• Muloqotning turli bosqichlari va shakllari mavjud
  • Har qanday muloqot rasmiy yoki norasmiy bo`ladi.
  • Muloqot psixologiyasi (Esse) Termiz davlat pedagogika instituti Texnologik ta’lim yoʻnalishi




    Download 363 Kb.
    Sana19.12.2023
    Hajmi363 Kb.
    #123957
    Bog'liq
    Qorayeva Mavluda esse
    Халқаро конференция мақолалари тўплами Бухоро Март 2020 , informatika-test-9-sinf-olimpiada, 9-mavzu, Mexanik ishlov berishdagi aniqlikni taminlashni zamonaviy usullari, Odinayev IBROHIM 10-19-guruh kurs loyihasi, Napoleonning josusi (roman), 1-Namuna test Milliy sertifikat (2), YAGONA TARIF TIZIMI, UNING MAQSADI VA VAZIFALARI, INVESTITSIYALARNING IQTISODIY MAZMUNI, TURLARI VA ULARNING HAJMIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR, 19-MAVZU O‘ZBEKISTONDA YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI VA UNING MAZMUN MOHIYATI, 6-mavzu, Boshqaruvda axborot tеxnologiyalari, 10 синф тести yangi, ARAB XALIFALIGI DAVRI BOSHQARUVI

    MULOQOT PSIXOLOGIYASI
    (Esse)
    Termiz davlat pedagogika instituti
    Texnologik ta’lim yoʻnalishi
    1-kurs 23-01 guruh talabasi
    Qorayeva Mavluda

    Har qanday faoliyat odamlarning bir-birlari bilan til topishishni,bir-birlariga turli xil ma’lumotlar o`zatishni,fikrlar almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab qiladi. Shuning uchun ham har bir shaxsning jamiyatda tutgan o`rni, ishlarining muvoffaqiyati, obro`si uning muloqotga kirish qobilyati bilan bevosita bog`liq.


    Shaxslararo muloqot jarayoni juda murakkabdir. B.F.Pariginning yozishicha, «muloqot shunchalik ko`p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o`zida quyidagilar kiradi»
    I ndividlarning o`zaro ta’sir jarayoni
    Individlar o`rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni
    B ir shaxsning boshqa bir shaxsga munosabati jarayoni
    Bir kishining boshqalarga ta’sir ko`rsatish jarayoni.
    B ir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati
    S haxslarning bir-birlarini tushinish jarayoni
    Muloqotning turli bosqichlari va shakllari mavjud:



    Dastlabki bosqich –odamning o`z-o`zi bilan muloqotidir. T. Shibutani «Ijtimoiy psixologiya» kitobida «Agar odam ozgina bo`lsa ham o`zini anglasa, demak, o`z-o`ziga ko`rsatmalar bera oladi»,-deb yozgan edi.
    I kkinchi bosqichi boshqalar bilan muloqot- muloqotnidir. Odamning o`z-o`zi bilan muloqoti aslida uning boshqalar bilan muloqotining xarakterini va hajmini belgilaydi. Agar odam o`z-o`zi bilan muloqot qilishni odat qilib olib, doimo jamiyatdan o`zini chetga tortib yursa, demak, u boshqalar bilan suhbatlashishda jiddiy qiyinchilikni boshidan kechiradi deyish mumkin.
    U chinchi bosqich avlodlar o`rtasidagi muloqot. Bu muloqot tufayli har bir jamiyatning o`z madaniyati, madaniy boyliklari, qadriyatlari mavjud bo`ladiki, buning ahamiyatini tushungan insoniyatning eng ilgor vakillari uni doimo keyingi avlodlar uchun saqlab keladilar hamda ta’lim-tarbiya va kundalik muloqot jarayonida uni avloddan-avlodga uzatadilar.


    Har qanday muloqot rasmiy yoki norasmiy bo`ladi.
    R asmiy muloqot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq-atvoridan kelib chiqadi. Masalan, rahbarning o`z xodimlari bilan, professorning talaba bilan muloqoti.
    N orasmiy muloqot odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni o`sha suhbatdoshlarning fikr-uylari , niyat-maqsadlari va emotsional munosabatlari bilan belgilanadi. M: do`stlar suhbati, poyezdda uzoq safarga chiqqan yo`lovchilar suhbati, tanaffusda talabalarning sport, moda, shaxsiy munosabatlar borasidagi suhbati. Odamlarning asl tabiatiga mos bo`lgani uchun ham norasmiy muloqot doimo odamlarning hayotida ko`proq vaqtini oladi va bunda ular charchamaydilar. Lekin bunday muloqotga ham qobiliyat kerak, ya’ni uning qanchalik sergapligi, ochiq ko`ngilligi, suhbatlashish yo`llarini bilish, til topishish qobiliyati, o`zgalarni tushunish va boshqa shaxsiy sifatlari kundalik muloqotning samarasiga bevosita ta’sir kursatadi. Shuning uchun hamma ham rahbar bo`la olmaydi, ayniqsa, pedagogik ishga hamma ham qo`l uravermaydi, chunki buning uchun ham rasmiy, ham norasmiy muloqot texnikasidan xabardor bo`lish talab etiladi.


    M uloqotning kommunikativ tomoni ― muloqotlarga kirishuvchilar o`rtasidagi ma’lumot almashinuvi jarayoni.
    M ulo`qotning interaktiv tomoni ― muloqotga kirishuvchilarning xulq-atvoriga ta’siri.
    M uloqotning perseptiv tomoni ― muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok etishlari va tushunishlari bilan bog`liq bo`lgan murakkab psixologik jarayon.
    Muloqotning har bir tarkibiy qismi bilan alohida tanishib chiqamiz.
    Download 363 Kb.




    Download 363 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muloqot psixologiyasi (Esse) Termiz davlat pedagogika instituti Texnologik ta’lim yoʻnalishi

    Download 363 Kb.