Mundarija: I. Bo’lim




Download 271.56 Kb.
bet14/50
Sana24.03.2024
Hajmi271.56 Kb.
#176114
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   50
Bog'liq
1-Mavzu. Kirish-www.fayllar.org
Kurs ishi. Toshpo\'lato\'va M, Qarshi davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti zoologiya va -fayllar.org, I bob. Bioinformatika (1)
DNK reparatsiyasi. DNK bitta zanjirining buzilgan qismini to`g`rilanishi yoki reparatsiyasini chegaralangan replikatsiya sifatida qarash mumkin. Masalan, teri epitelial hujayrasining DNK zanjirini ultrabinafsha nurlar ta’sirida zararlaganda boradigan reparatsiya jarayoni ancha mukammal o`rganilgan. Transkriptsiyaning molekulyar asoslari. Genetik axborotning oqimi genlar ekspressiyasi deb ataladi: u birinchi navbatda genlar transkriptsiyasi – RNK ning hosil bo`lishiga olib keladi. Transkriptsiya jarayonida asosan ayrim gan va genlar guruhi ko`chirib yoziladi, replikatsiyada esa ona DNK to`la kodlanadi. RNK ning hamma turlari ham yadroda sintezlanadi. DNK matritsasida kechadigan hamma sintezlar DNK da yozilgan axborotga muvofiq amalga oshadi. RNK ning barcha turlari tRNK, rRNK va mRNK sintezlanishida asoslarning komplementar bo`lishiga binoan DNK asoslarining tartibi RNK asoslarining tartibini belgilaydi. Matritsa sifatida ikki zanjirli DNK eng afzaldir, lekin bir zanjirli DNK ham matritsa sifatida xizmat qila oladi. Transkriptsiyada xromatin DNK sida yozilgan axborotning bir qismidan RNK nusxasi sifatida foydalaniladi. DNK ning faol bo`lmagan qismlari xromatinning globulyar nukleosomalari tarkibiga, faol qismlari esa nukleosomalar orasidagi fragmentlar yoki “ochilgan” to`g`ri nukleosomalar tarkibida bo`ladi. Prokariot va eukariotlarda transkriptsiyaning elementar birligi, ya’ni transkriptsiyaga uchraydigan DNK bo`lagi transkripton deb ataladi. Ba’zida prokariotlarning transkriptonlari operon deb ham ataladi.
Transkriptonning uzunligi 300 dan 1000000000 tagacha nukleotiddan tashkil topgan bo`ladi. Transkriptonning har bir qismi turli xil vazifalarni bajaradi. Bir guruh qismlar axborot saqlovhci, boshqalari esa – axborot saqlamaydigan guruhlarga bo`linadi. Axborot saqlovhci qismlarga polipeptid zanjiri yoki matritsali bo`lmagan RNK (rRNK va tRNK) strukturalari to`g`risida axborot saqlovchi; axborot saqlamaydiganlari esa boshqa vazifalarni bajaradi va genetik axborotni o`zida saqlamaydi. Yuksak tuzilgan eukariotlar transkriptonida axborot saqlamaydigan qismi asosiy qismni egallaydi. Transkriptondagi struktura genlari ikki turda bo`lishi mumkin: uzluksiz va bo`lingan. Eukariotlardagi struktura genlarining ko`pchiligida genetik axborot uzlukli – bo`lingan holda yozilgan bo`ladi. Struktura genlarida axborot saqlovchi struktura genlari ekzonlar, axborot saqlamaydiganlari esa intronlar deb ataladi. Intronlar ekzonlar uchun qo`shimcha regulyator vazifasini bajarishi mumkin. Xromosoma DNK sida harakatchan fragmentlar aniqlangan bo`lib, ular mobil genlar yoki transpozonlar deb aytiladi. Bunday genlarning bir nechta turlari aniqlangan bo`lib, ular o`zlarining nukleotidlar tarkibi va polinukleotid zanjirining uzunligi bilan farq qiladi. Transpozonlarning migratsiyasi teskari transkriptsiya mexanizmi bilan tushuntiriladi, ya’ni oldin mobil genlarning transkripti hosil bo`ladi, keyin esa u xromosomaning boshqa qismida DNK nusxasi uchun matritsa sifatida foydalaniladi. “Sakrovchi” genlarning vazifasi esa to`liq aniqlangan emas. Transkriptsiya boshlanadigan transkriptonning boshlang`ich qismi promotor deb aytiladi. Unga transkriptsiyaning boshlanishini yengillashtiruvchi oqsillar va transkriptsiyaning fermenti bo`lgan RNK-polimeraza birikadi. Operator – transkriptsiyaning oqsil-regulyatorlarini bog`lovchi DNK ning bir qismi. Prokariotlardagi bunday transkriptsiyaning oqsil-regulyatorlari repressorlar hisoblanadi. Eukariotlarda esa promotordan keyin aktseptor yoki boshqaruvchi zona deb ataladigan transkripton qismi joylashgan bo`ladi. U bilan transkriptsiyaga ta’sir etuvchi turli xil regulyatorlar o`zaro ta’sirlashadilar. Aktseptor zonada DNK fragmenti bo`lib, unga kuchaytiruvchi yoki “enxanser” deb aytiladi, u RNK-polimeraza ishtirokida transkriptsiya jarayonini yengillashtiradi.
Operator yoki aktseptor zonaga intron va ekzonlardan tashkil topgan struktura sistronlari yoki genlar birikadi. Bitta transkriptonda bitta struktura sistroni (monosistronli transkripton) yoki bir nechta (ko`p sistronli transkripton) bo`lishi mumkin. Transkripton oxirida transkriptsiyaning tugashi to`g`risida xabar beruvchi nukleotidlar tartibi – terminator joylashgan. Transkriptsiya natijasida hosil bo`lgan RNK ga transkript deb aytiladi. Transkript – transkriptonning promotordan terminatorgacha bo`lgan komplementar nusxasi.Transkriptsiya uchun quyidagi sharoitlar bo`lishi kerak:
1) transkriptsiya amalga oshadigan DNK bo`lagi bir zanjirli matritsa hosil bo`lishi uchun ajralgan holda bo`lishi kerak (RNK sintezida DNK ning faqat bitta zanjiri matritsa bo`lib xizmat qiladi);
2) RNK sintezlanishi uchun ATF, GTF, UTF va STF ribonukleozidtrifosfatlar bo`lishi kerak;• DNKning genom ketma-ketligidan biz kodlanadigan hududlarni bashorat qilishni xohlaymiz
oqsil uchun: genlar.
• Genlarni aniqlash bu kodlash hududlarini aniqlash va gen tuzilishini tahlili
genom DNK ketma-ketligidan boshlab.
• Maxsus xususiyatlardan foydalangan holda biz kodlashni mintaqasiz ajratamiz
DNK mintaqasining har bir turiga
• Gen topish oson ish emas!
• DNK ketma-ketlik signallari kam ma'lumotlarga ega (kichik alifbo va qisqa ketma-ketliklar);
• Shovqindan haqiqiy signallarni ajratish qiyin (buzilgan va o'ta aniq emas)
signallar);
• Gen tuzilishi murakkab bo'lishi mumkin (siyrak ekson, alternativ splash,.);
• DNK signallari turli organizmlarda turlicha bo'lishi mumkin;

Download 271.56 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   50




Download 271.56 Kb.