|
Kurs ishning maqsad va vazifalari
|
bet | 3/10 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 60,71 Kb. | | #249701 |
Bog'liq Kurs ishi mavzu Yevropa tadqiqotchilari tomonidan o’lkamizning o\'rganilishiKurs ishning maqsad va vazifalari: XVI-XIX asrlarda G‘arbiy Yevropa va Rossiyada O‘rta Osiyo haqidagi tarixiy-kartografik ma’lumotlar taraqqiyotini mavjud yozma manbalar va tarixiy kartalar yordamida ilmiy tadqiq etishdan iborat. Ana shu maqsad asosida :
G‘arbiy Yevropada XVI asrlarga qadar O‘rta Osiyo haqida to‘plangan tarixiy-kartografik manbalarni umumlashtirish va tarixiy jarayonlar bilan bog‘liq holda tahlil etish hamda ularni O‘rta Osiyo tarixini o‘rganishdagi manbaviy ahamiyatini ochib berish;
XVI—XVIII asrlarda G‘arbiy Yevropada yaratilgan tarixiy kartalarda O‘rta Osiyo haqidagi ma’lumotlar O‘rta Osiyo va o‘zbek xalqi davlatchiligi tarixini yangi ma’lumotlar bilan yoritishda muhim manba bo‘lib xizmat qilishini ko‘rsatish;
XIX asrda G‘arbiy Yevropa olimlarining O‘rta Osiyo tarixiy kartalarini yaratish borasidagi faoliyatlarini va ulardagi mavjud ma’lumotlarning ilmiy ahamiyatini aniqlash;
XVII—XVIII asrlarda Rossiyada O‘rta Osiyoga bo‘lgan qiziqishning sabablari va rus ma’lumotlarning paydo bo‘lishi hamda taraqqiyotini qamrab olgan holda tadqiq etish;
XIX asrda Rossiyaning O‘rta Osiyoda o‘z manfaatlarini ko‘zlab, olib borgan harbiy va siyosiy harakatlarining o‘sha davr tarixiy kartalarida aks etganligini ochib berish, ulardagi mavjud ma’lumotlarni avvalgilari bilan o‘zaro qiyoslash;
G‘arbiy Yevropada O‘rta Osiyo haqidagi tarixiy-kartografik ma’lumotlarni o‘rgangan holda mavzu doirasida xulosalar berishdan iboratdir.
Tadqiqotning nazariy-uslubiy asosi: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning O’zbekiston tarixini rivojlantirishga doir bildirgan ko’rsatmalari asosiy nazariy-uslubiy asos bo’lib xizmat qildi. Shuningdek, ishni bayon qilishda tarix fanining ketma-ketlilik, xolislik, haqqoniylik, uzviylik kabi tamoyillari muhim nazariy-metodologik asos bo’lib hisoblanadi. Bundan tashqari ishni yozishda, tarixiy voqea va hodisalarga baho berishda milliy istiqlol g’oyasiga tayangan holda yondashildi.
|
| |