|
Mundarija I bob Kirish Texnik obyektlarni boshqarishda mikrokontrollerlarni roli at model avr mikrokontrollerlari strukturasi va asosiy qurilmalar II bob
|
bet | 8/13 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,83 Mb. | | #231799 |
Bog'liq habibullo1Komandalar tizimi. AVR mikrokontrollerlari komandalar tizimi instruktsiyalari yuksak rivojlangan va turli xil modellarda turlicha bo’lib, 90 dan 133 tagacha etadi.
Ko’pchilik komandalar bitta xotira yacheykasini (16 bit) egallaydi.
Ko’pchilik komandalar bitta takt mobaynida bajariladi.
AVR mikrokontrollerlari komandalar to’plamini bir nechta guruhlarga ajratish mumkin:
mantiqiy amal bajaruvchi komandalari;
arifmetik amal bajaruvchi va siljitish komandalari;
bitlar ustida amal bajaruvchi komandalari;
ma’lumotlarni jo’natish komandalari;
uzatishlarni boshqarish komandalari;
tizimni boshqarish komandalari.
Periferiya modullari. Periferiya modullari tashqi sxemalar bilan aloqa interfeysini tashkil qilish imkonini beradi. Masalan, kiritish – chiqarish universal portlari, suyuq kristalli indikatorlar (ЖKИ) drayverlari, ARO’ kirishlari, ШИM chiqishlari va vaqt intervallarini hisoblash qurilmalari (taymerlar). Periferiya qurilmalarini boshqarish adreslangan ma’lumotlar makoni orqali amalga oshiriladi. Qulaylik uchun qisqartirilgan komandalar ishlatiladi (IN/OUT).
AVR mikrokontrollerlari periferiya qurilmalari:
ichki kalibrovkalangan RC-generator (chastotasi 1, 2, 4, 8 MHz, ba’zi
modellarda ATtiny — 4,8, 6.4, 9.6 MHz va 128 kHz).
Ichki flesh-xotira 256 KBaytgacha.
JTAG (TMS, TDI, TDO, va TCK) kiritish-chiqarish portlariga multipleksorlash signallari.
Ichki ma’lumotlar uchun EEPROM-xotira 4 KB gacha (ATmega/ATxmega)/512 bayt (ATtiny) (100 000 marta qayta yozish).
Ichki xotira SRAM 32 KB gacha (ATxmega)/16 Kb(ATmega)/1 Kb(ATtiny) vaqtinchalik 2 taktli murojaat.
Tashqi xotira hajmi 64 KB gacha (ATmega8515, ATmega162, ATmega640,
ATmega641, ATmega1280, ATmega1281, ATmega2560, ATmega256).
8, 16 bit razryadli taymerlar.
8-, 9-, 10-, 16-bitli ШИM-modulyator (PWM).
Analog komparatorlar.
differentsial kirishli ARO (ADC), razryadliligi
8(ATtiny)/10(ATtiny/ATmega)/12(ATxmega) bit:
ARO’ oldidagi dasturlanuvchi kuchaytirish koeffitsienti 1, 10 va 200 (differentsial rejimda);
Kuchlanish manbalari, tashqi kuchlanish manbalari yoki ichki tayanch kuchlanishlari 2,56 V / 1,1 V (bazi ATtiny modellarida) tayanch kuchlanishi sifatida olinishi mumkin.
Quyidagilarni oz ichiga oluvchi turli xil ketma-ket interfeyslar:
.
I²C bilan muvofiqlashtirilgan ikki simli TWI interfeys;
UART/USART -universal sinxron/asinxron priyomoperedatchik;
Serial Peripheral Interface (SPI) -sinxron ketma-ket port.
USB interfeysi AT90USBxxxx seriya uchun.
CAN interfeysi AT90CANxxx seriya uchun.
LCD interfeysi ATmega169 va ATmega329 seriyalari uchun.
ATtiny25, ATtiny45, ATtiny85 seriyalari uchun harorat datchigi.
Izoh: hamma periferiya qurilmalarini ham dastur orqali ishga tushirib bolmaydi. fuses registridagi bit faqat programmator yordamida ozgartirilishi mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mundarija I bob Kirish Texnik obyektlarni boshqarishda mikrokontrollerlarni roli at model avr mikrokontrollerlari strukturasi va asosiy qurilmalar II bob
|