• Sinxron raqamli ierarxiya.
  • To‘lqinli zichlashtirish texnologiyasi.
  • Multimediali aloqa tarmoqlari




    Download 5,79 Mb.
    bet4/8
    Sana15.05.2024
    Hajmi5,79 Mb.
    #236693
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    MAT 1-MI

    Tolali optik kabellar. Multiservisli tarmoq haqidagi zamonaviy
    tushuncha abonent terminaligacha yoki oraliq tugallanishgacha (gibrid
    usul tola-mis) qo‗llaniluvchi tolali-optik kabellar bilan uzluksiz bog‗liq.
    Optik tolalarda yorug‗lik nurini aks qaytish effekti qo‗llaniladi. Tola
    silindr yoki to‗g‗ri burchakli ko‗rinishda ishlab chiqariladi. To‗g‗ri
    burchakli tolalar mikrosxemalarda, silindr ko‗rinishidagi tolalar kabellar
    asosida qo‗llaniladi (2.8-rasm.).
    Ulanish tarmoqlarida qo‗llaniladigan kabellar quyidagi talablarga
    javob berishi kerak:
    - narxining nisbatan pastligi;
    - talab etilgan o‗tkazish oralig‗i;
    - ulanish uchastkalarida so‗nishning kichikligi;
    - nurlanish manbalari va qabul qilgichlar bilan oddiy ulanish;
    - turli haroratlarda ishlashi;
    - namlikka, bosimga va tebranishlarga chidamlilik.
    Optik kabellar ulanish tarmoqlarida qo‗llanilishiga qarab obyekt,
    taqsimlagich va magistral turlarga ajraladi. Obyektlarda qo‗llaniladigan
    optik kabellar (abonent liniyasi) 1-2 tolali ko‗rinishda tayyorlanadi (2.9-
    rasm)

    2.8-rasm. Obyektda qo‗llaniladigan kabellarning tuzilish namunasi
    Magistral va taqsimlagich liniyalar uchun modulli, lentali va
    profillashtirilgan tuzilishli kabellar qo‗llanilishi mumkin. Tolani erkin
    yotqazish mexanik va termik ta‘sirlarni kompensatsiyalash imkonini
    beradi. Bu tolalarning tuzilishi 2.10-rasmda keltirilgan

