3 896

    6 285

    8

    161

    6

    Navoiy viloyati

    5 422

    9 981

    12

    184

    7

    Namangan viloyati

    1 364

    2 257

    3

    165

    8

    Samarqand viloyati

    2 013

    3 162

    4

    157

    9

    Surxondaryo viloyati

    1 384

    2 184

    3

    158

    10

    Sirdaryo viloyati

    813

    1 334

    2

    164

    11

    Toshkent viloyati

    5 998

    9 441

    11

    157

    12

    Farg'ona viloyati

    2 779

    3 965

    5

    143

    13

    Xorazm viloyati

    1 193

    1 972

    2

    165

    14

    Toshkent shahri

    13 422

    20 151

    24

    150

    15

    DSQ tushumlari

    8 055

    10 353

    12

    129

    6-rasm ma’lumotlari tahlilidan kelib chiqib shunday xulosaga kelishimiz mumkinki 2019 yilgi jami byudjet tushumlari 2018 yilga nisbatan keskin o’sgan. Soliqlar tarkibida esa 2018 yilga nisbatan bilvosita soliqlar miqdori yuqori bo’lgan.


    Bugungi kunda mahalliy davlat hokimiyati idoralarining soliqlar va yig’imlar bo’yicha vakolatlari qonunchilik nuqtai-nazaridan bir qadar cheklangan, amalda esa o’z hududlarida undiriladigan barcha soliqlar va yig’imlarni nazorat qilish tizimi amal qiladi. Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, respublikamiz soliq tizimini takomillashtirishda turli hokimiyat organlarining soliqlar va yig’imlar bo’yicha vakolatlarini yanada aniqlashtirish va bunda mahalliy davlat hokimiyati idoralarining bu boradagi vakolatlarini oshirish muhim yo’nalish qilib belgilanishi lozim.

    Boshqa soliqlar va yig’imlar
    Davlat boji va jarimalar
    Resurs to’lovlari va mol-mulk solig’i
    Bilvosita soliqlar
    Bevosita soliqlar
    Byudjet tushumlari, jami

    6-rasm. 2018-2019 yillardagi byudjet tushumlari (mlrd. so’m)17


    Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, mahalliy budjetlarga soliqlardan ajratmalar yagona normativ asosida amalga oshirilsa va bu normativlar uzoq muddat o’zgarmas saqlansa, salbiy holatni kamaytirishi mumkin. Faqat shu holdagina, mahalliy budjetga ma’lum davrda qonuniy tartibda yig’ilgan soliqlarning bir qismi barqaror tushib turishiga imkon yaratiladi. Mahalliy hokimiyat ana shu o’ziga tegishli tushumni ta’minlash uchun barcha imkoniyatini ishga soladi.
    Xulosa qilib aytsak, tartibga soluvchi soliqlarni taqsimlashni isloh qilishning muhim chorasi, respublikamiz bo’yicha ma’lum davrda barqaror normativlarning joriy etilishi hisoblanadi. Tartibga soluvchi soliqlar bo’yicha belgilangan rejadan ortiq tushumlardan esa mahalliy budjetlar ixtiyorida qoldiriladigan tushumlari 50% qilib belgilash maqsadga muvofiqdir. Ma’lum muddat belgilangan barqaror normativlar budjet aniqligini, istiqbol rejalarini yaxshilanishini, budjet boqimandalarini kamayishini hamda budjet parametrlarini ishlab chiqishda kelishuvchanlik amaliyotini qisqartirishni ta’minlaydi. Rejadan ortiq tushumlarni yagona normativ asosida taqsimlash, rejadan ortiqcha tushumlar yig’ilishada manfaatdorlikni oshiradi, respublika va mahalliy budjetlar daromad bazasini mustahkamlab dotatsiya hajmini kamaytiradi.
    Ta’kidlab o’tish lozimki, umumdavlat soliq tushumlari har yili qonuniy tartibda belgilanadigan normativlar bo’yicha tegishli budjetlar o’rtasida taqsimlanadi.


