MPLS asosidagi multimediali aloqa tarmog‘ining transport




Download 5,79 Mb.
bet7/8
Sana15.05.2024
Hajmi5,79 Mb.
#236693
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MAT 1-MI

MPLS asosidagi multimediali aloqa tarmog‘ining transport
telekommunikatsiya texnologiyalari. Zamonaviy tarmoq infratuzilmasini
qurishning istiqbolli yo‗nalishlaridan biri axborotni uzatish muhitlari va
tizimlarining turli xil ko‗rinishlarini birlashtirishga imkon beruvchi yuqori
tezlikli magistral tarmog‗ini va yagona signalizatsiya tizimini tashkil etish
uchun optik texnologiyalardan foydalanish hisoblanadi. Bunday
birlashtiruvchi texnologiya sifatida hozirgi vaqtda ―Multiprotokol Label
Switching - MPLS‖ (belgilar bo‗yicha ko‗p protokolli kommutatsiyalash)
telekommunikatsiya texnologiyasi ko‗rib chiqiladi. Mazkur texnologiya
IP-paketlarni ilgari surishni tezlashtirishga, trafikni boshqarish va ATM
tarmoqlarida qo‗llaniladigan xizmat ko‗rsatish sifatini saqlab qolish
mexanizmlari yordamida IP-tarmoqlar uchun xos moslashuvchanlikni
saqlab qolishga urinishdan iborat. MPLS texnologiyasini joriy qilish IP
over-ATM arxitekturasiga tegishli bo‗lgan barcha yaxshi xususiyatlarni
(samarali multipleksorlash va trafikning moslashuvchanligi, yuqori
unumdorlik) saqlab qolishga imkon beradi va shu bilan birga u
tarmoqlarning miqyosini yanada qo‗proq orttiradi, ularni qurishni va
foydalanishni soddalashtiradi. Shunisi ham muhimki, MPLS faqat ATM
bilangina qo‗llanilmasdan, balki kanal darajasidagi istalgan boshqa
texnologiya bilan birga qo‗llanilishi mumkin. MPLS texnologiyasi X.25,
Frame Relay tarmoqlarida qo‗llaniladigan virtual kanallar konsepsiyasini
rivojlantiradi, bunda uni IP tarmoqlarni marshrutlashtirish protokollari
yordamida olinadigan topologiya va joriy yuklanish to‗g‗risidagi axborot
224225
asosida yo‗llarni tanlash texnikasi bilan birlashtiradi. Bu SDH/WDM yoki
IP/WDM texnologiyalari asosida Internet tolali-optik magistrallarini
keyingi avlodiga o‗tishni soddalashtiradi.
MPLS - bu belgilardan foydalanishga asoslangan ko‗p protokolli
tarmoqlarda paketlarning tez kommutatsiya qilish texnologiyasidir. MPLS
o‗zida kanal darajasidagi texnologiyalar uchun xos bo‗lgan trafikni
boshqarishni, tarmoq darajasidagi protokollarning miqyosliligi va
moslashuvchanligini mujassamlashtirgan.

Texnologiyalarning nomidagi ―ko‗p protokollilik‖ shuni anglatadiki,
MPLS – inkapsulyatsiyalovchi protokol va boshqa protokollar to‗plamini
tashishi mumkin (2.15-rasm). Bugungi kunda Internet provayderlar
qatoridagi tarmoqlar ko‗p sathli model asosida tuzilgan, ya‘ni mantiqiy
marshrutlanuvchi IP–tarmoq ikkinchi sathning kommutatsiyalanuvchi
topologiyasi (ATM yoki Frame Relay) ustida ishlaydi. Ikkinchi sathning
kommutatorlari yuqori tezlikda ulanishni ta‘minlaydi. Shunday qilib,
MPLS - bu Internet tarmog‗ini evolyutsion rivojlantirish yo‗lida uning
infratuzilmasini ikkinchi (kommutatsiya) va uchinchi (marshrutlashtirish)
sathlari vazifalari integratsiyasi yo‗li bilan soddalashtirish tomoniga
qo‗yilgan qadamlardan biridir.
MPLS texnologiyasi spesifikatsiyasida oqimlarni tashish va ularni
boshqarish vazifalarini ajratish prinsipini asos qilib olinadi. Boshqaruvchi
komponentlarni jo‗natuvchidan ajratish, ulardan har birini mustaqil ishlab
chiqish va modifikatsiyalash imkonini beradi. Tabiiy majburiy talab
shundan iboratki, bunda boshqariladigan komponentni uzatib beruvchi,
komponentga axborotli paketlarni jo‗natish jadvali orqali uzatishi mumkin
bo‗lsin. Boshqariladigan komponentning boshqa marshrutizatorlar bilan
axborot almashishi uchun marshrutlashtirishning standart protokollarini
(JCPF, IS-IS, BGP-4) ishga tushiradi. Shu axborot asosida avval
marshrutlashtirish jadvali, keyin esa har bir interfeysdagi qo‗shni tizimlar
to‗g‗risidagi axborotni hisobga olgan holda paketlarni jo‗natish jadvali
shakllantiriladi va modifikatsiyalanadi. Tizim yangi paketni olganda
jo‗natuvchi komponentni, uning sarlavhasidagi axborotni tahlil qiladi,
jo‗natish jadvalidagi tegishli yozuvni izlaydi va paketni chiqish
226227
interfeysiga yo‗naltiradi. Deyarli barcha ko‗p sathli kommutatsiya
tizimlarining jo‗natuvchi komponenti, shu jumladan, MPLS ham
paketlarning ketma-ket belgilaridan foydalanishga asoslangan. Belgi – bu
paket sarlavhasida qayd qilingan uzunlikdagi qisqa maydondir.
MPLS yordamida quyidagi masalalarni hal etish mumkin:
- ATM va Fram Relay-ni IP bilan integratsiyasini;
- operator tarmog‗i ichida paketlarni eng qisqa an‘anaviy
marshrutlar bo‗yicha tezkor siljitish;
- virtual xususiy tarmoqlarni (VPN) yaratish;
- resurslarning (Traffic Engineering, TE) yuklanishini hisobga olgan
holda yo‗nalishlarni tanlash va o‗rnatish.

Download 5,79 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 5,79 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MPLS asosidagi multimediali aloqa tarmog‘ining transport

Download 5,79 Mb.