    a) tolali taqsimlovchi optik kabel;
    b) 20 ta tolali taqsimlovchi optik kabel;
    v) profil o‗zakli 12 ta tolali optik kabel
    Sinxron raqamli ierarxiya. Hozirgi kunda telekommunikatsiya
    tarmoqlarida pleziaxron raqamli ierarxiya (PDH) va sinxron raqamli
    ierarxiyaning (Synchronous Digital Hierarchy, SDH) multipleksorlash
    qurilmalari qo‗llanilmoqda. Birinchi bo‗lib mahalliy birlamchi tarmoqning
    raqamli uzatish tizimlari (RUT) yaratildi: IKM-30 va uning turlari.
    So‗ngra shahar va hududiy tarmoqlarda qo‗llaniladigan PDH-RUT IKM-
    120, IKM-480, shuningdek tolali optik uzatish tizimlari ishlab chiqildi va
    qo‗llanildi. PDHda multipleksorlashni kamchiliklaridan biri raqamli
    oqimlarni ajratishni murakkabligi hisoblanadi. 140 Mbit/s raqamli
    oqimdan 2 Mbit/s tezlikli oqimni ajratib olish uchun u to‗liq
    demultipleksorlanishi kerak (2.11-rasm). SDH tizimlarida bu masalani
    bajarish oddiy.
    Bu yyerda 2 Mbit/s tezlikli oqimni kiritish va chiqarish
    kirish/chiqishli multipleksor (add/drop multiplexer, ADM) yordamida
    amalga oshiriladi.
    ITU-T tavsiyasiga asosan SDH uzatish tizimining tezligi 155.52
    Mbit/s. SDH RUT telekommunikatsiya tarmog‗i bo‗ylab signallarni
    transportlash uchun mo‗ljallangan, standartlashtirilgan axborot
    tuzilishining yig‗indisini tashkil etadi. Ulardan asosiysi N-tartibli STM-N
    sinxron transport modul hisoblanadi (2.2-jadval).
    SDH RUTning asosiy afzalligi ishonchli, boshqariluvchi transport
    tarmoq hisoblanadi, ular quyidagilar hisobiga bajariladi:
    - har bir segmentni nazorat qiluvchi segmentlashtirilgan aloqa
    liniyasi;
    - qurilmalarni, qurilma bog‗lamalarini, liniyani zahiralash va liniyani
    avtomatik zahira liniyaga o‗tkazish;
    - TMN boshqarish tarmog‗i yordamida transport tarmoqni qayta
    tuzish imkoni.
    SDHda tashkil qilinadigan liniyani zahiralashning keng tarqalgan
    usullaridan biri bu tarmoqni halqali topologiyasini qo‗llash hisoblanadi
    (2.12-rasm).
    Halqa tuzilishida axborot asosiy va zahira yo‗nalishi orqali uzatiladi.
    Halqaning qaysidir uchastkasida avariya bo‗lsa, o‗sha uchastkadan aylanib
    o‗tish zahira yo‗l orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi. SDH – bu
    zamonaviy axborot tarmog‗ining tuzilish qurilmasi – yashovchan, yuqori
    sifatli transport aloqa tarmog‗idir.
    SDH quyidagilarga imkon beradi:
    - ko‗p sifatli raqamli kanallarni tashkil qiladi;
    - regeneratorlarsiz liniya traktini qurish;
    - kross-konnektorlar va kirish-chiqish multipleksorlarni qo‗llash
    hisobiga oson tuzilishli va tarmoqlangan raqamli tarmoqni yaratish;
    - operativ nazorat va ulanish qurilmasi hisobiga foydalanuvchilarga
    ishonchli kanallar va traktlarni taqdim etadi, shuningdek ishonchli tarmoq
    tuzilishi;
    - tarmoqni operativ boshqarishni amalga oshiradi;
    - ATM texnologiyasini qo‗llab yuqori ishlab chiqaruvchi raqamli
    tarmoq qurish.
    220To‘lqinli zichlashtirish texnologiyasi. Hozirgi vaqtda O‗zbekiston
    Respublikasi tarmoqlarida G.652 tavsiyasiga mos keladigan optik tolalar
    va optik kuchaytirgichlarsiz regeneratsiyalash uchastkasi uzunligi
    100...200 km gacha bo‗lgan STM-16 (2,5 Gbit/s) sathidagi sinxron
    multipleksorlar qo‗llaniladi. Optik tolaning o‗tkazish qobiliyatini nazariy
    chegarasi uchinchi shaffoflik darchasida, ya‘ni 193 GHz chastota tartibida
    taxminan 3-109 ARKni tashkil etadi. STM-16 uchun ARK soni 3-105 teng.
    Internet tarmoqlariga ulanuvchi kanallar hajmining oshishi o‗z
    navbatida foydalanuvchilarga multimedialardan foydalanish imkonini
    beradi. Bu esa tarmoqqa ulanuvchi operatorlarning sonini oshirishga
    majbur qiladi, natijada kanallar soni singari ularning uzatish tezliklari ham
    oshadi. Lekin ma‘lumotlarni uzatish hajmining oshishi va mavjud bo‗lgan
    optik tolalar orqali o‗tkazuvchanlik qobiliyatining tez to‗lishi yana
    muammolarni yuzaga keltirdi.
    Aloqa sohasida axborotlarni uzatish tezligini oshirish nuqtai
    nazaridan talablarning oshishi, shuningdek yangi regionlarni qamrab olish
    yangi optik tolali texnologiyalarni, ayniqsa WDM (WDM -Wavelength
    Division Multiplexing) to‗lqin uzunligi bo‗yicha ajratishga ega bo‗lgan
    multipleksorlash deb ataluvchi texnologiyani yaratilishiga olib keldi. Bitta
    optik tolada uzatilayotgan to‗lqin uzunliklari soniga bog‗liq holda CWDM,
    DWDM va HDWDM texnologiyalari mavjud:
    - 200 GHz dan kam bo‗lmagan kanallarni chastotaviy ko‗chiruvchi
    СWDM (Coarse WDM) tizimlari, ular 16 tadan ko‗p bo‗lmagan kanallarni
    multipleksorlash imkonini beradi;
    - 100 GHz dan kam bo‗lmagan kanallarni chastotaviy ko‗chiruvchi
    DWDM (Dense WDM) tizimlari, ular 64 tadan ko‗p bo‗lmagan kanallarni
    multipleksorlash imkonini beradi;
    - 50 GHz dan kam bo‗lmagan kanallarni chastotaviy ko‗chiruvchi
    HDWDM tizimlari, ular 64 tadan ko‗p bo‗lgan kanallarni multipleksorlash
    imkonini beradi.
    WDM texnologiyasining afzalligi:
    - kanallarning o‗tkazuvchanlik qobiliyatini yuqoriligi;
    - ma‘lumotlarni uzatish tezligining yuqoriligi;
    - bitta optik tola orqali trafiklarni ikki tomonlama uzatish imkonining
    mavjudligi;
    - tor oraliqli yarim o‗tkazgichli lezerlardan foydalanish imkoniga
    egaligi (spektr nurlanish kengligi 0.1 nm);
    221222
    - keng polosali kuchaytirgichlardan va yaqin kanallarni ajratishda
    optik filtrlardan foydalanish imkoniyati;
    - qo‗llaniladigan multipleksor va demultipleksorlarning narxini
    arzonligi.

    Download 5,79 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 5,79 Mb.