• Elektron indikatorlar turlari.
  • Tasvirlarni shakllantirish usuli bo’yicha




    Download 1,83 Mb.
    bet11/13
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,83 Mb.
    #231799
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    habibullo1

    Tasvirlarni shakllantirish usuli bo’yicha:
    Statik — Har bir elementni akslantirish o’zining boshqarish sxemasi orqali amalga oshiriladi. Muayyan vaqt momentida qabul qilinayotgan axborot muayyan elementdagi axborotga mos keladi.
    Dinamik — akslanayotgan axborotlar qismlarga ajratilgan holda uzatiladi. Axborotlarni uzatish tezligi inson ko’zi ilg’amaydigan ko’rinishda amalga oshiriladi. Natijada axborot yaqqol butun shakllda akslanadi. Bunday akslanish etti segmentli yoki matritsali indikatorlarda amalga oshirildi.
    Ranglar bo’yicha:
    Bir xil rangli – indikator rangi konstruktsiyasi orqali aniqlanadi.
    Ko’p rangli — turli xil ranglar ko’rinishidagi axborotlarni akslantiruvchi indikatorlar. Odatda cheklangan miqdordagi ranglarda uzatiladi. Bunga misol qilib xavflilikni akslantirish qizil rangda, oddiy holatda ko’k, e’tiborni tortishda sariq yoki qizil rangda amalga oshirilishini aytish mumkin.
    To’liq rangli — inson ko’zi ilg’aydigan barcha ranglarni akslantiruvchi indikatorlar.

    Elektron indikatorlar turlari.
    Yagona indikator. Yagona indikatorlarni eng ko’p uchratish mumkin. Svetodiodli indikatorlarni yoki neonli lampalarni yoritish qurilmalarida, turli xil maishiy uskunalarda ishlatiladi. Ushbu tur indikatorlar e’tiborni tortish uchun yoritish chiroqlari ulagichlarida ishlatilad. YAgona indikatorlarning boshqarish sxemasining soddaligi hamda elementlar sonining kamligi tufayli eng ishonchli indikator sifatida qarash mumkin.
    Segmentli indikatorlar. Segmentli indikator mikrosxemasining ustki qismida svetodiodlar joylashgan. Bu svetadiodlar raqamli ma’lumotlarni ko’rish uchun hizmat qiladi. Uning ichidagi hamma svetodiodlar odatda katod yoki anodda joylashgan bo’ladi. Quyidagi 5-rasmda turli xil segmentli indikatorlar keltirilgan.


    2.1-rasm. 7, 14, 16, 5x7– segmentli indikatorlar.
    Segmentli indikatorlarning segmentlarining ranglari turli xil bo’lishi mumkin. Quyida ularning ranglari tasnifi keltirilgan:
    HWA – yorqin qizil Galliy Fosfid GaP, 700 nm.
    EWA – yuqori unumli qizil fosfid-arsenid va galley fosfid GaAsP/GaP, 625 nm (HIGH EFFICIENCY RED).
    GWA – Yashil galley fosfidi GaP, 565 nm.
    YWA – sariq fosfid-arsenid va galley-fosfid GaAsP/GaP, 590 nm.
    SRWA–super yorqin qizil arsenid galliy-alyuminiy GaAlAs,660 nm. Svetodiodning ikki xil ulanish turi mavjud:
    C – umumiy katod va A – umumiy anod. Quyida SA39 va SC39 svetodiod chizmasi va elektron sxemasi keltirilgan. E’tibor bering, har bir segment DP nuqtasigacha a dan g gacha bo’lgan harflar bilan belgilanadi (6-rasm).



    2.2- rasm. Indikatsiya qurilmasining sxemasi.
    Demak, umumiy anodli sxemada 3 va 8 - chiqimlari +5 V shinaga ulanadi (yoki, MK +5 V ga ulanadi , Lekin ekstremal hollarda bu tavsiya qilinmaydi), Yoki boshqacha qilib aytganda MK ning portiga ulanadi.
    Mikrokontrollerning bazasida raqamli ma’lumotlarni tasvirlash uchun yetti segmentli svetodiodli indikator qurilmasidan foydalaniladi. Yeti segmentli indikatorni boshqarish juda qulay bo’lib, juda katta yorqinlikga ega, kam xarajatli va keng diapozonli ishchi tempraturaga ega. Svetodiodli indikatorlarning kamchiliklari ham yo’q emas, katta boshqaruvchili kontrollerlarning yetishmasligi harfli ma’lumotlar bilan ishlashda kam imkoniyatga ega. Yetti segmentli indikatorning svetodiodlar guruhi tartibli joylashgan va konstruktiv svetodiodlar guruhidan iborat. Indikatorlarda raqamli ma’lumotlarni svetodiodlar orqali chiqarishda bir vaqtning o’zida yoqib ishlatish mumkin.
    Indikatorlarning turlari svetodiodlarning joylashganligiga qarab ikki guruhga bo’linadi: umumiy anod va umumiy katod. Tasvirlanadigan razryadlarining soniga qarab, bir razryadli, ikki razryadli va hakazo. Bundan tashqari ularni rangi bo’yicha ham ajratish mumkin. Masalan: qizil, yashil, sariq va boshqa ranglilari mavjud (7-rasm).

    2.3-rasm. Segmentli indikator umumiy anodli va umumiy katodli svetodiodlarning joylashish sxemasi.
    Segmentli indikatorlarni statik yoki dinamik tarzda boshqarish mumkin. Statik boshqarishda indikator razryadlari mikrokontrollerga bir-biridan farqli ulanadi va ma’lumotlar unga doimiy kiritilib turiladi. Bu usul dinamik boshqaruvdan qulay, lekin qo’shimcha elementlarni ishlatmasdan, ko’p razryadli segmentli indikatorni mikrokontrollerga ulashda muammo tug’diradi, ya’ni chiqishlar yetmay qolishi mumkin.

    Download 1,83 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 1,83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tasvirlarni shakllantirish usuli bo’yicha

    Download 1,83 Mb.