|
Multimediali aloqa tarmog‘ida qo‘llaniladigan texnologiyalar
|
bet | 2/8 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 5,79 Mb. | | #236693 |
Bog'liq MAT 1-MIMultimediali aloqa tarmog‘ida qo‘llaniladigan texnologiyalar
Ochiq tizimlarning o‘zaro bog‘lanish etalon modeli.
Aloqa bu tarmoq va aloqa xizmati yig‗indisini o‗zida namoyish etadi (2.1-rasm).
Telekommunikatsiya xizmati – bu xizmatlardan foydalanuvchilarni
ta‘minlovchi vositalar majmuasidir. Ikkilamchi tarmoqlar
telekommunikatsiya xizmatlarida signallarni kommutatsiyalash,
transportlashni ta‘minlaydi. Birlamchi tarmoqlar ikkilamchi tarmoqlarni
ta‘minlaydi. Mos keluvchi xizmatni tarkibiy qismi foydalanuvchilarda
joylashgan oxirgi qurilma hisoblanadi.
Xizmat namunasi sifatida telefon aloqasini keltirish mumkin. U
telefon aloqa, ma‘lumotlar uzatish va boshqa xizmatlarni taqdim qiladi.
Telefon tarmog‗i bo‗yicha ma‘lumotlar uzatish (telefon xizmatini qo‗llab)
telefon kanallari bo‗ylab ma‘lumotlar uzatish xizmati sifatida ko‗riladi.
Telefondan foydalanuvchi o‗zining kompyuterini modem yordamida
telefon tarmog‗iga ulashi mumkin. Ma‘lumotlar uzatish xizmati sifatida
biz ma‘lumotlar uzatish uchun mahsus yaratilgan aloqa tizimini
tushunamiz, ya‘ni qurilma va dasturiy vositalar majmui, qayta ishlash
usullari, taqsimlash va ma‘lumotlar uzatish. Shu vaqtning o‗zida
ma‘lumotlar uzatish xizmati telefon aloqa xizmatini ham taqdim etishi
mumkin.
Telekommunikatsiyaning barcha xizmatlarida axborot almashish
avvaldan belgilangan aniq qoidalar bo‗yicha amalga oshishi kerak. Bu
qoidalar (standartlar) elektr aloqaning bir nechta xalqaro tashkilotlari
tomonidan ishlab chiqiladi. 1978 yilda standartlashtirish bo‗yicha xalqaro
tashkilotda SC16 komiteti tashkil etildi. Uning vazifasi - ochiq
tizimlarning o‗zaro bog‗lanishi uchun xalqaro tavsiyalar ishlab
chiqarishdir.
Ochiq tizim deb – ochiq tizimlar talablarini qondiruvchi, turli
tizimlar bilan o‗zaro ta‘sirlashishi mumkin bo‗lgan tizim tushuniladi. Agar
tizim ochiq tizimlarning o‗zaro bog‗lanish (OTO‗B) etalon modeliga mos
kelsa, u ochiq tizim hisoblanadi.
OTO‗B etalon modeli – standartlar tuzilishining umumiy strukturasi.
U alohida standartlar orasidagi o‗zaro bog‗lanish prinsipini aniqlaydi va
OTO‗B uchun talab etiladigan ko‗pgina standartlarni bir vaqtda ishlab
chiqish imkonini ta‘minlash uchun asos hisoblanadi. Biroq OTO‗B
standarti faqatgina etalon modelni aniqlabgina qolmay, balki etalon
modelni qondiruvchi aniq xizmatlar to‗plamini, shuningdek xizmatlarni
ta‘minlovchi protokollar to‗plamini aniqlashi zarur. Bunda protokol deb,
bir-biri bilan ishlovchi sathlarni o‗zaro ta‘sirlashish qoidalarini va
jarayonlarini aniqlaydigan xujjat tushuniladi.
1983 yilda etalon model sifatida yetti sathli model tasdiqlangan (2.3-
rasm). Bunda ochiq tizimlarga taalluqli barcha jarayonlar o‗zaro
bog‗langan sathlarga bo‗linadi. Yetti sathli modelda (1-3) quyi sath
protokollari axborot uzatishga, yuqori sath (5-7) protokollari axborotlarni
qayta ishlashga mo‗ljallangan. Transport sath protokollari ba‘zida alohida
ajratiladi, u axborot uzatish bilan bevosita bog‗liq emas. Biroq bu sath
OTO‘B etalon modeli
OTO‘B xizmatlari
OTO‘B protokollari212
o‗zining vazifalari bo‗yicha quyi sathlarga yaqin bo‗lgani uchun quyi
sathga tegishlidir.
Barcha yettita sathning vazifasi amaliy jarayonlarni ishonchli o‗zaro
ta‘sirini ta‘minlashdir.
Bunda amaliy jarayonlar sifatida
foydalanuvchilarning ehtiyoji uchun axborotlarni berish, kiritish, saqlash
va qayta ishlash jarayonlari tushuniladi. Har bir sath o‗zining vazifasini
bajaradi. Biroq sathlarning xavfsizligi uchun ular bir-birining ishini
tekshiradi
Amaliy sath (application) – tarmoqda uzatiladigan axborot manbalari
va foydalanuvchilari hisoblanuvchi amaliy jarayonlar va tarmoq
terminallarini boshqaradi. Bu sathning vazifasi foydalanuvchining
dasturini ishga tushirish, ularni bajarishni, ma‘lumotlarni kiritish
chiqarishni, terminallarni boshqarish va tarmoqni ma‘muriy boshqarishdir.
