18
chastotalar polosasida joriy etilishi mumkin. Uning afzalligi chastotalar spektridan
samarali foydalanish, shuningdek ma’lumotlarni yuqori tezlikli uzatilishi
imkoniyati hisoblanadi. Pastroq chastotalar diapazonini ishlatilishi esa
qamrab
olish zonasini kengaytirishga imkon beradi. 450 MGs diapazonda ishlaydigan
sotalar yuqoriroq chastotalarda ishlaydigan bazaviy stansiyalarning qamrab
olish zonasidan ikki marttaga ortiq bo‘ladi. Shuning uchun CDMA
450 yechimi qishloq joylarida, aholining zichligi uncha katta bo‘lmagan
hududlarda simsiz aloqani quradigan operatorlar uchun foydali bo‘ladi.
Kam aholili va borish qiyin bo‘lgan hududlar uchun CDMA 450 standarti iqtisodiy
foydali va an’anaviy simli telefoniyaga muqobil hisoblanadi. Bu yechim CDMA
2000 texnologiyalarining barcha asosiy afzalliklarini taqdim
etishi tufayli operator
va uning abonentlari uchun foydali bo‘lib, aynan u uchinchi avlod yangi
xizmatlarini keyingi joriy etish, masalan, abonentning joylashish o‘rnini aniqlash
(LBS) imkoniyatini yaratadi. Shuningdek alohida operatorlar tarmoqlarida
ishlayotgan multimediali xizmatlar va Push-to-Talktm («Bos va gapir», ya’ni
telefonni ratsiyadan foydalanishga yaqin rejimda ishlatish) texnologiyalari bo‘lishi
mumkin.
CDMA 450 bu turli tarmoq ehtiyojlari uchun ideal yechim hisoblanadi.
Telekommunikatsiyalar universal xizmatlari konsepsiyasi istalgan aholi punktida
har qanday abonentga berilgan muddatda o‘rnatilgan sifatdagi va baholar
darajasida bo‘lgan aloqa xizmatlarini ko‘rsatilishini ko‘zda tutadi. Bundan tashqari
CDMA 450 standarti asosida davlat organlari manfaatlarida maxsus aloqa
tarmoqlari qurilishi mumkin. CDMA 2000 standartining yuqori tezlikli
ma’lumotlarni uzatish bo‘yicha imkoniyatlari 450 MGs diapazondagi operatorlar
uchun real qiziqishni beradi va keng polosali DSL- ulanishga muqobil bo‘ladi.
19
CDMA 450 aholini ma’lumotlarni olishini (xususan, Internet orqali), ayniqsa
kabelni o‘tkazilishi o‘zini oqlamaydigan olisdagi hududlarda
soddalashtirishga
imkon beradi.
CDMA 450 tizimining ishlatilishi dispetcherlik aloqasi yoki TETRA kabi maxsus
maqsadli tizimlar uchun foydali bo‘lishi mumkin. Yuqori ulanish tezligi bilan
birga Push-to-Talktm funksiyasining qo‘llanilishi bilan CDMA 450 tizimlari
huquqni muhofaza qilish, tez tibbiy yordam, yong‘in-himoya xizmati va maxsus
xizmatlar masalalarini tezkor va sifatli echilishiga imkon beradi.
CDMA 2000 texnologiyalarini, ayniqsa 450 MGs diapazonning ishlatilishi
“elektron hukumat” tizimlarini yaratilishini sezilarli engillashtirishi mumkin. Bu
standart Hukumat, davlat xavfsizligi diqqat markazida turli ilovalarni yaratish va
ishlashi uchun juda yaxshi tanlov hisoblanadi. Chunki texnologiya sanab o‘tilgan
afzalliklardan tashqari, autentifikatsiyalash, kodlash va ma’lumotlarning
yaxlitligini ta’minlash yordamida uzatishda ma’lumotlarni himoyalashning yuqori
darajasini ta’minlaydi.
Bularning barchasi CDMA 450 standartini Hukumat uchun, shuningdek huquqni
muhofaza qilish va xavfsizlikni ta’minlash turli loyihalarida qo‘llanilishi uchun
ideal standart bo‘lishini ta’minlaydi.
Bugungi kunga kelib CDMA 450 standartining 14ta tijorat tarmoqlari O‘zbekiston,
Rossiya, Ruminiya, Belorussiya, Chexiya, Gruziya, Latviya va boshqa davlatlarda
ishlamoqda. Yana bir nechta tarmoqlar ishga tushirishga tayyorlanmoqda. Hozirgi
kunda CDMA 450 standartidan O‘zbekistonda 1.000.000 kishidan ortiq abonentlar
foydalanmoqda. yetakchi mobil terminallar ishlab
chiqaruvchi kompaniyalar
iste’molchilarga 15 tadan ortiq telefonlar modellarini taklif etmoqda.