    2.2 O‘zbekiston soliq tizimini tahlili
    Barcha mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlanishida soliqlar byudjet daromadlarining asosiy manbai hisoblanadi. Soliqlar davlat tomonidan belgilangan majburiy to’lovlar bo’lib, yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladi. Davlat umummilliy dasturlarini amalga oshirish davrida jamg’armalar tashkil etilishi mumkin bo’lib, ularga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda majburiy to’lovlar belgilanadi. Hozirgi davrda respublikamizda quyidagi soliqlar–foyda solig’i, daromad solig’i, qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i, yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to’lovlar, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, mol-mulk solig’i, yer solig’i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i, transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqlar amal qilmoqda. Soliqlardan tashqari majburiy to’lovlar – ijtimoiy jamg’armalarga majburiy to’lovlar (yagona ijtimoiy to’lov, Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari va majburiy ajratmalar), Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy to’lovlar (majburiy ajratmalar va yig’imlar), davlat boji, bojxona to’lovlari, ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish huquqi uchun yig’imlar ham amal qiladi.
    Jamiyat rivojlana boshlagan sari soliq tizimi ham rivojlanib, takomillashtirilib boriladi.
    Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida O’zbekistonning soliq siyosatining muhim strategik yo’nalishlari sifatida soliq yukini kamaytirish, soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag’batlantiruvchi choralarni kengaytirish kabi muhim masalalar belgilab olingan bo’lib, bular iqtisodiyotni tezkor rivojlantirish hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilashning muhim shartlari sifatida belgilab olindi.
    Oxirgi uch yil davomida Respublikamiz moliya-soliq tizimini isloh qilish borasida o’ndan ortiq O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari qabul qilindi.
    Oxirgi bir yarim yil davomida O’zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini hayotga joriy etib borish natijasida bir qator soliqlar va yig’imlar unifikatsiya qilindi, birgina 2019 yilda tushumdan olinadigan majburiy ajratmalarni to’liq bekor qilish natijasida korxonalarda qo’shimcha 5,2 trillion so’m ularning o’zlarida qolishi, jismoniy shaxslar uchun daromad solig’ining eng yuqori stavkasi 22 foizdan 12 foizgacha, yagona ijtimoiy to’lovi 25 foizdan 15 foizgacha tushirilishi, fuqarolarning 8 foizlik sug’urta badali bekor qilinishi natijasida aholi daromadlari 6,5 foizga oshishi, yuridik shaxslar mol-mulk solig’i 5 foizdan 2 foizgacha, foyda solig’i 14 dan 12 foizgacha, kichik biznes sub’ektlari yagona solig’i 5 foizdan 4 foizgacha kamaytirilishi natijasida tadbirkorlar ixtiyorida 2 trillion so’m qo’shimcha mablag’ qolishi, 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab qo’shilgan qiymat solig’ining 20 foizdan 15 foizga tushirilishi hisobiga esa tadbirkorli sub’ektlari ixtiyorida 10 trln so’mdan ko’proq mablag’ qolishi kutilmoqda.
    Agar oxirgi ikki yilda moliya tizimida amalga oshirilgan islohotlarga e’tibor qaratadigan bo’lsak, davlat byudjetiga tushadigan mablag’larning bir qismini mahalliy byudjetlar ixtiyorida qoldirish tartibi o’rnatilishi hisobiga 2018 yilning o’zida mahalliy byudjetlar ixtiyorida 5,5 trillion so’m yoki 2017 yilga nisbatan 6 barobar ko’p mablag’ qoldi, 2019 yil yakunlari bo’yicha bu ko’rsatkich yanada oshgan.
    2019 yildan boshlab Davlat byudjetini ishlab chiqishda o’rta muddatli byudjetni rejalashtirish mexanizmlarini joriy etilishi tadbirkorlar, fuqarolar va byudjetga aloqador barcha tomonlarga o’z faoliyatini bir yilga emas, balki uch yilga aniqroq rejalashtirish imkoni bermoqda. Fuqarolar uchun byudjetni
    tayyorlash va e’lon qilish konsepsiyasining joriy etilishi byudjet, uni shakllantirish va ijro etish to’g’risidagi ishonchli va to’liq axborotdan keng jamoatchilik foydalana olishini ta’minlashga olib keldi, o’z navbatida byudjetni shakllantirishda aholining takliflarini e’tiborga olishga imkoniyat yaratildi, moliya sohasida boshqaruvning oshkoralik tamoyillarining roli kuchaytirildi.
