|
Mundarija I bob Kirish Texnik obyektlarni boshqarishda mikrokontrollerlarni roli at model avr mikrokontrollerlari strukturasi va asosiy qurilmalar II bob
|
bet | 7/13 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,83 Mb. | | #231799 |
Bog'liq habibullo1tinyAVR (ATtinyxxx):
Flash-xotira - 16 Kbaytgacha; tashqi opreativ xotira SRAM - 512 baytgacha; EEPROM –xotira 512 baytgacha;
Kirish-chiqish liniyalar soni 4-18 (mikrosxema chiqimlarining umumiy
soni 6-32);
periferiya qurilmalarining cheklangan nabori.
megaAVR (ATmegaxxx):
Flash-xotira - 256 Kbaytgacha; tashqi opreativ xotira SRAM - 16 Kbaytgacha; EEPROM –xotira 4 Kbaytgacha;
Kirish-chiqish liniyalar soni 23-86 (mikrosxema chiqimlarining umumiy soni 28-100);
Apparatli umnojitel;
Kengaytirilgan periferiya qurilmalari va komandalar tizimi.
XMEGA AVR (ATxmegaxxx):
Flash-xotira - 384 Kbaytgacha; tashqi opreativ xotira SRAM - 32 Kbaytgacha; EEPROM –xotira 4 Kbaytgacha;
To’rt kanalli DMA-kontrolleri;
Hodisalarni qayta ishlovchi innovatsion tizim.
Standart oilalar asosida aniq bir masalaga moslashtirilgan mikrokontrollerlar ishlab chiqariladi:
USB, CAN LCD interfeyslar o’rnatilgan mikrokontroller;
radioqabullovchi va radiouzatuvchi qurilmalar o’rnatilgan mikrokontrollerlar —ATAxxxx, ATAMxxx seriyali;
dvigatellarni boshqarish uchun — AT90PWMxxxx seriyali;
avtomobillar elektron sxemalari uchun;
yoritish texnika uchun.
YUqorida keltirilgan oilalardan tashqari ATMEL firmasi 32-razryadli mikrokontrollerlar (AVR32) oilasiga mansub AT32UC3 (taktli chastotasi 66 MHz gacha) va AT32AP7000 (taktli chastotasi 150 MHz gacha) mikrokontrollerlar.
ATMEL firmasi kontrollerlarining versiyalari. AT(mega/tiny)xxx — negiz versiya.
ATxxxL —pasaytirilgan (Low) kuchlanish (2,7 V)manbaida ishlaydigan kontrollerlar versiyasi.
ATxxxV — past kuchlanish (1,8 V) manbaida ishlaydigan kontrollerlar
versiyasi.
ATxxxP — Power-down rejimida ishlaydigan kam quvvatli (100 nA gacha), picoPower texnologiyasi qo’llanilgan (2007 yil iyulda e’lon qilingan), oldingi versiyalar bilan funtsional moslasha oladigan versiya.
ATxxxA — iste’mol toki kamaytirilgan, taktli chastotalar diapazonining
barchasi kamrab olingan va oldingi ikkita versiyasi manba kuchlanishi (shuningdek, ba’zi modellarda yangi imkoniyatlar va registrlar qo’shilgan, ammo oldingi versiyalar bilan bir biriga mos keladi. «A» harfli versiyali va «A» harfsiz versiyali mikrokontrollerlar bir xil signaturaga ega bo’lsa ham, Fuse-bit’ lari farq qiladi. Bu esa ko’pchilik loyihalarda qiyinchilik tug’diradi.
Model raqami ishlab chiqariladigan korpus variantlarini anglatuvchi qo’shimcha indeklar bilan to’ldiriladi. Indeks oldidagi (8,10,16,20) raqamlari mikrokontrollerlarning normal kuchlanish manbaida stabil ishlay oladigan maksimal chastotasini bildiradi.
Indeksning birinchi harfi ishlab chiqariladigan korpus variantlarini anglatadi:
ATxxx-P — DIP korpusi
ATxxx-A —TQFP korpusi
ATxxx-J —PLCC korpusi
ATxxx-M —MLF korpusi
ATxxx-MA —UDFN/USON korpusi
ATxxx-C —CBGA korpusi
ATxxx-CK —LGA korpusi
ATxxx-S —EIAJ SOIC korpusi
ATxxx-SS —JEDEC SOIC ensiz korpusi
ATxxx-T —TSOP korpusi
ATxxx-TS —SOT-23 (ATtiny4/5/9/10) korpusi
ATxxx-X —TSSOP korpusi
Keyingi harf ishlatiladigan temperatur diappazonini va ishlab chiqarish maqsadini bildiradi (2.-rasm):
1.2-rasm. ATmega8515-8PU mikrokontrollerining harfiy belgilanishi.
