Multimediali mahsulotlar turlari amaliy paketlar yordamida taqdimotlar yaratish




Download 163.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana08.02.2022
Hajmi163.59 Kb.
#17252
1   2
Bog'liq
Amaliy

Mutimediali taqdimot – bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng 
zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma'lumotlar, rasmlar, slayd-shou, diktor 
jo‘rligidagi ovoz bilan boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch o‘lchamli 
grafika tarzidagi dasturiy ta'minot bo‘lishi mumkin. Taqdimotning ma'lumot 
taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va 
interfaolligidir, ya'ni belgilangan shaklda o‘zgarishga moyilligi va foydalanuvchi 
faoliyatiga munosabatini bildirishidir. Bundan tashqari, taqdimot Sizning saytingiz 
kaliti ham bo‘lishi mumkin. Ya'ni Internetga chiqish imkoniyati mavjud bo‘lgan paytda 
sichqonchani bir martagina bosish orqali taqdimotni ko‘rib, kompaniya saytidan eng 
yangi ma'lumotni olish mumkin. Multimediali texnologiya Multimediali texnologiya 
(multi – ko‘p, media – muhit) bir vaqtning o‘zida ma'lumot taqdim etishning bir necha 
usullaridan foydalanishga imkon beradi: matn, grafika, animatsiya, videotasvir va ovoz.
Multimediali texnologiyaning eng muhim xususiyati interfaolik – axborot muhiti 
ishlashida foydalanuvchiga ta'sir o‘tkaza olishga qodirligi hisoblanadi. So‘nggi yillar 
davomida ko‘plab multimediali dasturiy mahsulotlar yaratildi va yaratilmoqda: 
ensiklopediyalar, o‘rgatuvchi dasturlar, kompyuter taqdimotlari va boshqalar. 
Kompyuter taqdimotlari (Kompyuter vositasida tayyorlangan taqdimotlar) Ma'ro’za, 
doklad yoki boshqa chiqishlarda odatda o‘rgazmali namoyish etish vositasi sifatida 
plakatlar, qo‘llanma, laboratoriya tajribalaridan foydalaniladi. Bu maqsadda 
diaproyektorlar, kodoskoplar, grafik tasvirlarni ekranda namoyish etuvchi slaydlardan 
foydalaniladi. Kompyuter va multimediali proyektorning paydo bo‘lishi ma'ro’zachi 
nutqini ovoz, video va animatsiya jo‘rligida sifatli tashkil etishning barcha zaruriy 
jihatlarini o‘zida mujassam qilgan ko‘rgazmali materiallarni taqdimot sifatida 
tayyorlash va namoyish etishga imkon berdi.
So‘nggi o‘n yillik dunyoda kompyuter revolyutsiyasi davri bo‘ldi. 
Kompyuterlar asosli ravishda hayotimizga kirib keldi. Insoniyat faoliyatining 
aksariyat jabhalarini kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. Faoliyatning eng tez 
o‘zgaruvchan dinamik turi bo‘lgan biznes ham ushbu jarayondan chetda qolmadi. Bu 
holatda kompyuter bilan muloqotni osonlashtirish, uning e'tiborini tortish, 
qiziqtirish uchun ma'lumotingizni boshqalarga qanday qilib eng qulay va samarali
tarzda yetkazish mumkinligi to‘g‘risida savol tug‘iladi. Ma'lumki, inson ma'lumotning 


ko‘p qismini ko‘rish (~80%) va eshitish (~15%) organlari orqali qabul qiladi (bu 
avvaldan aniqlangan va kino hamda televideniyeda undan samarali foydalaniladi). 
Multimediali texnologiyalar ushbu muhim sezgi organlarining bir vaqtda ishlashiga 
yordam beradi. Dinamik vizual ketma-ketlik (slayd-shou, animatsiya, video)ni ovozli 
tarzda namoyish etish orqali insonlarning e'tiborini ko‘proq jalb qilamiz. Shundan kelib 
chiqib, multimediali texnologiyalar axborotni maksimal samarali tarzda taqdim etishga 
imkon beradi. Videodan farqli ravishda multimediali texnologiyalar axborotlarni 
boshqarishga imkon beradi, ya'ni interfaol bo‘lishi mumkin. Multimediali taqdimot 
ma'lumotni to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qilishni ta'minlaydi. Foydalanuvchi taqdim 
etilayotgan barcha ma'lumotlarni ko‘radi va o‘zini qiziqtirgan qismlaridan foydalana 
oladi.
Ma'lumotni 
qabul 
qilish 
katta 
mehnat 
va 
vaqt 
talab 
qilmaydi.
Ma'lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan farqli ravishda multimediali taqdimot 
bir necha o‘n minglab sahifa matn, minglab rasm va tasvirlar, bir necha soatga 
cho‘ziladigan audio va video yozuvlar, animatsiya va uch o‘lchamli grafikalarni o‘z 
ichiga olgan bo‘lishiga qaramay, ko‘paytirish xarajatlarining kamligini va saqlash 
muddatining o’zoqligini ta'minlaydi. 

Download 163.59 Kb.
1   2




Download 163.59 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Multimediali mahsulotlar turlari amaliy paketlar yordamida taqdimotlar yaratish

Download 163.59 Kb.
Pdf ko'rish