    Muhtaram Prezidentimiz 2019 yil uchun mo’ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi va boshqa shu kabi chiqishlarida moliya-soliq tizimidagi muhim ustuvor vazifalar sifatida byudjet hisobidan mablag’ ajratiladigan har qanday dastur yoki loyihaning sifat va miqdor ko’rsatkichlaridan iborat, natijaga yo’naltirilgan indikatorlari bo’lishi, moliya bozorlari, jumladan, fond bozorini rivojlantirish, yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etish va obligatsiyalar chiqarish orqali, bank xizmatlari ko’lamini yanada kengaytirish, byudjet va iste’mol mahsulotlari narxining barqarorligini ta’minlash, mamlakat taraqqiyotining tayanchi bo’lgan insofli, halol soliq to’lovchilarni rag’batlantirish, yashirin faoliyat yuritadiganlarni esa jazolash ko’zda yangi tahrirdagi Soliq kodeksini qabul qilish, soliq stavkalari pasaytirilishi yoki ayrim soliqlar bekor qilinishi bilan byudjetga tushadigan mablag’larning kamayishini samarali soliq ma’muriyatchiligi orqali bartaraf etish, soliq yukini kamaytirish hisobiga barchaga bir xil adolatli soliq rejimini joriy etish, soliq imtiyozlarini bosqichma-bosqich bekor qilish va shu kabi muhim vazifalarni belgilab bergan edi.
    Soliqqa tortish tizimini tahlili shuni ko’rsatadiki, hozirgi davrda soliqlarni rag’batlantiruvchi vazifasi moliya-budjet omillari to’g’ri ishlatgan holda korxona va tashkilotlarni ishlab-chiqarishini ko’tarishiga, ularni kuchaytirishga erishish maqsadida soliq solinadigan bazasini batafsil aniqlab, uning kengaytirish imkoniyatlari bo’yicha muayyan tahlil qilib, soliq tizimini takomillashtirish bo’yicha umumiy yondoshuvlarga aniq yo’lni topib olish lozim.
    Soliqlar davlatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirishning asosiy manbai hisoblanadi.
    Ko’rinib turibdiki, O’zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlar kundan kunga chuqurlashib bormoqda. Bu xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini erkinlantirishuvida namoyon bo’lmoqda. Davlat bilan xo’jalik yurituvchi subyektlar, yani yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasidagi munosabat endilikda faqat soliq orqali amalga oshiriladigan holatga aylanmoqda.
    Bu esa ushbu jarayonni chuqur o’rganishni, tahlil qilishni taqozo etadi.
    2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida muhim vazifalar sifatida belgilangan islohotlarning huquqiy asoslarini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta'minlash, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini, shu jumladan, soliq sohasini ham isloh qilishga qaratilgandir.
    Mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun soliq yukini izchillik bilan kamaytirish va qulay shart-sharoitlarni yaratishni ta'minlaydigan soliq tizimi shakllantirilgan.
    Shu bilan birga, soliq ma'muriyatchiligi sohasida, shu jumladan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni yig’ish, soliq solinadigan bazani kengaytirish va soliq to’lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirishda muayyan muammolarning mavjudligi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi dasturlarini moliyalashtirishning barqaror manbalarini ta'minlashga salbiy ta'sir ko’rsatmoqda.
    Soliq tizimining hozirgi holati erkin bozor iqtisodiyoti talablariga to’liq javob bermaydi. Shuning uchun soliq ma'muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, bu borada ilg’or xorijiy tajribadan unumli foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayni vaqtda tadbirkorlik sub'ektlariga nisbatan saqlanib qolayotgan yuqori darajadagi soliq yuki, soliqlar turining ko’pligi, ularning ma'muriyatchilik jarayoni murakkabligi iqtisodiyotimiz ravnaqiga to’sqinlik qilmoqda.
    Amaldagi soliqqa tortish tizimi hali zamonaviy talablar darajasiga ko’tarilmagan. Jumladan, soliq qonunchiligi barqaror emas, soliq va majburiy to’lovlarni hisoblash murakkab. Natijada ishlab chiqarishni kengaytirish hamda modernizatsiya qilish, tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilmayapti.
    Kichik va yirik biznes sub'ektlari o’rtasidagi soliq yukida sezilarli darajada farq mavjud. Bu esa tadbirkorlik sub'ektlarining yiriklashuviga ta'sir qilmay qolmayapti, albatta. Soliqning yuqoriligi hamda qo’shimcha qiymat solig’ini undirish tizimi soliq to’lovchilarning aylanma mablag’lari tortilishiga, iste'mol mahsulotlari narxlari qimmatlashishiga olib kelib, kichik va yirik biznes o’rtasidagi kooperatsiyaning o’sishiga to’siq bo’layotir. Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish tizimining mukammal emasligi esa mehnatga haq to’lash fondining pasayishiga, pirovardida oylik ish haqini to’lash bo’yicha yuridik jihatdan to’liq bo’lmagan soliq sxemasiga olib keladi. Samarasiz soliq ma'muriyatchiligi Davlat byudjeti kirim darajasiga salbiy ta'sirini o’tkazmay qolmaydi va h.k.

    Download 2,22 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 2,22 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «muhandislik texnologiyalari» fakulteti «iqtisodiyot» kafedrasi

    Download 2,22 Mb.