Detal sirtlarining kesishuv chizig‘ini aksonometrik proeksiyasini
bajarish.
Detalning ko‘rinishlari va uning yaqqol tasvirida o‘tish chiziqlari yasalsin (4-
chizma).
4-chizma.
Detal ko‘rinishlari tahlil qilinsa, uning asosi paralellepipeddan iborat bo‘lib,
uning ustki asosining markaziga tsilindr o‘rnatilgan, silindrning ikki yonida prizma
bo‘lib, bu prizma silindr bilan o‘tish chizig‘i hosil qiladi. Silindrik teshik bilan uch
yoqli prizma kesishgan va silindr yuqori asosidan pastga qarab ariqcha o‘yilgan.
O‘tish chiziqlarini yasash uchun prizma ostki qirrasining tsilindr asosi bilan
kesishayotgan joyi 1
1
belgilanib, u orqali 1
2
topiladi. Prizma ustki qirrasining silindr
bilan kesishayotgan erida 2
1
belgilanib, 2
2
aniqlanadi va ularning oralig‘ida
yordamchi kesuvchi tekisliklar o‘tkazilsa, bu tekislik yon ko‘rinishida 7
3
nuqta orqali
prizmani kesib o‘tadi. Shu nuqtaning ustdan ko‘rinishi 3
1
aniqlanib, u orqali 3
2
topiladi.
Silindrik teshikning prizma bilan kesishayotgan chizig‘ini aniqlashda
prizmaning ustdan ko‘rinishi ko‘rinmas shtrix chiziqda tasvirlanadi. Keyin kesishi
chizig‘i yasaladi. Silindrdagi ariqcha orqali hosil bo‘layotgan kesishish chiziqlariga
ahamiyat berilsa, ular silindr yasovchilari orqali hosil bo‘lmoqda. Shuning uchun u
erdagi 7
3
va 8
3
nuqtalarni 7
1
va 8
1
nuqtalar orqali aniqlanadi.
Detalning izometrik proeksiyasi chizilgandan keyin, sirtlarning o‘zaro kesishish
chizig‘ini aniqlash uchun tsilindr ostki asosining prizma qirrasi bilan kesishayotgan
joyida 1 nuqta belgilanadi. Prizmaning ustki yoq tekisligida 2 2 egri chiziq O
I
markazdan chizilgan ellips qismi hisoblanadi. 3 nuqtani aniqlashda 2
1
2
3
1
2
masofa
z
o‘qiga olib o‘tiladi va u o‘qqa parallel chizib, prizma qirrasida 3
I
topiladi. 3
I
dan
x
o‘qqa parallel chizib, unga 3
1
2
3
2
masofa o‘lchab qo‘yiladi. TSilindrik teshik bilan
uch yoqli prizmaning o‘zaro kesishish chizig‘i yaqqol tasvirda ko‘rinmaydi.
Silindrdagi ariqchaning kengligi A va B nuqtalar yordamida aniqlanadi. Ulardan
u
o‘qiga parallel chizilgan chiziqlar ikkala ellipsni kesib o‘tadi. Kesishgan nuqtalardan
tsilindr yasovchilari chizilsa, ular O
II
markazdan chizilgan ellipslarni kesib ariqchani
hosil qiladi.
Tayanch so‘z: sirt, urinmalar, o‘tish chizig‘i, kesishuv chizig‘i
Takrorlash uchun savollar.
1. O‘tish chizig‘i deganda nimani tushunasiz?
2. O‘tish chizig‘i bilan kesishuv chizig‘ini o‘rtasidagi farqi qanday?
3. Detal sirtlarini kesishuv chizig‘ini bajarish tartibi qanday?
|