“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali




Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana21.10.2023
Hajmi0.91 Mb.
#89549
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
klaster chizma
Scan 24 окт. 23 11·43·02, 14-ma’ruza qurilish qorishmalarni ishlab chiqarish uchun asbob -fayllar.org, 732-21 guruh talabasi Islomjon Muhammadjonovning Mikroprossesor va assembler tili fanidan 1-3 Amaliy mashguloti compressed, 6-Mavzu Falsafa va tabiiy ilmiy fanlarda borliqning mohiyatiga oid konsepsiyalar, Mustaqil ish-1, 1. Ma\'ruza, report-1, 6-amaliy, ekologiya, 1-Maruza (4), АБУ РАЙҲОН БЕРУНИЙ, Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi, 922919, 1685441947426117daraja (1)
“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali 
http://iqtisodiyot.tsue.uz/journal
  
111
 
imkoniyati kengayadi. Bugungi kunda paxta maydonlari yil sayin qisqartirilib, uning o‘rniga 
yangi bog‘lar barpo etilyapti. Bu shuni anglatadiki, qanday mahsulot ko‘p daromad keltirsa, 
tashqi va ichki bozorda qaysi mahsulotga talab yuqori bo‘lsa o‘sha mahsulot ekilishi kerak 
deb o‘ylayman. Yurtimizning bir qancha viloyatlardagi tumanlarda xususan, Asaka, Kitob, 
Qibray, Parkent, Jomboy, Zangiota tumanlarida paxta ekilmay, uning o‘rniga meva poliz 
ekinlari kartoshka yetishtirilib ichki bozor bilan bir qatorda tashqi bozorga katta qismi 
eksport qilinmoqda. Shu bilan bir qatorda Paxta-to‘qimachilik yo‘nalishida bir qator 
tashabbuslar ilgari surilmoqda. Bular quyidagilar:
• paxta hosilini moliyalashtirish shudgor davridan boshlanishi, klasterlar paxta 
yetishtirish (paxta qiymatining 60 foizi) uchun Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasi tomonidan 
joylashtirilgan mablag‘lar hisobidan 24 oyga kredit ajratilib, uning imtiyozli davri 11 oydan 
18 oygacha uzaytiriladi;
• klasterlarga paxta terimini (paxta qiymatining 20 foizi) moliyalashtirish uchun ham 
Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasi mablag‘laridan imtiyozli — 10 foiz stavkada kredit ajratiladi;
• paxta yetishtirish uchun imtiyozli kreditlar faqat klasterlar orqali moliyalashtiriladi; 
yakuniy hisob-kitob uchun (paxta qiymatining 20 foizi) olingan kredit foizining Markaziy bank 
stavkasidan (14 foiz) oshgan qismi Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasi hisobidan qoplab beriladi. 
Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarish va klasterlari paxta xom ashyosi yetishtirish 
davrida ilgʻor zamonaviy innovatsion texnologiyalarni jalb etgan holda paxta hosildorligini 
qoʻshimcha 10 sentnerga oshiradi. 
Paxta-toʻqimachilik klasterlari yuqori unumli paxta hosili olish uchun quyidagi ishlar 
amalga oshirilmoqda, jumladan: chigit ekiladigan yer maydonlarini oziqlantirish uchun 
xorijdan (Rossiya, Qozogʻiston) fosforli oʻgʻitlar hamda agrotexnik ishlovlar berish davrida 
zararkunandalarga qarshi kurashda kimyoviy prpearatlar Xitoy, Turkiya, Rossiya, AQSH, 
Avstraliya, Shvetsiya va boshqa davlatlardan xarid qilinmoqda. Paxta ekilgan yer 
maydonlarining sugʻorilishi qiyin boʻlgan joylarda zamonaviy tomchilatib soʻgʻorish 
texnologiyalarini joriy etgan holda sugʻorish ishlari amalga oshirilmoqda va gektridan 50-60 
sentnerdan paxta yetishtirishga erishilmoqda. 
Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarish va klasterlari paxta terishni zamonaviy usullaridan 
foydalanilmoqda, jumladan, AQSH (John Deere), Germaniya (Case), Xitoy va boshqa 
davlatlarda ishlab chiqarilgan paxta terish mashinalarida terib olinmoqda. 
Hozirgi kunda mamlakatimizning paxta-to‘qimachilik yo‘nalishidagi klasterlar soni 
2019 yilda 75 tani, yilda 2020 paxta-to‘qimachilik yo‘nalishidagi klasterlar soni 96 tani, 2021 
yil paxta-to‘qimachilik yo‘nalishidagi klasterlar soni 122 tani tashkil qilib kelinmoqda. 

Download 0.91 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali

Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish