20
joriy etish uchun Telekommunikatsiyalar Standartlari Yevropa Instituti (ETSI)
ishlab chiqadigan standartlardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda
mobil aloqaning
rivojlanishini aniqlaydigan asosiy omil ovozli telefoniya hisoblanadi. GPRS va
EDGE texnologiyalarning paydo bo‘lishi, keyin esa UMTSga o‘tish ovozli
aloqadan tashqari, ko‘plab qo‘shimcha imkoniyatlarga yo‘l ochadi. UMTS bu
ma’lumotlarni yuqori tezlikli uzatish, Mobil Internet, Internet, intranet va
multimedia asosidagi turli ilovalar hisoblanadi. UMTS
uchun asosiy texnologiya
Kod bo‘yicha Ajratishli Keng plosali Ko‘p stansiyali Ulanish (WCDMA)
hisoblanadi. Bu Telekommunikatsiyalar Standartlari Yevropa Instituti (ETSI) 1998
yilning sentyabrida tanlagan revolyusion radioulanish texnologiyasi barcha 3G
multimediali xizmatlarini ta’minlaydi.
WCDMA/UMTS tizimlari takomillashgan GSM asosiy tarmog‘i va
WCDMA
texnologiyasi bo‘yicha radiointerfeysni o‘z ichiga oladi. Mobil abonent uchun
radiokanaldagi uzatish tezligi 2 Mbit/sgacha etadi. WCDMA 2 GGs chastotalar
diapazonida ishlaydigan tizimlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bu
diapazon bu texnologiyaning barcha afzalliklarini to‘liq darajadan ishlatilishiga
imkon beradi. Masalan, 5 MGs kenglikdagi WCDMA bitta tashuvchisi 8 kbit/sdan
2 Mbit/sgacha ma’lumotlarni uzatilishi tezligini talab qiladigan aralash xizmatlarni
taqdim etilishini ta’minlaydi. WCDMA bilan moslashuvchan mobil terminallar esa
ITU tavsiyalariga muvofiq birdaniga bir necha xizmatlar bilan ishlay oladi.
HSAT
(1G),
(2G,
2.5G)
va