|
Atmel AVR mikrokontrollerlari strukturasi va asosiy qurilmalari
|
bet | 6/13 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,83 Mb. | | #231799 |
Bog'liq habibullo11.2 Atmel AVR mikrokontrollerlari strukturasi va asosiy qurilmalari.
Atmel Corporation — yarimo’tkazgichli elektron komponentlar ishlab chiqaruvchi korporatsiyaga 1984 yilda asos solingan bo’lib, hozirda MCS-51, ARM, AVR, AVR32 mikrokontrollerlarini ishlab chiqarish bo’yicha etakchilik qilib kelmoqda. Shuningdek elektron qurilmalar uchun energiyaga bog’liq bo’lmagan xotira qurilmalari, dasturlanuvchi mantiqiy integral sxemalar (ПЛИC), raqamli mikrosxemalar (radiopriyomniklar va peredatchiklar uchun), barmoq izini skanerlovchi qurilmalar ishlab chiqaradi.
Atmel korporatsiyasi logotipi AVR mikrokontrollerlari logotipi. Atmel firmasi mahsulotlari kompyuter tarmoqlarida, ishlab chiqarishda
meditsinada, aloqa sohasida, avtomobillarda, kosmosda, harbiy texnikada shuningdek kredit kartalarida keng qo’llanilmoqda. Atmel korporatsiyasining asosiy raqobatchilari quyidagi firmalardir:
Microchip Technology,
STMicroelectronics,
Texas Instruments,
NXP,
Freescale,
Analog Devices.
AVR mikrokontrollerlari — 1996 yilda yaratilgan bo’lib, Atmel firmasining 8 bitli mikrokontrolleridir.
Norwegian University of Science and Technology (NTNU) talabalari Alf Bogen (Alf-Egil Bogen) va Vegard Vollen (Vegard Wollen) yangi RISC yadrosini yaratish g’oyasi bilan shug’ullana boshlashadi. 1995 yilda esa, Bogen va Vollen amerikaning Atmel korporatsiyaga o’sha paytda mashhur bo’lgan yangi 8-bitli RISC-mikrokontrollerini Flash-xotirasi va hisoblash yadrosi bitta kristalda joylashgan chip ko’rinishida ishlab chiqarish taklifi bilan chiqishadi. Ushbu g’oya Atmel korporatsiyasi tomonidan ma’qullanadi va tezda ushbu loyihani moliyalashtirishga qaror qilishadi. 1996 yil oxirida AT90S1200 seriyali mikrokontroller sinovdan o’tkaziladi. 1997 yilning ikkinchi yarmida Atmel korporatsiyasi yangi seriyali mikrokontrollerlar oilasini ishlab chiqib, ularni texnik qo’llab quvvatlay boshlashadi. Ushbu yaratilgan yangi yadro keyinchalik AVR nomi bilan patentlanadi. Bugungi kungacha AVR terminini turli xil talqin qilishadi. Kimdir bu Advanced Virtual RISC so’zidan olingan deyishsa, kimdir Alf Egil Bogen Vegard Wollan RISC g’oya mualliflariga taqashadi.
AVR kontrollerlari arxitekturasi - elektron komponentlarning dunyo bozorida eng ko’p tarqalgan uch xil arxitekturadan biri garvard arxitekturasi bo’lib, komandalar tizimi RISC yadrosi g’oyasiga yaqin.
Garvad arxitekturasida programma xotirasi va axborot xotirasi alohida. Bu xotiralarga alohida shinalar orqali murojaat qilinganligi tufayli unumdorlik traditsion arxitekturali protsessorlarga nisbatan keskin yuqoridir.
Traditsion arxitekturali mikrokontrollerlarda axborot va komandalar bitta axborot shinasi orqali o’qiladi, bu o’z navbatida axborot shinasini katta nagruzka bilan ishlashiga olib keladi.
Garvard arxitekturali mikrokontrollerlarda komanda bitta tsiklda o’qiladi (hamma komandalar uzunligi bir hil – 16 razryadli). Bu vaqtda axborot xotirasidan o’qish yoki yozish mumkin, chunki bu shina alohida.
Garvard va traditsion arxitekturali mikrokontrollerlarni 1 – rasmda
solishtirilgan.
Garvard arxitekturasi
Fon Neymon arxitekturasi
Garvard arxitekturasi Fon Neymon arxitek
MP
Xotirasi 8
MP 14
Qurilma
Xotirasi
Programma va axborot
Axborot
programma
AVR mikrokontrollerlarining quyidagi bir necha afzalliklarini ta’kidlash mumkin:
Qurilma loyihalash vaqtining ozligi;
Mahsulot chiqarish jarayonida programma kodini o’zgartirish mumkinligi;
Programma kodini o’zgartirishning orzonligi (qolipni o’zgartirish talab etilmaydi);
Mahsulotni nomerlashning qulayligi;
Sozlash jarayoniga ishlatiladigan axborot (kalibrovochnaya informatsiya)ni saqlash;
Loyihalashga ishlatilgan mikrosxemani tayyor qurilmada ham ishlatish mumkinligi.
AVR mikrokontrollerlari standart oilalari turkumlanishini uch guruhga ajratish mumkin:
|
| |