Temperatura depressiyasi -




Download 1.48 Mb.
bet3/19
Sana11.11.2023
Hajmi1.48 Mb.
#97275
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Ali (3)
2 Лабораторная, Ilm-fan 0186, Маъруза Аудит, 6- СОХА ИКТваМЕН, Транспорт машиналари тажриба 2023, 18 dekabr, HMI haqida, ЭТТ слайд, 7-маъруза тақдимоти, 2 5375179836123789783, Jumamurodova Gullola, asls mi amalyot1, New73471674236457632t4t2674t`, New Microsoft Word Document
Temperatura depressiyasi - . Eritma Te va erituvchilar T qaynash temperaturalari o’rtasidagi farqdir, ya’ni t = Te –T temperatura depressiyasi deb nomlanadi. Eritmalar nazariyasidan ma’lumki, bir xil T temperaturada toza erituvchi ustidagi bug’larining bosimi r, eritma ustidagi bug’larning bosimi re dan har doim ko’p bo’ladi. Yoki bir xil bosimda toza erituvchining qaynash temperaturasi eritmaning qaynash temperaturasidan past bo’ladi.
Eritmalarning temperatura depressiyasi erituvchi va erigan moddalar xossalariga bog’liqdir. Bosim va konsentratsiya ortishi bilan temperatura depressiyasi oshadi. Ko’pincha ushbu ko’rsatkich tajribaviy yo’l bilan aniqlanadi.
Ma’lumki, bug’latkichlarda issiqlik yo’qotilishi oqibatida temperaturalarning pasayish hodisasi yuz beradi. Natijada temperaturalar farqi kamayadi va jarayon intensivligi susayadi. Temperaturalar yo’qotilishi , temperatura depressiyasi , gidrostatik va gidravlik depressiya lar yig’indisiga teng, ya’ni:
= + + .
Agar, eritmaning atmosfera bosimdagi temperatura depressiyasi atm ma’lum bo’lsa, istalgan boshqa bosimlardagi depressiya Tishenko formulasidagi taxminan hisoblab aniqlanishi mumkin:
(1)
bu erda T - ma’lum bosimdagi toza erituvchining qaynash temperaturasi, K; r - ma’lum bosimdagi toza erituvchining bug’latish issiqligi, kJ/kg; atm - atmosfera bosimidagi temperatura depressiyasi, oC.
Agar, atm kattaligi bo’yicha tajribaviy ma’lumotlar yo’q bo’lsa, uni bir nechta usul bilan tahminan hisoblab topish mumkin. Biror bosimda eritmaning bitta qaynash temperaturasi ma’lum bo’lsa - Babo, ikkita temperaturasi ma’lum bo’lganda esa - Dyuring yoki Kireev qoidasiga binoan aniqlash imkoni bor.
Babo qoidasiga binoan, biror konsentratsiyali eritma ustidagi bug’ bosimining pasayishi (r1 -r2)/r1 yoki r2/r1 temperaturaga bog’liq emas va o’zgarmas qiymatga tengdir:
(2)
bu erda r1 va r2 - erituvchi va eritma bug’larining bosimlari.

Download 1.48 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Download 1.48 Mb.