|
Texnik Ob’yektlarni Boshqarishda Mikrokontrollerlarni roli
|
bet | 2/13 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,83 Mb. | | #231799 |
Bog'liq habibullo11.1 Texnik Ob’yektlarni Boshqarishda Mikrokontrollerlarni roli.
Mikrokontroller(ingl. Micro Controller Unit, MCU)-elektron qurilmalarni boshqarishga mo’ljallangan mikrosxema. Odatdagi mikrokontroller o’z ichiga protsessor va periferiya uskunalari, OX(operativ xotira) va DX(doimiy xotira) olishi mumkin. Oddiy masalalarni bajara oladigan bir kristalli kompyuter deb atash ham mumkin. Zamonaviy elektronikani mikrokontrollerlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Koinotdagi sun’iy yo’ldoshlardan tortib kundalik hayotda har kuni foydalanadigan jixozlar ham mikrokontroller asosida ishlaydi.
Qisqacha tarix.
Bir kristalli mikro-EHM uchun birinchi patent 1971 yil amerikaning "Texas Instruments" xodimlari M. Kochern va G. Bun larga berilgan. Ularning taklifi bir kristalda nafaqat protsessor, balki hotira va kiritish-chiqarish uskunalarini ham joylashtirish edi.
Amerikaning Intel firmasi tomonidan 1976 yili "i8048" mikrokontrollerini ishlab chiqardi. Kristalida markaziy protsessor yonida 1 kbayt dastur xotirasi, 64 bayt ma’lumot xotirasi, ikkita 8 bitli taymer, soat generatori va 27 ta kirish-chiqish portlari liniyasi joylashgan. i8048 turkum mikrokontrollerlari IBM shaxsiy kompyuterlari birining klaviaturalarida, Maknovox Odyssey o’yin konsuli ko’rinish-larida ishlatiladi, shuningdek bir qator boshqa qurilmalarida foydalanishdi. Intel navbatdagi "i8051" mikrokontrollerini ishlab chiqaradi. Periferiya uskunalarining to’plami, tashqi va ichki dasturlash xotirasini tanlash imkoniyati va qulay narxi bilan tez orada elektronika bozorida muvofaqiyat qozondi. Texnologiya nuqtai-nazaridan i8051 mikrokontrolleri o’z vaqti uchun juda murakkab uskuna hisoblanadi. Kristallda 128 ming tranzistordan foydalanilgan, bu o’z navbatida 16-razryadli i8086 mikroprotsessoridagi tranzistorlar sonidan 4 baravar ko’proq. Keyingi Intel 8051 Mikrokontroller shu sinf qurilmalari ichida xaqiqiy klassik obraz bo’ldi. Bu 8 bitli Chip butun Mikrokontroller turkumi boshlanishi bo’ldi. 8051 analoglarini Minsk, Kiev, Voronej, Novosibirsk korxonalarida ishlab chiqarildi. Ko’pchilik mikrokontroller ishlab chiqaruvchilar xozirgi kunda ham shu arxetukturaga asoslangan ko’rinishlarni ishlab chiqarmokda, ular orasida Philips, MicroChip, Atmel, Dallas, OKI, Siemens va boshqa kompaniyalar bor.
Motorola va Ziloq
Sakkiz razryadli mikrokontrollerlar Motorola (68NS05, 68NS08, 68NS11) va Ziloq (Z8) kompaniyalari maxsulotlarida paydo bo’ldi.
Microchip firmasining birinchi PIC - kontrollerlari paydo bo’lishi bilan sezilarli o’zgarishlar bo’ldi. Bu chiplarni rekord darajada past narxlarda sotuvga chiqarishdi. Bu esa qisqa vaqt ichida bozorni egallashga imkon yaratdi. Shuningdek Microchip kristallari qimmat programmalarni talab qilmasdi. Mikrokontrollerlar bilan birga arzon narxdagi PICSTART komplektlari ham paydo bo’ldi. Bu komplektlar vositasiz ham, PIC - kontrollerlar ishlash yangiliklarini bilmasdan ham, unda mahsulot yaratish va bekor qilish mumkin. Mikrokontroller yaxshi portlarga ega, lekin boshqalari unchalik qulay emas edi. Komandalar tizimi cheklangan bo’lib arxitektura yaxshirog’ini talab qilar edi. Shuningdek PIC - kontrollerlariga uni boshqarish bo’yicha yuqori talablar qo’yilmaganda, qimmat bo’lmagan tizim yaratishni talab qilganligi uchun, ommobop bo’lib qolishdi.
|
| |