|
Mavzuning o’rganilganlik darajasi
|
bet | 2/10 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 60,71 Kb. | | #249701 |
Bog'liq Kurs ishi mavzu Yevropa tadqiqotchilari tomonidan o’lkamizning o\'rganilishiMavzuning o’rganilganlik darajasi: Buyuk geografik kashfiyotlar va Yevropada kitob bosishning o‘zlashtirilishi kartografik manbalarga bo‘lgan qiziqishni orttirgan. Yevropada o‘lkamiz haqidagi tarixiy-kartografik ma’lumotlar dastlab faqat yozma shakldagi matnlar va uzuq-yuluq tasavvurlardan iborat bo‘lgan bo‘lsa, keyinroq XVI asrga kelib tarixiy kartografiya fani shakllangach, kartalardagi yangi ma’lumotlar bilan ancha boyidi. Bunda G‘arb va Sharq mamlakatlari o‘rtasida savdo-sotiq aloqalarining kuchayishi, dengizlarda kema qatnovining ortishi katta turtki bo‘ldi.
Yevropa, jumladan, Rossiyaning hukmron doiralari o‘z manfaatlarini O‘rta Osiyoning boy iqtisodiy hududi orqali kengaytirishga intilishi ham bu yerlar haqida tarixiy-kartografik ma’lumotlarga tayanib ish tutishni taqozo etgan. Shu jihatdan yevropalik va rus diplomatik elchiliklari va missiyalarining to‘plagan ma’lumotlari asosida O‘rta Osiyo haqida tarixiy-kartografik ma’lumotlar to‘plana borgan. Ularni ilk bor tarixiy jarayonlar bilan bog‘liq holda manbaviy ahamiyati jihatidan o‘rganish maqsadida mazkur monografiyada yevropaliklarning O‘rta Osiyo tarixiga oid kartalari umumlashtirilib tahlil qilindi.
XIX asrga qadar O‘rta Osiyo hududlarining tarixiy-kartografik jihatdan o‘rganilganlik darajasi ancha past bo‘lgan va bu sohadagi tadqiqotlar O‘rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinganidan so‘ng izchil tus olgan. Chunki o‘lkani kartaga olish imperiyaning ushbu hududdagi siyosiy va iqtisodiy manfaatlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, tuzilgan kartalar harbiy-siyosiy va ilmiy maqsadlar uchun tayyorlangan.
Tarixiy kartalar o‘ziga xos manba hisoblanib, O‘rta Osiyo tarixini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega ekanligi hamda mustaqil O‘zbekistonning dunyo mamlakatlari bilan iqtisodiy, madaniy, ilmiy sohalardagi hamkorligi kengayganligi, qolaversa, mustaqillik g‘oyalarini targ‘ib qilish, aholining o‘sib borayotgan moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, uning hududida kartografiyaga oid faoliyatni keng ko‘lamda ilmiy asosda tashkil etishga katta ahamiyat berilayotgan bir sharoitda4 turli monografiyalar, ilmiy to‘plamlardagi yevropaliklarning O‘rta Osiyo haqidagi tarixiy-kartografik ma’lumotlarini, tadqiqotlarini tahlil qilib umumlashtirish va alohida mavzu doirasida o‘rganish mazkur Bitiruv malakaviy ishida bosh vazifa etib qo‘yildi.
|
| |