• Tahlil va natijalar (Analysis аnd results)
  • “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali




    Download 0.91 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/8
    Sana21.10.2023
    Hajmi0.91 Mb.
    #89549
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    klaster chizma
    Scan 24 окт. 23 11·43·02, 14-ma’ruza qurilish qorishmalarni ishlab chiqarish uchun asbob -fayllar.org, 732-21 guruh talabasi Islomjon Muhammadjonovning Mikroprossesor va assembler tili fanidan 1-3 Amaliy mashguloti compressed, 6-Mavzu Falsafa va tabiiy ilmiy fanlarda borliqning mohiyatiga oid konsepsiyalar, Mustaqil ish-1, 1. Ma\'ruza, report-1, 6-amaliy, ekologiya, 1-Maruza (4), АБУ РАЙҲОН БЕРУНИЙ, Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi, 922919, 1685441947426117daraja (1)
    “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali 
    http://iqtisodiyot.tsue.uz/journal
      
    110
     
    etadigan omillarni quyidan yuqoriga va aksincha tartibda tadqiq etish imkoni tugʼildi. 
    Mantiqiy va taqqoslama, abstrakt-mantiqiy fikrlash hamda statistik usullarni qo‘llash orqali 
    kompleks tahillarga asoslanib ilmiy-amaliy takliflarni shakllantirildi. 
    Tahlil va natijalar (Analysis аnd results) 
    So‘nggi besh yilda mamlakatimizda ijtimoiy–iqtisodiy hayotida klaster atamasi tez-tez 
    ishlatila boshlandi. Klater tizimi bugungi kunda mamlakatimizning barcha sohalariga kirib 
    kelmoqda. Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi “Klaster” atamasi o‘zi nima? Klaster to‘g‘risidagi 
    nazariyalar bu savolning javobini ochib beradi. Klaster nazariyasining asosi bo‘lib, Alfred 
    Marshalning XIX asr oxirida yozilgan “Iqtisodiyotning prinsiplari” nomli asarlarida (1890) 
    ixtisoslashgan tarmoq- sohalarning alohida hududlarda uyg‘unlashishi to‘g‘risida fikr-
    mulohazalarini yuritib klaster atamasini ochib bergan. 
    “Klaster” nazariyasini o‘rganish jahon hamjamiyatida tez suratlarda o‘sib bormoqda 
    va uni amaliyotda qo‘llash esa milliy va mintaqaviy iqtisodiy rivojlanishning asosiy 
    yo‘nalishiga aylanmoqda. 
    “Klaster” atamasi franzuscha so‘z bo‘lib, o‘zbekcha tarjimasi “bog‘lam”, “guruh”, 
    “to‘plam” ma’nolarini beldiradi. Klaster-bu yagona texnologik zanjirga birlashtirilgan agrar, 
    sanoat va boshqa izdosh korxonalar majmui bo‘lib, u ilm-fan, ta’lim hamda agrar sanoat 
    sohalarida ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirish, fan-texnika yangiliklarini, 
    innovatsion g‘oyalarni, yangi texnika va texnologiyalarini amaliyotga jadal joriy etib, mehnat 
    unumdorligini,qo‘shimcha mahsulot yaratishni oshirish imkoniyati beruvchi xo‘jalik 
    tizimidir.
    4
    Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan klasterlar faoliyatidagi 
    islohatlar natijasining birdan bir maqsadi yerdan samarali foydalanishdir. Klasterlar faoliyati 
    tashkil etilgach, sohalarda qanday ijobiy o‘zgarishlar, uning afzaliklari nimada namoyon 
    bo‘ladi degan savollarga javob olish uchun avvolo quyidagi misollarga e’tibor qaratish joiz. 
    Ana shunday innovatsion loyihalardan birini Buxoro viloyatida amalga oshirilmoqda. 
    Jumladan, “BCT Cluster” davlatimiz rahbarining 2017-yil 19-maydagi “Buxoro viloyatida 
    zamonaviy paxta-to‘qimachilik klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga 
    asosan tashkil etilgan bo‘lib, paxta yetishtirishdan tortib uni chuqur qayta ishlashgacha 
    bo‘lgan barcha texnologik zanjirni to‘liq birlashtirgan majmuadir. 
    Romitan tumanidagi 8 000 gektar maydonda paxta yetishtirilsa, tola Buxoro shahrida 
    bunyod etilgan zamonaviy to‘qimachilik majmuasida qayta ishlanadi. Ushbu yirik loyihamizni 
    amalga oshirish uchun jami 106,5 million AQSH dollari miqdorida investitsiyalar o‘zlashtirildi. 
    Zanjirli ishlab chiqarishning oxirgi halqasi hisoblanadigan “Bukhara Cotton Textile” korxonasi 
    uchun esa 65,2 million AQSH dollari miqdoridagi investitsiya yo‘naltirildi.
    5
    Natijada Buxoro 
    shahridagi sobiq to‘qimachilik kombinati hududida zamonaviy ishlab chiqarish ob'ekti paydo 
    bo‘ldi. 
    Klasterning ahamiyati shundaki, mazkur usulda paxta yetishtirish bilan cheklanib 
    qolmaydi, balki tolani birlamchi holatidan tortib, tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha 
    klasterning o‘zi shug‘ullanadi. Boshqacha aytganda, qishloq xo‘jaligi va sanoat 
    integratsiyalashadi, 
    dala 
    mehnatchilari 
    va 
    korxona 
    ishchilarining 
    manfaatlari 
    mushtaraklashadi. Eng asosiysi, chekka qishloqlarga sanoat salohiyati ortadi, eksport 
    4
    Iqtisodiyot nazariyasi darslik Sh.Shodmonov M.Rahmatov Toshkent 2021 -yil 439- bet 
    5
    O’zbekiston Respublikasi Prezdentining 2017 yil 19-maydagi ”Buxoro viloyatida zamonaviy paxta to’qimachilik klasterini yaratish 
    chora tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2978 sonli qarori 



    Download 0.91 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0.91 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali

    Download 0.91 Mb.
    Pdf ko'rish