|
Mikrokontrollerlarning maxsus qurilmalari
|
bet | 9/13 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,83 Mb. | | #231799 |
Bog'liq habibullo1Mikrokontrollerlarning maxsus qurilmalari:
Konfiguratsiya bitlari
Manba ulanganda ishlovchi integrallangan C6poc sxemasi (POR)
Manba kuchlanishi pasayishidan ishlovchi C6poc sxemasi (BOR)
Storojevoy taymer
Energiya tejamkor rejimi (SLEEP)
Integrallangan (ichki) RC takt generatori
O’z – o’zini (ichki sxemali) (внyтpиcxeмнoe) programmalashtirish.
II BOB
2.1 Elektron indikatsiya qurilmalarining tuzilishi va turkumlanishi
Elektron indikator (lotincha Indicator – ko’rsataman, aniqlayman) - biror jarayonning borishini yoki kuzatilayotgan hodisalar hamda signallarni inson idrok etadigan qulay shaklda aks ettiruvchi asbob (qurilma, element).
Elektron indikatorlar jarayon yoki signallarning turli xil parametrlarining sathi yoki qiymati to’g’risida axborot berish uchun turli xil maishiy va sanoat uskunalariga o’rnatiladi. Masalan: harorat, kuchlanish, tok, batareyalarni zaryadlash va hakoza. Ko’pincha elektron indikatorlarni elektron shkalali mexanik indikator deb noto’g’ri talqin qilishadi.
Qo’llanilishi. Elektron indikatorlar insonlarning sezgisi etmaydigan parametrlarni tezda va ko’p narsani aniqlashga yordam beradi. Agar parametrlarning sathi yoki qiymatini yuqori aniqlikda ko’rish talab qilinadigan bo’lsa ko’prazryadli raqamli indikatorlar qo’llaniladi. Agar yuqori aniqlik talab qilinmaydigan hollarda, ya’ni signalning bor yoki yo’qligini ko’rish kerak bo’lsa yagona indikatorlar qo’llaniladi.
Ko’pincha u yoki bu qurilmalarni indikatorlar sinfiga kiritish ularning qo’llanilishi orqali aniqlanadi. Masalan, yoritishga mo’ljallangan oddiy cho’g’lanma lampochkalarni xabarlovchi tizimlarda yoki masofadan nazorat qilish va boshqarish tizimlarida qo’llanilganda indikator sifatida qarash mumkin. SHu bilan bir vaqtda reklamalarni akslantirishga mo’ljallangan svetodiodli matritsalardan yasalgan elektron tablo indikator hisoblanmaydi. Shunday qilib, “elektron indikator” tushunchasi ko’pincha nafaqat indikator tuzilishi yoki fizik xususiyatlari orqali balkim muayyan qurilma yoki tizimda qo’llanilish usuliga ham bog’liq.
Turkumlanishi. Elektron indikator ko’plab qurilmalarni o’z ichiga oladi.
Indikatorlar o’zining konstruktiv xususiyati, boshqarish usuli va vazifasiga qarab turkumlanadi. Texnik adabiyotlarda indikatorlar turlicha usullarda turkumlanilgan.
Qo’llanilish bo’yicha – o’lchami va o’rnatilishi joyiga bog’liq xolda:
individual;
guruhli;
umumiy foydalanishli.
|
| |