|
II. BOB. YEVROPADA O‘RTA OSIYOGA OID XARITOGRAFIK MA’LUMOTLAR TARIXIDAN
II.1. XVI-XVIII ASRLARDA G‘ARBIY YEVROPADA O‘RTA OSIYO HAQIDAGI TARIXIY-XARITOGRAFIK MA’LUMOTLAR
|
bet | 7/10 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 60,71 Kb. | | #249701 |
Bog'liq Kurs ishi mavzu Yevropa tadqiqotchilari tomonidan o’lkamizning o\'rganilishiII. BOB. YEVROPADA O‘RTA OSIYOGA OID XARITOGRAFIK MA’LUMOTLAR TARIXIDAN
II.1. XVI-XVIII ASRLARDA G‘ARBIY YEVROPADA O‘RTA OSIYO HAQIDAGI TARIXIY-XARITOGRAFIK MA’LUMOTLAR
Rivojlangan O‘rta asrlarga kelib G‘arbiy Yevropada kartografiya fani taraqqiy eta boshladi. Bu davrda ko‘plab yangi xaritalar tuzilgan bo‘lsa-da, ulardan kam qismigina bizgacha yetib kelgan. Ular orasida O‘rta Osiyo hududi aks ettirilgan xaritalar ham mavjud.
XVI asrda ingliz savdogari Antoniy Jenkinson tomonidan tuzilgan xarita ancha qimmatlidir. U 1562 yilda Londonda chop etilgan bo‘lib, «Jenkinsonning 1562 yilgi Rossiya xaritasi» deb nomlangan. Jenkinson O‘rta Osiyoga 1558—1599 yillarda kelgan bo‘lib, uning sayohat yo‘li Mang‘ishloq yarim orolidan boshlangan, so‘ngra Xivaga, u yerdan esa Buxoroga kelgan. Aslida Jenkinson Moskva davlati bilan savdo qiluvchi Angliya kompaniyasining vakili edi. U 1557 yilda Xitoyga boradigan qadimgi savdo yo‘lini qidirib aniqlash maqsadida Sharqqa yuboriladi. Chunki Xitoyga boradigan dengiz yo‘lini portugallar egallab olganligidan inglizlar boshqa yo‘l qidirishga kirishgan edilar.
Jenkinson o‘zi o‘tgan yo‘llar haqida yozma hisobot qoldirgan va bir qancha joylarning geografik kengliklarini aniqlagan. Mang‘ishloqning geografik kengligi 45°, Urganchniki — 9 10', Buxoroniki - 39°10'.
Nemis olimi G. Michau Jenkinsonning kenglik o‘lchovlarini yuqori baholagan holda Orol xavzasi haqidagi hisoboti va xaritasi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deb yozgan13.
Jenkinson xaritasidagi izohli yozuvlar e’tiborga loyiq. Samarqand shahri haqida quyidagi ma’lumot keltirilgan; «Samarqand Tatariyaning doimiy poytaxti bo‘lib kelgan, hozirda u haroba, Qadimgi izlar bilan qorishgan bir holda. U yerda Temur dafn etilgan bo‘lib, u o‘z davrida turk imperatori Boyazidni asirga olgan edi». Ushbu matndan bilishimiz mumkinki, Jenkinson Tatariya deb O‘rta Osiyoni tushungan.
Jenkinsonning yozma matni uning kartasiga mos kelavermaydi. Kartada Kaspiy dengizining shimoli-sharqida berilgan Kitaia(Xitoy) ko‘li Sirdaryodan suv oladi va Ob daryosiga suv beradi. Bu ko‘l har holda Orol dengizi bo‘lsa kerak. Ammo Jenkinson ushbu nomni qayerdan olganligi bizga hozircha noma’lum. Bu nom 1546 yilda bosilgan Gerbenshteynning «Moscovia» xaritasi bilan bog‘liq, bo‘lsa kerak.19
Chunki o’sha xaritada Ural ortida Kythay lacus (Xitoy ko‘li) berilgan bo‘lib, uning qirg‘oqlarida Xitoy poytaxti joylashgan bo‘lgan. Ob daryosining boshlanishi bo‘lgan ushbu ko’lning nomi Rossiyada tuzilgan keyingi bir qancha xaritalarda ham bor. Bu Zaysan ko‘li bo‘lsa ajab emas. Nima bo‘lganda ham Jenkinson o‘sha davr adabiyotlarida uchragan Kythay (Xitoy) ko‘li haqida bilgan. Xivadan shimolda ko‘l borligini va unga Amu va Sirdaryo quyilishini yaxshi bilgan holda ushbu ko‘l Kitaia (Xitoy) ko‘li bo‘lsa kerak, deb o’ylagan. Fra Mauro xaritasi bilan tanish ekanligi ham Jenkinsonni shunday taxmin qilishiga asos bo‘lgandir. Jenkinsonning Orol dengizining eski nomi Moviy dengizi (Sineye more) bilan Sina (Xitoy) nomini adashtirgan degan fikrlarga qarshi shuni aytish o‘rinliki, Jenkinson va uning zamondoshlari Sina va Cathay so‘zlarining sinonim ekanligini bilmaganlar14.
Jenkinson Kaspiy dengizining qo‘ltig‘i chuchuk suvdan iborat deganida Qorabo‘g‘oz ko‘lini tushunmagan. Kartada Kaspiy dengizidan sharqqa tomon Vazir shahrigacha cho‘zilgan uzun qo‘ltiq, Sariqqamish ko‘lidir. V.V. Bartold fikriga ko‘ra, karvon yo‘li Sariqqamish xavzasiga faqat sharqiy tomondan kelgan u davrda Orol bilan Sariqqamish ko‘li birlashgan bo‘lmagan.
1558 yilda Jenkinson sayohati davrida Amudaryo Sariqqamish ko‘liga quyilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Sariqqamish o‘zani (Ko‘hnadaryo) suvi kamaygan bo‘lib, Oks (kartada Ougus) haqida gapirganda ushbu o‘zan tilga olinadi. Jenkinson davrida Sariqqamishning suvi chuchuk bo‘lib, Ko‘hna Urganchdan 100 mil uzoqlikdagi Ardoq Amuning Orol o‘zani — Toldiq shaxobchasi bo‘lsa kerak.
Ardoq o‘zani quyilgan va kartada nomlanmagan ko‘l Orol dengizi bo‘lsa kerak. Shunday qilib, Jenkinson xaritasida Orol dengizi ikki bor ko‘rsatilgan: birida sayyohning o‘zi ko‘rgan Ougus (Oks) va Ardock (Ardoq) daryosi quyiluvchi ikkinchisida esa Sur (Sur ya’ni Sirdaryo) va Amow (Amu — Amudaryo) quyiluvchi Kitaia (Xitoy) ko‘li.
XVI asrning eng yaxshi hisoblangan Jenkinson xaritasi, «bir necha bor nashr etilgan va keng tarqalgan». Shuni ta’kidlash kerakki, Jenkinson xaritasi Angliya uchun O‘rta Osiyo haqida hududiy tasavvurlarga ega bo‘lishiga imkon berdi.
XVI asrda G‘arbiy Yevropada tarixiy geografiya fani shakllanadi. Ushbu fan doirasida huddi shu davrning o‘zida tarixiy kartografiya fani paydo bo‘ldi. U ilmiy fan bo‘lib, tarixiy xarita va atlas tuzish, ularni yaratish uslubiyatini ishlab chiqishdan iborat edi.
Buyuk Geografik kashfiyotlar va mustamlakalar uchun boshlangan harakatlar hamda Yevropada Uyg’onish davri kartografiya fani taraqqqiyoti uchun yangi sahifa ochdi.
Yevropada XVI asrdagi Flamand kartografiya maktabining yirik vakili Abraham Orteliyoning (1527—1598 yillar) xaritalar tuzish sohasidagi faoliyati diqqatga sazovordir. U XVI asrning ikkinchi yarmidan boshlab jahon savdo markazlaridan biriga aylangan Antverpen shahrida ijod qildi. Shu kezlarda Flamand kartografiya maktabi ham ancha rivojlandi. Antverpen olimlar shahri emas edi. U yerda kartografiya savdo sayohatlarini amalga oshirish talabi asosida yuzaga keldi.
1570 yil 20 mayida Orteliy o‘zining 70 xaritadan iborat dunyo atlasini chop qildiradi. Orteliy ushbu atlasdagi xaritalarning muallifi emas, balki u xaritalarni jamlab atlas holiga keltirgan hamda ularni taxrir qilgan. Nemis olimi Ferdinand fon Rixtgofen Orteliyning ishonchli va aniq, xaritalarni tanlaganini yuqori baholagan15.
Uning xaritalari moxirona rassomlik bilan ishlangan bo‘lib, xaritalarda izohlar ham berilgan. Xaritalarning asosiy qismi Yevropa mamlakatlari haqida bo‘lsa-da, ularda Rossiya, jumladan O‘rta Osiyo hududi aks etttirilgan xarita ham bor. A. Orteliy bu xaritani 1562 yilgi Jenkinson xaritasidan foydalangan holda tuzgan.
A. Orteliy tuzgan atlasning 27-xaritasi «Alexandri Magni Macedonis expedito» («Buyuk Aleksandr Makedonskiyning Yurishlari») deb nomlanib, unda Aleksandr Makedonskiyning yurishlari emas, uning istilolari bo‘lgan mamlakatlar aks ettirilgan. Unda O‘rta Osiyo hududi ham aks ettirilgan bo‘lib, hozirgi Samarqandning eski nomi deb atalgan Marakanda, Oks va Yaksart daryolarining Kaspiyga quyilishi berilgan. Orol dengizi umuman ko‘rsatilmagan. Xarita rasmlar va Aleksandr Makedonskiy davri tangalari bilan bezatilgan.
O‘tgan asrning 40-yillarida O‘zFA kartografik byurosida saqlanayotgan O‘rta Osiyo hududlari aks ettirilgan eski 12 ta xaritani topib o‘rgangan N. Korjenevskiy ulardan biri A. Orteliyga tegishli bo‘lib, u 1570 yilda tuzilganligini aniqlagan.
A. Orteliy xaritaning muallifi kim ekanligini aytmagan. Ammo uni tuzishda 1507 yilda Valdzemyuller tomonidan tuzilgan yer shari xaritasi asos bo‘lgan bo‘lsa kerak. Aytish mumkinki , ushbu xarita Sibir va O‘rta Osiyo yerlarini aks ettirgan ilk bosma xarita bo‘lib hisoblanadi. Xaritaning hajmi 35x47 m bo‘lib, O‘rta Osiyo hududida Orol dengizi ko‘rsatilmagan. Faqatgina Kaspiy dengizi (Mage Caspium, et Hyrcanum) dumaloqroq, kengroq, shaklda berilgan. Sharq tomondan o‘ngga Sirdaryo (kartada — Chesel — Qizil) va janubdan Amudaryo (Abiamu) quyilgan. Amudaryoning o‘ng tomonidan o‘ngga quyiluvchi va xaritada nomlanmagan irmog‘i bo’yida Samarqand shahri bo‘lib, unda shunday yozuvlar bor: «Samarkand Magni Tamber quonda ledes» («Samarqand buyuk Temurning taxti joylashgan shahar»). Har holda XVI asrning ikkinchi yarmida ham Temur shaxsi Yevropaliklarning diqqat markazida turganligini ushbu ma’lumotdan ham bilish mumkin.
Qiziqarli joyi shundaki, xaritada Amudaryoning quyi oqimida o‘nga quyiluvchi Murg‘ob daryosi (Amorgab flu) va undan janubroqda Amudaryoning chap tomonida esa Buxoro shahri ko‘rsatilgan. Yana Amudaryoning chap sohilida daryo irmoqlari yordamida katta ko‘l tasvirlanib, u Bad acaber Lacus (Bad akaber ko‘li) deb nomlangan. Uning nima ekanligi bizga noma’lum. Ana shu ko‘l qirog‘og‘ida Mari qal’asi tasvirlangan. Toshkent noma’lum Sur flu daryosi (balki Sirdaryodir?) irmog‘ida joylashtirilgan bo‘lib, o‘z navbatida Obu (Ob) daryosining yuqori oqimini tashkil qilgan. U Kithay lacus (Xitoy ko‘li)ga borib quyiladi, undan Ob daryosi boshlangan. Xaritadagi Sirdaryo (Sur flu)ning o‘rta oqimi bo‘lsa kerak. Uning Ob daryosining yuqori oqimi sifatida ko‘rsatish ham uning manbasi boshlanuvchi hududni bilmaslikdandir, Kithay ko‘li esa Jenkinson va boshqa O‘rta asr kartograflarining o’ylab chiqargan uydirmasidir.