ATxxx-xC — tijorat uchun ishlab chiqarilgan, (0 °C — 70 °C) temperatura
diapazonida ekspluatatsiya qilinadi.
ATxxx-xA — (20 °C — +85 °C) temperatura diapazonida ekspluatatsiya
qilinadi, korpusga qo’rg’oshinsiz kavsharlangan.
ATxxx-xI — industriya uchun ishlab chiqarilgan, (-40 °C — +85 °C)
temperatura diapazonida ekspluatatsiya qilinadi.
ATxxx-xU — industriya uchun ishlab chiqarilgan, (-40 °C — +85 °C)
temperatura diapazonida ekspluatatsiya qilinadi, korpusga qo’rg’oshinsiz kavsharlangan.
ATxxx-xH — industriya uchun ishlab chiqarilgan, (-40 °C — +85 °C)
temperatura diapazonida ekspluatatsiya qilinadi, NiPdAu ishlatilgan.
ATxxx-xN — (-40 °C — +105 °C) temperatura diapazonida ekspluatatsiya
qilinadi, korpusga qo’rg’oshinsiz kavsharlangan
ATxxx-xF — (-40 °C — +125 °C) temperatura diapazonida ekspluatatsiya qilinadi.
ATxxx-xZ — avtomobillarda ishlatiladi, (-40 °C — +125 °C) temperatura
diapazonida ekspluatatsiya qilinadi.
ATxxx-xD — avtomobillarda ishlatiladi, (-40 °C — +150 °C) temperatura
diapazonida ekspluatatsiya qilinadi.
R - Tape & Reel avtomatlashtirilgan tizimida yig’ilgan.
Prefiksdan keyingi raqamlar mikrokontroller flash –xotirasi hajmini (KBayt) va modifikatsiyasini anglatadi.. (ATmega128 — xotira hajmi 128 KB; ATmega168 — xotira hajmi 16 KB, modifikatsiya 8; ATtiny44 va ATtiny45 — xotira 4 KB, mos holda modifikatsiya 4 va 5).
AVR mikrokontrollerlari strukturasi. Mikrokontrollerning har bir qismi quyidagi uch guruhga tegishli bo’lishi mumkin:
Mikrokontroller yadrosi;
Periferiya moduli;
Mikrokontrollerning maxsus qismi.
Mikrokontroller yadrosi. Yadro asosiy qism bo’lib, u mikrokontrollerni
ishlashga majbur qiladi. Bu guruh tarkibiga quyidagilar kiradi (3.-rasm):
Takt generatori
Dastlabki holatga qaytish sxemasi (Лoгикa*c6poca)
Markaziy protsessor (CPU)
Arifmetik-logik qurilma (ALU)
Komandalar xotira qurilmasi
Axborot xotira qurilmasi
Uzilishlar tizimi (Пpepывaния)
Komandalar tizimi.
1.3 – rasm. AVR mikrokontrollerlarining umumiy struktura sxemasi
AVR protsessorlari registrli faylga birlashtirilgan 8-bitli 32 ta registrdan iborat. Ideal RISC yadrosi arxitekturasidan farqli o’laroq ushbu registrlar mutlaq ortogonal emas:
Ba’zi komandalar faqat r16…r31 registrlarida ishlaydi. ANDI/CBR, ORI/SBR,
CPI, LDI, LDS(16-bit), STS(16-bit), SUBI, SBCI, shunikdek SER va MULS operandlari bilan bevosita ishlaydigan komandalar shular jumlasidandir;
16-bit qiymatli oshiruvchi va kamayuvchi komandalar (ADIW, SBIW) operandlari bevosita faqat quyidagi r25:r24, r27:r26 (X), r29:r28 (Y), yoki r31:r30 (Z) registrlari juftlaridan birida ishlashga mo’ljallangan;
Registrlar juftini nusxalash komandalari faqat toq sondagi (r1:r0, r3:r2,
…, r31:r30) qo’shni registr juftlarida ishlaydi;
Ko’paytirish natijasi (ko’paytirish moduli mavjud modellarda) doimo r1:r0 registrlar juftligida joylashadi. SHuningdek, faqat ushbu juftliklar o’z-o’zini dasturlash komandalari uchun operandlari sifatida ishlatiladi;
Ko’paytirish komandalarining ba’zi variantlari faqat r16…r23 (FMUL, FMULS, FMULSU, MULSU) diapazonidagi registrlarni argument sifatida qabul qiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mundarija I bob Kirish Texnik obyektlarni boshqarishda mikrokontrollerlarni roli at model avr mikrokontrollerlari strukturasi va asosiy qurilmalar II bob
|