Bu sathda foydalanuvchilarga turli xizmatlarni taqdim etish ta‘minlanadi.
Bu sathda ma‘lumotlar uzatish infratuzilmasini sozlash hisoblanuvchi
texnologiyalar ishlaydi: elektron pochta, tele va videokonferensiya,
resurslarga ulanish, internetda ishlash va b.q.
Taqdim etish sathi (presentation) – tarmoqda uzatiladigan
ma‘lumotlarni amaliy jarayonlar uchun qulay bo‗lgan ko‗rinishga
o‗zgartirish va izohlash. Ma‘lumotlarni moslashtirilgan formatda va
tuzilishda taqdim etish, turli tillardan izohlash dasturi, translyatsiyalash,
ma‘lumotlarni shifrlashni ta‘minlaydi.213
Seans sathi (session) – amaliy jarayonlar orasidagi aloqa seanslarini
o‗tkazish va tashkil qilish (tarmoq abonentlari orasidagi seanslarni
ta‘minlash, ma‘lumotlar uzatish rejimini va navbatini boshqarish:
simpleks, yarimdupleks, dupleks). Bu sathning ko‗pgina funksiyalari,
ulanishni o‗rnatish va amaliyotda ma‘lumotlar almashish tartibini
ta‘minlash transport sathda amalga oshiriladi, shuning uchun seansli sath
protokollarini qo‗llash chegaralanishga ega.
Transport sathi (transport) – ma‘lumotlarni segmentlashtirishni
boshqarish (segment – transport sathni ma‘lumotlar bloki) va manbadan
foydalanuvchiga (abonentlar orasidagi logik kanalni o‗rnatish va axborotni
boshqarishni almashtirish, ma‘lumotlar uzatish sifatini ta‘minlash)
ma‘lumotlarni ikki tomonlama uzatish. Bu sathda tarmoq sathga taqdim
etiladigan xizmatlar qo‗llanilishi optimallashtiriladi, ya‘ni kam
xarajatlarda maksimal o‗tkazish qobiliyati ta‘minlanadi. Transport sath
protokollari juda keng rivojlangan va amaliyotda jadal qo‗llaniladi. Bu
sathda uzatilayotgan axborotning ishonchliligini nazoratiga katta ahamiyat
berilgan.
Tarmoq sathi (network) – tarmoqda ma‘lumotlar uzatishni logik
kanalini boshqarish (ma‘lumotlarni marshrutlash va adreslash,
kommutatsiyalash: kanallar, xabarlar, paketlar va multipleksorlash). Bu
sathda tarmoqning bosh telekommunikatsiya vazifasi
–
foydalanuvchilarning aloqasini ta‘minlash amalga oshiriladi. Tarmoqning
har bir foydalanuvchisi albatta bu sathning protokollarini qo‗llaydi va
tarmoq sathi protokollari qo‗llaniladigan o‗zining yagona tarmoq adresiga
ega. Bu sathda ma‘lumotlarni strukturalash bajariladi – ma‘lumotlarni
paketlarga joylashtirish va paketlarga tarmoq adreslarini berish (paket–
tarmoq sathini ma‘lumotlar bloki).
Kanal sathi (data-link) – tarmoq sathi obyektlari orasida ma‘lumotlar
uzatishni fizik kanalini boshqarish va shakllantirish, fizik ulanishlarni
shaffofligini ta‘minlash, uzatishdagi xatoliklarni to‗g‗rilash va nazorat
qilish. Bu sathning protokollari ko‗p sonli va o‗zining funksional
imkoniyatlari bilan bir-biridan farqlanadi. Bu sathda ko‗p kanalga ulanish
protokollari mavjud. Boshqarish kadrlar sathida bajariladi (kadr–kanal
sathidagi ma‘lumotlar bloki).
Fizik sath (physical) – tarmoqni fizik kanal bilan ulanishini uzish va
ushlab turish, o‗rnatish. Boshqarish raqamli bitlar sathida (impulslar, uning
amplitudasi, formasi) va analog (uzluksiz signalni fazasi, amplitudasi va
chastotasi) sathda bajariladi. Sathlar orasida uzatiladigan axborot bloklari
standart formatga ega: sarlavha, xizmat axboroti, ma‘lumotlar va oxir. Har 214
bir sath axborot blokini quyida turuvchi sathga uzatishda, uni o‗zining
sarlavhasi bilan ta‘minlaydi. Yuqori turuvchi sathni sarlavhasi quyi
turuvchi uzatiluvchi ma‘lumotlar singari qabul qilinadi.
Axborotni uzatish muhiti sifatida mis kabellar, tolali optik kabellar
va atrof fazo (simsiz aloqa) bo‗lishi mumkin. Magistral aloqa
uchastkalarida asosan optik kabellar keng qo‗llaniladi. Keng polosali
ulanish tarmog‗ida asosan mis kabellar qo‗llaniladi. Shuning uchun asosan
ulanish tarmoqlarida qo‗llaniladigan misli kabellar turini ko‗rib chiqamiz.
|
| |