• Key words
  • “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali http://iqtisodiyot.tsue.uz/journal 108
  • “Yangi Oʻzbekiston” va “Uchinchi Renessans”
  • Muhim omili




    Download 0.91 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/8
    Sana21.10.2023
    Hajmi0.91 Mb.
    #89549
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    klaster chizma
    Scan 24 окт. 23 11·43·02, 14-ma’ruza qurilish qorishmalarni ishlab chiqarish uchun asbob -fayllar.org, 732-21 guruh talabasi Islomjon Muhammadjonovning Mikroprossesor va assembler tili fanidan 1-3 Amaliy mashguloti compressed, 6-Mavzu Falsafa va tabiiy ilmiy fanlarda borliqning mohiyatiga oid konsepsiyalar, Mustaqil ish-1, 1. Ma\'ruza, report-1, 6-amaliy, ekologiya, 1-Maruza (4), АБУ РАЙҲОН БЕРУНИЙ, Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi, 922919, 1685441947426117daraja (1)
    Ключевые слова: Новый Узбекистан, управление, кластер, переработка, организационная, 
    финансовая, кластерная теории, привилегия, преференция, правовая база, устойчивая 
    экономика. 
    Abstract 
    The introduction of new forms of management is an economic necessity for the sustainable 
    maintenance of the economy of the new Uzbekistan. In world practice, the cluster method of 
    management, which justified itself with its positive aspects, began to be applied in the economy of 
    Uzbekistan, in particular, in agriculture, light industry and processing industry. Although some 
    experience has been gained in this regard, there are problems with their organizational and financial 
    activities. This article describes the economic significance of clusters operating in Uzbekistan, the 
    problems that hinder their activities and some issues related to their solution. 
    Key words: New Uzbekistan, management, cluster, processing, organizational, financial, cluster 
    theories, privilege, preference, legal framework, sustainable economy.
     
     
    4/2022

    iyul-avgust

    (№ 00060)


    “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali 
    http://iqtisodiyot.tsue.uz/journal
      
    108
     
    Kirish (Introduction) 
    Oʻzbekiston zamini qadimda ikki buyuk uygʻonish davriga – Birinchi (maʼrifiy – IX-XII 
    asrlar) va Ikkinchi (Temuriylar – XIV-XV asrlar) Renessansga beshik boʻlgan. Hozirgi vaqtda 
    mamlakatimizda yana bir muhim Uygʻonish jarayoni kechmoqda. Shuning uchun “Yangi 
    Oʻzbekiston” va “Uchinchi Renessans” soʻzlari bugungi hayotimizda oʻzaro uygʻun va 
    hamohang boʻlib yangramoqda, xalqimizni ulugʻ maqsadlar sari ruhlantirmoqda. Bugungi 
    kunda Oʻzbekiston demokratik oʻzgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga 
    aylanib bormoqda. Prezdentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan 2017-
    2021 yillarda O‘zbekiston Pespublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha 
    Harakatlar strategiyasida mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish 
    maqsadida belgilangan ustuvor yo‘nalishlarda shu jihatdan alohida kasb etadi. 
    O‘zbekistonda agrar sohani isloh qilishda, unga bozor mexanizmlari va zamonaviy 
    texnologiyalarni joriy etish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Buning yaqol 
    isboti sifatida prezdentimiz tashabbusi ostida qabul qilinayotgan klaster sohasiga oid qaror 
    va farmonlar bunga misol bo‘la oladi. Xususan, klaster usuli yo‘lga qo‘yishda , bu esa bozor 
    tamoyillariga o‘tishda, sohada davlat aralashuvini keskin kamaytirishda, reja ortidan quvish 
    va majburiy mehnat holatlariga butunlay chek qo‘yishda muhim omil bo‘lib kelmoqda. 
    Birgina qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi 
    “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga 
    mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PF-5853-son farmoni ijrosini ta’minlash, 
    meva-sabzavot va uzumchilik sohasida yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab 
    chiqarish, eksport hajmini oshirish, foydalanishdan chiqqan va lalmi yerlarni o‘zlashtirish, 
    paxta, g‘alladan qisqartirilayotgan maydonlarga eksportbop qishloq xo‘jaligi ekinlari ekishni 
    ko‘paytirish, shuningdek, bog‘, tokzor va issiqxonalar imkoniyatlaridan samarali 
    foydalanishni yo‘lga qo‘yildi.
    1
    Buning natijasida 
    oxir-oqibat hosildorlik ham, daromad ham 
    oshmoqda. 
    Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning qishloq 
    xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanishdagi roli va mas’uliyatini oshirish, mahsulot 
    yetishtiruvchi va uni qayta ishlovchilarning manfaatdorligini ta’minlashga doir bozor 
    tamoyillarini keng joriy etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-
    noyabrdagi “Paxta –to‘qimachilik klasterlari faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari 
    to‘g‘risida” PF-14 son farmoni qabul qilindi
    2

    Farmonga muofiq uning dolzarbligi paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan 
    joylarda bosqichma-bosqich zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari parkini yaratib, sohani 
    mexanizatsiya darajasini oshirib, yetishtirilgan hosilni chuqur qayta ishlashni yo‘lga qo‘yib, 
    mahsulot yetishtirishda band bo‘lgan aholini sanoat va xizmat ko‘rsatish tarmoqlariga 
    o‘tkazib, qolaversa, bu bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirish sanaladi. 
    Bundan asosiy maqsad, qishloq xo‘jaligida sifatli paxta yetishtirilib, xomashyo o‘z 
    vaqtida va sifati yo‘qotilmasdan sanoat korxonasiga yetkazib berilsagina undan raqobatdosh 
    mahsulot ishlab chiqariladi. Bunda esa dala mehnatkashlari va korxona ishchilari ham berdek 
    manfaat ko‘radi.
     
    1
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, sohada qo‘shilgan qiymat 
    zanjirini yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-4549-son qarori. 
    https://lex.uz/ru/docs/-4641164

    2
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-noyabrdagi “Paxta –to‘qimachilik klasterlari faoliyatini tartibga solish chora-


    tadbirlari to‘g‘risida” PF-14 son farmoni. 
    https://lex.uz/ru/docs/-5731033




    Download 0.91 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0.91 Mb.
    Pdf ko'rish