• C++ tilida operatorlar.
  • . using namespace std
  • File – New – Source File (Ctrl+N)
  • Izohlar satrini tavsiflash




    Download 1,33 Mb.
    bet2/10
    Sana15.05.2024
    Hajmi1,33 Mb.
    #235552
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Multiplikatsiya va multimedia

    Izohlar satrini tavsiflash.
    C++ dasturlash tilida ikki turdagi izohlardan foydalaniladi:
    1. Bir satrli. Masalan: // Beriladigan izoh (satr boshida ikkita drop belgisini qo‘yish orqali bir satrli izoh yoziladi);
    2. Ko‘p satrli. Masalan: /* Beriladigan izoh */ (izoh boshiga /* belgilari, izoh oxirida esa */ belgilari yoziladi). C++ tilida operatorlar.
    C++ dasturlash tilida tuziladigan dastur kodi, kutubxona fayllariga murojaat va bir nechta funksiyalardan iborat bo‘lishi mumkin. Bunda, main nomli asosiy funksiya bo‘lishi zarur. Agar dasturda faqat asosiy funksiyadan foydalanilsa, dastur kodi quyidagicha yoziladi:
    #include using namespace std;
    int main()
    { // dastur tanasi;
    }
    Bunda:
    1. #include – xizmatchi so‘zi, kutubxona fayliga murojaat qiladi. Foydalanuvchi tomonidan qiymat kiritiladigan yoki ekranga qandaydir ma’lumot chiqariladigan dasturda iostream kutubxona fayli yoziladi. Masalan, kiritish va chiqarish operatoridan foydalanish uchun iostream kutubxona faylidan foydalaniladi; 2. using namespace std – standart nomlarni e’lon qilish;
    3. int main()asosiy funksiya hisoblanib, misol va masalalarning dastur kodi, ushbu bo‘limga, ya’ni { va } belgilari oralig‘iga kiritiladi;
    4. { va } – dastur kodi bloki hisoblanadi. Bunga dasturchi tomonidan kiritiladigan buyruqlar bitta operator sifatida qaraladi.
    Standart funksiyalar va ularning yozilishi. C++ dasturlash tilida funksiyalar kutubxona fayllarida mavjud bo‘lib, undan foydalanish uchun #include xizmatchi so‘zi yordamida tegishli kutubxonaga murojaat qilinadi. Masalan, matematik funksiyalar joylashgan kutubxonaga murojaat qilish uchun math.h buyrug‘i yoziladi.
    Ba’zi bir matematik amallar yozilishini 3.3-jadvalda ko‘rib chiqamiz.
    Konsol orqali muloqot qilish.
    Dev-C++ dasturlash muhitida konsolli rejim yordamida misol va masalalarning natijalarini qulay tartibda olish imkoniyati mavjud. Konsolli rejimda yangi dasturlash oynasini hosil qilish uchun File – New – Source File (Ctrl+N) ketma-ketligi tanlanadi. Hosil qilingan oynada tegishli dastur kodi yozilgandan so‘ng, uni kompyuter xotirasiga saqlash mumkin.
    Buning ikki xil usuli mavjud:


    1. Download 1,33 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 1,33 Mb.