Gondiusning 1606 yilda tuzgan «Tatariya» xaritasining hajmi 33,5x60 sm bo‘lib, uning orqa tomonida lotin tilida «Tartaria sive Magni Chami imperium» ya’ni «Tatariya yoki buyuk xon imperiyasi» degan so‘zlar yozilgan. Xaritada Toshkent, Samarqand, Termiz shaharlari berilgan.
Ushbu xarita Gondiusning 1633 yilgi kartasidagi ma’lumotlarga qaraganda ancha sayoz hisoblanadi.
Sirdaryo (kartada Chesel) va Amudaryo (Albiamu) Kaspiy dengiziga quyilgan. Shuningdek, noma’lum (Siminan Saluna Lacus) ko‘l ham aks ettirilgan. Sirdaryo va Amudaryoning boshlanishidan shimoli-sharqda tomon Xitoy ko‘li (Kithay Lacus) tasvirlangan bo‘lib, u Sirdaryodan suv olib, Ob daryosi undan boshlangan. Sirdaryo bo’yida Toshkent (Taskent) shahri joylashgan bo‘lsa-da, G’arbga tomon Amudaryo (Amu lacus) havzasida «Tascan» nomi bilan yana aks ettirilgan16.
1664-1665 yillarda Moskvaga gollandiyalik Nikola Vitsen (1641-1717 yillar) tashrif buyuradi. U keyinroq Amsterdam burgomistri bo‘lgan. Nikola Vitsen ma’lumotiga qaraganda, Tatariyaning katta xaritasini tuzish g‘oyasi unga 1665 yilda kelgan. 1706 yil 19 yanvarda G.V. Leybnitsga yo‘llagan maktubida Moskvada ekanligida xarita yaratish rejasini ishlab chiqqanligini yozgan. Ammo uning ishi dastlab sekin ketadi. 1666—1667 yillarni Fransiyada o‘tkazib, so‘ngra Gollandiyaga qaytganda ham ushbu xaritani yaratish bo’yicha yetarli manbaga ega emasligiga amin bo‘ladi.
1682 yilda Amsterdam shahrining burgomistri bo‘lgach, Osiyo mamlakatlari haqida ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘la boshladi. N. Vitsen Gollandiyaga kelgan har bir xorijlik bilan suhbatlashishga harakat qilgan. Shuningdek, XVII asrning 70-yillarida Moskvada yashovchi gollandlar bilan o‘rnatgan mustahkam aloqasi natijasida Tatariyaning ilk xaritasini yaratishga kirishadi.
Xaritada Orol dengizi (More Sieneie) juda kichik shaklda, janubiy qirg‘og‘i 41° shimoliy kenglik, 95° sharqiy uzunlikda tasvirlangan bo‘lib, sharqdan o‘nga nomsiz bir daryo quyilgan. Sirdaryo esa yuqorida tasvirlangan bo‘lib, uning janubida yana bir kichik daryo hosil bo‘lib, uning bo’yida Taskun (Toshkent) va Nesaph (Nasaf) shaharlari ko‘rsatilgan. Oroldan shimoli-g‘arbga tomon ikki daryo: sharqda tomon nomsiz daryo va uning bo’yida Samarqand, ikkinchisi esa Arsan daryosi (Arsan flu).21
Amudaryo (Oxus) Kaspiy dengizi (Mage Caspium sive Cwalinskoi More)ra quyilgan. Amudaryo bo’yida Buxoro (Bochara) shahri ko‘rsatilgan. Shuningdek, Oroldan shimoli-sharqqa tomon undan ikki baravar kichik Oq-Basir (Ak-Basir) ko‘li tasvirlangan. Ushbu ko‘l bilan Orol oralig’idagi yerlar Buxoro mamlakati (Bugaria) deb nomlangan17.
O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tarixi uchun 1728 yilda golland kartografi Abraham Maas tomonidan Sankt-Peterburgda tuzilgan qo‘lyozmama xarita ancha qimmatli hisoblanadi. Xarita «Kaspiy dengizi va atrofidagi manzillar, shuningdek, o‘zbeklar mamlakatining ...yangi kartasi» deb nomlangan. Kartani yaratishda A Maas 1723 yilgi rus elchiligining sharqiy mamlalarga sayohati davomida tuzilgan katta shakldagi rus xaritasidan foydalanganligini yozgan.
