|
O‘zbekiston soliq tizimini takomillashtirish va rivojlantirish istiqbollari
|
bet | 9/10 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,22 Mb. | | #245422 |
Bog'liq kurs ishi 23 (2).t2.3 O‘zbekiston soliq tizimini takomillashtirish va rivojlantirish istiqbollari
Mamlakatimizda yango soliq konsepsiyasini ishlab chiqishdan asosiy maqsad Respublika Prezidenti tomonidan tadbirkorlarni, keng aholi qatlamini qo’llab- quvvatlashga qaratilgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish, ularga soliq ma'muriyatchiligida imkoniyatlar yaratishdir. Bunda asosiy e'tibor ish beruvchi tomonidan to’lanadigan turli soliq yukini yengillashtirishga qaratilgan. Ulardan biri qo’shimcha qiymat solig’ini kamaytirish. Bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlarda qo’shimcha qiymat solig’i 20 foiz etib belgilangan. Soliq konsepsiyasi loyihasida esa bu miqdor O’zbekistonda 12 foizga tushirilishi belgilanmoqda. Asosiy maqsad tadbirkorlikni rivojlantirishga keng yo’l ochib berishdir.
Mazkur konsepsiya, birinchi navbatda, tadbirkorlarni qo’llab- quvvatlashga xizmat qiladi. Ya'ni u soha vakillariga qo’rqmasdan, soliqlarni to’lashdan qochmasdan xodimlar sonini ochiq ko’rsatgan holda, faoliyat yuritish uchun sharoit yaratishga qaratilgan. Masalan, qaysidir ish beruvchi shu kungacha xodimiga 1 million so’m miqdorida maosh beradigan bo’lsa, barcha soliqni qo’shib hisoblaganda, 55 foizgacha soliq to’lashiga to’g’ri kelardi. Tabiiyki, bu tadbirkorga og’irlik qiladi. Shu sabab endilikda buni 25 foizgacha tushirish mo’ljallanyapti.
Bugun O’zbekistonda 19 soliq turi mavjud. Endilikda soliqlar yukini kamaytirish, ularni soddalashtirish rejalashtirilmoqda. Bu konsepsiya tadbirkorlarga haqiqiy yordam bo’ldi. Avvalo, qo’shimcha qiymat solig’i stavkasi pasaytirilishi va yuridik shaxslarning deyarli barchasi shu soliq to’loviga o’tishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosa
Ushbu kurs ishimizda mamlakatimizda soliqlarning iqtisodiy mohiyati, ularning vazifalari, turlari, soliqlarni undirish mexanizmining bugungi kundagi holatini tahlil qilishga, shuningdek bugungi kunda soliqlardan foydalanishni samarali tashkil qilish masalalarini ochib berishga harakat qildik va quyidagi xulosalarni chiqardik:
Soliqlar, yig’imlar, bojlar va boshqa to’lovlar hisobiga davlat moliyaviy resurslari tashkil topadi. Davlat faoliyatining barcha yo’nalishlarini mablag’ bilan ta’minlashning asosiy manbalaridan biri va davlat ustuvorligini amalga oshirishning iqtisodiy vositasi soliqlardir. Soliq tizimini tartibga solish va mukammallashtirish samarali davlat iqtisodiy siyosatini olib borishga, xususan, moliyaviy tizimni rivojlantirishga yordam beradi.
Soliqlar moliyaviy resurslarni davlat ixtiyorida to’planib borishini ta’minlaydi, bu resurslardan iqtisodiy rivojlanishning umumdavlat, mintaqaviy vazifalarni hal qilish, ishning samaradorligi va sifatini rag’batlantirish, ijtimoiy adolat tamoyillaridan kelib daromadlarni tartibga solish uchun foydalaniladi.
Soliqlarning umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo’linishi hukumat idoralarining respublika hukumati va mahalliy hukumatlarga bo’linishi asosida kelib chiqadi.
Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiy va jismoniy shaxslar o’rtasida vujudga keluvchi ob’ektiv majburiy to’lovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali xarakterlanadi. Bu moliyaviy munosabatlar maxsus ijtimoiy xarakterga ega bo’lib, milliy daromadning bir qismi bo’lgan pul mablag’larini davlat ixtiyoriga safarbar qilishga xizmat qiladi.
|
| |