Mundareja




Download 1.48 Mb.
bet4/19
Sana11.11.2023
Hajmi1.48 Mb.
#97275
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Ali (3)
2 Лабораторная, Ilm-fan 0186, Маъруза Аудит, 6- СОХА ИКТваМЕН, Транспорт машиналари тажриба 2023, 18 dekabr, HMI haqida, ЭТТ слайд, 7-маъруза тақдимоти, 2 5375179836123789783, Jumamurodova Gullola, asls mi amalyot1, New73471674236457632t4t2674t`, New Microsoft Word Document
Gidrostatik depressiya -. Bug’latkich qaynash trubalarining bir qismi suyuqlik bilan to’lib turgan boladi va uning ustida bug’ - suyuqlikdan iborat emulsiya qatlamida yuqoriga qarab ko’tarilgan sari bug’ning miqdori oshib boradi.
Agar, qaynash trubasidagi suyuqlik va emulsiyani shartli ravishda suyuqlik deb nomlasak, unda gidrostatik bosimlar farqi hisobiga trubaning pastki qismidagi suyuqlikning qaynash temperaturasi tepa qisminikidan yuqori bo’ladi.
Gidrostatik effekt hisobiga eritma qaynash temperaturasining ortishi gidrostatik depressiya deb ataladi.
Bug’latish jarayoni vakuum ostida olib borilganda, gidrostatik depressiya salmoqli bo’ladi.
To’yingan suv bug’i tc va ikkilamchi bug’ temperatura Tlari orasidagi farq gidrostatik depressiyani beradi:
(3)
Ushbu tenglik eritma harakatini inobatga olmagani uchun uning xatoligi katta. Shuning uchun  ning qiymatlari tajribaviy usulda topiladi.
Vertikal bug’latkichda intensiv harakatlanayogan eritmalar uchun  miqdori 1...3oC oraliqda qabul qilinishi mumkin.
Gidravlik depressiya - . Ushbu depressiya ikkilamchi bug’ning separator va quvurlar orqali harakati davrida ishqalanish va mahalliy qarshiliklarni yengishi tufayli vujudga keladigan temperatura yo’qotilishlari.
Ushbu gidravlik qarshiliklarni yengish vaqtida bosimning kamayishi, temperatura pasayishiga sababchi bo’ladi.
Demak, gidravlik qarshiliklar tufayli eritma qaynash temperaturasining ko’payishi gidravlik depressiya deb nomlanadi. Odatda  ning qiymati 0,5...1,5oC oralig’ida bo’ladi.
Yuqorida qayd etilgan depressiyalarni hisobga olsak, eritmaning qaynash temperaturasi quyidagicha hisoblanadi:
(4)
bu erda T- ikkilamchi bug’ temperaturasi, K
Eritmalar issiqlik sig’imi temperatura va erigan moddalar konsentratsiyasining funksiyasidir.
Ko’pchilik eritmalar issiqlik sig’imi additivlik qoidasiga bo’ysinmaydi. Shuning uchun eritmaning ushbu xossasini erigan modda va erituvchilar issiqlik sig’imlari yordamida aniqlab bo’lmaydi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, eritma konsentratsiyasi qanchalik katta bo’lsa, uning issiqlik sig’imi shunchalik additivlik qoidasiga kam bo’ysinadi. Eritmaning ushbu xossasi maxsus adabiyotlarda keltirilgan.

Download 1.48 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Download 1.48 Mb.