|
Tasvirni fizik shakllantirish tamoyili bo’yicha
|
bet | 10/13 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,83 Mb. | | #231799 |
Bog'liq habibullo1Tasvirni fizik shakllantirish tamoyili bo’yicha:
Aktiv – nur tarqatish orqali tasvirni shakllantiruvchi yarimo’tkazgichli (svetodiodli) gazorazryadli, katodolyuminestsentli, elektrolyuminestsentli, cho’g’lanuvchi indikatorlar.
Passiv - tashqi manbalardan kelgan yorug’lik nurining kutblanishi, akslanishi yoki o’tkazish yo’li orqali tasvirni shakllantiruvchi qurilmalar. Bunga suyuq kristalli elektroforezli, elektroxromli, shuningdek segnetokeramik indikatorlar kiradi.
Akslanadigan axborot tabiatiga bo’yicha:
Yagona - nuqta yoki geometrik shakl ko’rinishidagi ayrim
indikatorlar bo’lib axborotni yorug’lik yoki har xil ranglar ko’rinishida ko’rsatib beradi.
Shkalali – kattaliklar to’g’risidagi signallarning sathini yoki mavjudligini to’g’ri
chiziqli yoki egri chiziqli shaklda joylashtirilgan bir qancha indikatorlar ko’rinishda akslantiruvchi diskret indikatorlar. Axborotlarni shkaladagi indikatsiya elementlarining miqdori va joylashishi orqali ko’rsatadi.
Mnemonik — akslanuvchi axborot to’g’risida tasaffurga ega bo’lishga
ko’maklashuvchi geometrik figura yoki tasvir ko’rinishidagi ayrim indikatorlar.
Raqamli – raqamli axborotni chiqarishga mo’ljallangan indikatorlar.
Harfli-raqamli — raqamlar, harflar hamda maxsus belgilarni chiqarishga
mo’ljallangan indikatorlar. Harfli-raqamli indikatorlar oldindan belgilangan cheklangan sondagi simvollarni akslantirish yoki ixtiyoriy simvollarni akslantirish imkonini beradi. Ko’pincha bunday indikatorlar alfavitli-raqamli indikatorlar deyiladi.
Grafik — simvol hamda rasm ko’rinishidagi axborotlarni akslantirishga mo’ljallangan indikatorlar.
Kombinatsiyalangan — turli xil ko’rinishdagi axborotlarni akslantirishga
mo’ljallangan bir qancha indikatorlar guruhi. Kombinatsiyalangan indikatorlar ko’pincha ko’plab ishlab chiqiladigan maishiy va portativ texnika qurilmalarda ishlatiladi.
Akslanayotgan axborot maydoni konstruktsiya bo’yicha:
Belgi chiqaruvchi – konstruktsiyasida bir qancha simvollar yoki belgilar joylashtirilgan indikatorlar. U yoki bu shaklni akslantirish mos boshqarish sxemasi orqali amalga oshiriladi. Bunga vakuumli, cho’g’lanuvchi yoki gazorazryadli indikatorlar misol bo’ladi.
Belgi hosil qiluvchi — akslanuvchi axborot bir qancha diskret indikatorlar majmuasidan tashkil topgan indikatorlar. Ushbu guruhga barcha segmentli indikatorlarni, jumladan etti segmentli hamda matritsali indikatorlarnini kiritish mumkin.
Axborot sig’imi bo’yicha:
Bir razryadli — bitta simvol yoki raqamlarni chiqarishga mo’ljallangan.
Ko’p razryadli cheklangan yacheykali – bir qancha simvol yoki raqamlarni chiqarishga mo’ljallangan.
Ko’p razryadli cheklanmagan yacheykali – ixtiyoriy axborot maydonida belgilarni akslantiruvchi matritsali grafik indikatorlar.
|
| |