• Tadqiqot ob`yekti.
  • Tadqiqotning tuzilishi va hajmi.
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi




    Download 60,71 Kb.
    bet4/10
    Sana22.05.2024
    Hajmi60,71 Kb.
    #249701
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Kurs ishi mavzu Yevropa tadqiqotchilari tomonidan o’lkamizning o\'rganilishi

    Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Kurs ishida Yevropada O‘rta Osiyo haqidagi tarixiy-kartografik ma’lumotlarning XVI-XIX asrlardagi tarixi O‘rta Osiyoga oid tarixiy-kartografik manbalar, tarixiy kartalar va turli adabiyotlar asosida ilk bor taxlil qilindi. .Ularning O‘rta Osiyo tarixini o‘rganishdagi ahamiyati ilk bor, umumlashtirildi. Bunda hozirgacha ilmiy jamoatchilikka ma’lum bo‘lmagan xorijiy manbalar ham ilk bor ilmiy muomalaga kiritildi. Yevropada O‘rta Osiyoning kartografik tarixiga oid ma’lumotlarni qamrab olgan barcha tadqiqot ishlari va ularning natijalari tarixiy davriylik jihatdan jamlangan holda, xolisona yondashuv asosida o‘rganildi. Ularning o‘rganilish natijalariga konseptual nuqtai nazardan yondashilgan holda yangicha xulosalar berishga harakat qilindi.
    Kurs ishida O‘rta Osiyoning tarixiy-kartografik ma’lumotlarning shakllanishi va taraqqiyoti eng so‘nggi tarixiy tadqiqotlar asosida yangicha ko‘rib chiqilgan va turli xil qarashlar, fikrlarni qiyoslab muammoga bir qator oydinliklar kiritilgan. G‘arbiy Yevropa va Rossiyada O‘rta Osiyoning tarixiy kartalarini yaratish borasidagi tadqiqot ishlarining keng ko‘lamda olib borilganligining asosiy sabab va maqsadlari mavjud adabiyotlar, kartografik materiallar (tarixiy karta va planlar) va arxiv hujjatlari asosida ilmiy jihatdan asoslab berildi. Shu tariqa, XVI—XIX asrlarda Yev-ropada O‘rta Osiyo haqidagi tarixiy-kartografik ma’lumotlarning shakllanish va rivojlanish taraqqiyotining yaxlit talqini ochib berilgan.
    Tadqiqot ob`yekti. Arab manbalarida o’lkashunoslikni o`rganish tadqiqotning ob`yektini tashkil etadi.
    Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Kurs ishidan kasb hunar kollejlari va akademik liseylarda “O’zbekiston tarixi” fanidan hamda oliy o’quv yurtlari “Tarix” fakultetlari bakalavrlari uchun “O’zbekiston tarixi”, “O`rta Osiyoning qadimgi va o’rta asr shaharlari tarixi” va “O’lkashunoslik” fanlaridan ma’ruza matnlari tayyorlashda, amaliy mashg’ulotlar olib borishda foydalanish mumkin.
    Tadqiqotning tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan manba va adabiyotlar ro`yxati hamda ilovalardan iborat.



    Download 60,71 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 60,71 Kb.