A. Maas xaritasida yozilishicha, u 1723 yilda Rossiyada tuzilgan katta shakldagi rus xaritasidan nusxa olgan. Hozirda Moskva arxivlaridan birida A. Maas xaritasida foydalangan ruscha xaritaning asl nusxasi saqlanadi.
A Maas xaritasida hozirgi Qizilqum, Orol, Xiva va Buxoro viloyatlari tarkibiga kiritilgan (kartada Aralskaia Regnum, Regnum Chiwense, Bocharia Regnum); cho‘lning ichki qismlaridan so‘qmoq yo‘llar o‘tkazilgan. Sirdaryodan (biri Forobdan, ikkinchisi Sirdaryoning quyi oqimidan) boshlaruvchi so‘qmoq yo‘l Yangikan manzilgohidan o‘tib, Buxoroga qadar borgan. Sirdaryodan yana bir yo‘l Urganch va Xivaga, yana biri esa Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘i bo‘ylab Buxorodan Urganch va Xivaga tomon borgan. Qizilqum orqali o‘tgan ushbu karvon yo‘llari A. Maas xaritasi tuzilmasdan ilgari ham ruslarga ma’lum bo‘lgan aloqalarda keng foydalanilgan.
Shuni ta’kidlash o‘rinliki, A.Maas xaritasidagi Kaspiy dengizi konturi Bekovich-Cherkasskiy tuzgan xaritadagidan farq qilsada, Orol dengiziniki esa ancha mos tushadi.
1723 yilgi rus xaritasi kim tomonidan tuzilganligi aniq, bo‘lmagan bo‘lsada, shu narsa aniqki, uni tuzganlar shubhasiz, Cherkasskiyning O‘rta Osiyo hakqidagi kartasidagi Orol dengizi tasviridan foydalangan. Demak, o‘z-o‘zidan ma’lum bo‘ladiki, A. Maas kartasidagi ma’lumotlar (ayniqsa, Kaspiy dengizini tasvirlashdagi yuksak aniqlik) Bekovich-Cherkasskiy kartasidan olingan. Shunga qaramasdan A. Maas kartasi, ehtimol o‘zbek xalqi joylashgan hududlar aks ettirilgan mustaqil dastlabki bosma kartografik tasvirlardan biri hisoblfnadi.
Abraham Maas qo‘lyozmama kartasi asosida 1735 yilda «Kaspiy dengizi va o‘zbeklar mamlakati» deb nomlangan karta ham yaratgan. Ushbu karta 1735 yilda Nyurnberg shahridgi mashhur «Homannische Erben» («Goman merosi») nashriyoti tomonidan chop etilgan18.
Xaritada g‘arbda Kaspiy dengizidan sharqda to Farg‘ona va Badaxshongacha, shimolda O‘trordan janubda Balxgacha bo‘lgan hududlar qizil rangda bo‘yalgan holda berilgan bo‘lib, «USBEK» (ya’ni «O‘ZBEK») deb nomlangan19 .
Tarixiy-siyosiy va tarixiy-etnografik jihatdan A. Maas kartasi XVI—XVIII asr birinchi yarmida o‘zbeklar yashaydigan hududlar haqida ma’lumot beruvchi sxematik bayondan iborat bo‘lsa, ikkinchi tomondan Shayboniylar (XVI asr) va Ashtarxoniylar (XVII—XVIII asrning birinchi yarmi) davrida o‘zbek xonlari siyosiy xokimiyatiga bo‘ysungan O‘rta Osiyo hududi haqida ma’lumot beradi.
Xaritaning ahamiyatli tomoni shundaki, unda O‘zbeklar yashaydigan hududlar ma’muriy chegaralari ajratib ko‘rsatilgan 11 ta viloyat (Regnum)ra bo‘lingan:
1. Turkiston. 7. Orol.
2. Badaxshon. 8. Samarqand.
3. Balx. 9. Buxoro.
4. Farg‘ona . 10. Xiva.
5. Askent. 11. Turkman cho‘li.
6. Ostrar.
Xaritada yirik shaharlar Balx, Badaxshon, Samarqand, Buxoro, Xiva, Urganch, Forob, Orol, Askent (Toshkent), Farg‘onaga eltuvchi savdo yo‘llari bilan aniq, ko‘rsatilgan. Shuni ta’kidlash o‘rinliki, kartada ko‘rsatilgan karvon yo‘llari «A. Maas kartasi tuzilmasdan avval ham ruslarga ma’lum bo‘lgan. Shuning uchun ham bu yo‘llardan Rossiya bilan O‘rta Osiyo davlatlari o‘rtasidagi aloqalarda (Gladishev va Muravin, Bekchurin, Burnashev, Beznosikov hamda boshqalarning ekspeditsiyalari davomida)» keng foydalanilgan.
Marv Amudaryo o‘rtasidagi kichikroq orolda tasvirlangan. Xiva va Buxoro esa mulklar (propria) deb ko‘rsatilgan. Demak, bu ikki xonlikning mustaqil davlat ekanligi G‘arbiy Yevropada XVIII asrning birinchi yarmida ma’lum bo‘lgan.
Orol dengizi dumaloq, shaklda berilgan bo‘lib, u ko‘l deb ta’rif etilgan (Lacus Aralskaya) va unga quyiluvchi ikki daryo - Amu va Sir daryolari ko‘rsatilgan. Amudaryo Buxoro mulklaridan o‘tgach , yana bir irmoq hosil qilib, Kaspiyga tomon yunalgan ammo u dengizga yetmasdan to‘xtagan (ya’ni xaritada bo‘yalmasdan ko‘rsatilgan).
Orol va Kaspiy dengizlari oralig‘ida joylashgan shimo hududda «Turkman axolisi» (kartada «Turcomani populi») istiqomat qilishi ko‘rsatilgan. Ushbu hudud ma’muriy jihatdan chegaralari bilan ko‘rsatilgan bo‘lishiga qaramasdan, unda hech qanday aholi maskanlari va ko‘chmanchilar yurti qayd etilmagan. Bu hudud XX boshlariga qadar Xiva xonlari ixtiyorida bo‘lgan.
Shu davrdan boshlab G‘arbiy yevropalik kartograflar gradus turidan foydalana boshladilar24. Bu esa ko‘plab obyektlar xaqida notug`ri kartografik tasavvurlarga chek qo`ydi;
— ko’rib chiqilgan davrda G‘arbiy Yevropada O‘rta Osiyoga bo‘lgan qiziqishning ortishi G‘arbiy Yevropaning mustamla-kachy doiralarining ushbu hududda o‘zining uzok, kelajakdagi manfaatlarini ko‘rayotganligini bildiradi. Chunki G‘arbiy Yevropaning bir necha mamlakatlari bu paytda uzlarining mus-tamlakachilik istilolarini faol davom ettirmoqda, O‘rta Osiyo xududi esa o‘zining boy zamini bilan ularning diqqatini jalb qilib kelardi. Buni yana shundan bilish mumkinki, bu davrda yaratilgan kartalar mualliflarning ko‘plari Rossiyaga tashrif buyurib, bu yerlar haqida ma’lumotga ega bo‘lsalar-da, uz kartalarida ko‘proq. O‘rta Osiyo hududini tasvirlashgan (A. Maas, N. Vitsen va xokazolar);
— XVIII asrga kelib, G‘arbiy Yevropaning noshirchilik markazlari — Parij, Nyurnberg, Amsterdam, Ausburg va Venetsiyada chop qilingan fransuz, nemis, italyan va golland tillaridagi kartalarda ilk bor «o‘zbek» yoki «o‘zbeklar mamla-kati» degan so’zlar paydo bo‘ldi. Bu esa G‘arbiy Yevropada o‘zbek davlatchiligi haqida batafsil ma’lumotlar paydo bo‘lganligini bildiradi20.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
II. BOB. YEVROPADA O‘RTA OSIYOGA OID XARITOGRAFIK MA’LUMOTLAR TARIXIDAN
II.1. XVI-XVIII ASRLARDA G‘ARBIY YEVROPADA O‘RTA OSIYO HAQIDAGI TARIXIY-XARITOGRAFIK MA’LUMOTLAR
|