• XULOSA
  • II.2. XIX ASRDA G‘ARBIY YEVROPADA TUZILGAN XARITALARDA O‘RTA OSIYO




    Download 60,71 Kb.
    bet8/10
    Sana22.05.2024
    Hajmi60,71 Kb.
    #249701
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Kurs ishi mavzu Yevropa tadqiqotchilari tomonidan o’lkamizning o\'rganilishi

    II.2. XIX ASRDA G‘ARBIY YEVROPADA TUZILGAN XARITALARDA O‘RTA OSIYO


    1664-1665 yillarda Moskvaga gollandiyalik Nikolay Vitsen (1641-1717 yillar) tashrif buyuradi. U keyinroq Amsterdam burgomistri bo'lgan. Nikolay Vitsen XVII asrning 70-yillarida Moskvada yashovchi gollandlar bilan o'rnatgan mustahkam aloqasi natijasida Tatariyaning ilk xaritasini yaratishga kirishadi. Xaritada Orol dengizi (More Sieneie) juda kichik shaklda tasvirlangan bo'lib, sharqdan unga nomsiz bir daryo quyilgan. Sirdaryo esa yuqorida tasvirlangan bo'lib, uning janubida yana bir kichik daryo hosil bo'lib, uning bo'yida Taskun (Toshkent) va Nesaph (Nasaf) shaharlari ko'rsatilgan. Oroldan shimoli-g'arbga tomon ikki daryo: sharqqa tomon nomsiz daryo va uning bo'yida Samarqand, ikkinchisi esa Arsan daryosi (Arsan flu). 1685 yilda Dansigda tug'ilgan va sharq tillarini yaxshi bilgan doktor Daniel Gotlib Messershmidt Pyotr I tomonidan 1716 yilda ruslar xizmatiga taklif etilgan. Maxsus shartnomaga ko'ra D.G.Messershmidt Sibirga 7 yillik ekspeditsiyaga jo'natiladi. Unga ushbu hududlarni o'rganish vazifasi yuklatiladi.
    1720-1727 yillarda Sibir va Uralda tadqiqotlar olib borgan bu olim shartnomada ko'rsatilgan barcha vazifalarni hatto nozik jihatlarigacha aniq bajaradi. Unga bir muncha vaqt asirlikda yurgan shved zobiti Tabbert (ruslar asirligidan Shvesiyaga qaytgach, Stralenberg nomi bilan mashhur) yordam bergan. D.G.Messershmidt O'rta Osiyoda bo'lmagan bo'lsa-da, uning kundaligidan Buxoro va Turkiston shaharlarining kartografik planlari topilgan. Planlarning birida Buxoro shahri to'g'ri uchburchak shaklida aks ettirilgan. Unda bozor, madrasa va ark asosiy o'rin egallagan. Turkiston shahri esa planda aniq proporsiyasi buzilgan shaklda berilgan. Ko'plab ko'chalar, karvonsaroy va suv saqlovchi quduqlar ham aks ettirilgan.
    D.G.Messerslimidt bilan birga sayohat qilgan F.I.Stralenberg 1730 yilda Leypsigda nashr etgan kitobiga Rossiya xaritasini ham ilova qilgan bo'lib, bu xarita ham o'sha yili Stokgolmda nashr etilgan. U F.I. Stralenberg Rossiyadan o'z vataniga qaytgach, 1721 yilda chizib tugatilgan edi. F.I.Stralenberg kartasidagi ko'plab nomlar O'rta asr arab va O'rta Osiyo mualliflarining manbalaridan olingan. Masalan,. birgina Sirdaryo daryosi Tanais, Yaksart, Sayhun va Sir nomlari bilan tasvirlangan. F.I.Stralenberg xaritada Amudaryodan Isfaratog' tog'larigacha bo'lgan hududlarni „Uzbekiya" („O'zbekiston") deb ko'rsatgan21.
    O'rta Osiyo va O'zbekiston tarixi uchun 1728 yilda golland kartografi Abraxam Maas tomonidan Sankt-Peterburgda tuzilgan qo'lyozma xarita ancha qimmatli hisoblanadi. Xarita „Kaspiy dengizi va atrofidagi manzillar, shuningdek, o'zbeklar mamlakatining ...yangi xaritasi" deb nomlangan. Xaritani yaratishda Maas 1723 yilgi rus elchiligining sharqiy mamlakatlarga sayohati davomida tuzilgan katta shakldagi rus xaritasidan foydalanganligini yozgan. Abraxam Maas qo'lyozma xaritasi asosida 1735 yilda „Kaspiy dengizi va o'zbeklar mamlakati" deb nomlangan karta yaratilgan. Ushbu karta 1735 yilda Nyurnberg shahridagi mashxur
    „Homannischi Erbeni" „(Goman merosi") nashriyoti tomonidan chop etilgan.
    O'sha davrda g`arbiy yevropaliklar tomonidan nashr qilingan O'rta Osiyo xaritalari ichida Iogann Mattias Xazning „Rossiya Imperiyasi va umum Tatariya" xaritasi ham ancha ahamiyatlidir. Bu xarita 1739 yilda chop qilingan. Xaritada Darg'on-ota (Amudaryoda)dan Chu daryosi va Jung'oriyagacha bo'lgan hududlar yirik harflar bilan „Usbek" („o'zbek") degan etnotoponim ostida berilgan.
    E. Reklyuning Xiva va Rossiya imperiyasiga tobe Turkiston viloyatlari haqidagi ma’lumotlari ham qiziqarlidir.
    E. Reklyu «Umumiy geografiyasi»ning VI jildiga O‘rta Osiyoning turkman cho‘llari va Xiva xonligi, Orolbuii hudud-lari aks ettirilgan xaritasini ilova qilgan. Xarita rangli ishlangan bo‘lib, aholi punktlari aniq, ko‘rsatilgan.
    VII jildidagi «Xitoy, Yaponiya va Koreya» xaritasida esa O‘rta Osiyoning Buxoro amirligi hududlari, Toshkent va Farg‘ona vodiysi ham ko‘rsatilgan. Bu xarita ham rangli ishlangan22.
    U o’z hisobotida keng qamrovli masalalarni, jumladan Rossiya hukmronligi ostidagi Turkistondagi vaziyat, Rossiyaning O‘rta Osiyo xonliklari bilan o’zaro munosabatlari, Tur¬kistondagi rus xokimiyatining Afg’oniston, Koshg’arga oid siyosiy nuqtai nazarlarini bayon etgan.
    1875 yil 11 fevralda «Golos» gazetasida «Skayler sayohatnomasi va Turkiston budjeti» nomli bosh maqola e’lon qilinadi, U reaksion ruxda yozilgan bo‘lib, rus ma’muriyatining Turkistonga haddan tashqari ishonuvchanligi keskin tanqid qilinadi.
    Chunki YE. Skayler Turkistondagi 1868—1872 yilgi besh yillik mustamlaka ma’muriyatining foyda va harajatlarini taqqoslab, O‘rta Osiyo mulklari Rossiya uchun 19 million rubl zarar keltirganiga amin bo‘ladi. U buning sabablarini ruslarning o‘lkadagi ko‘plab fuqaro ma’muriyati va o‘zini oqlamaydigan ulkan harbiy qugdinlarida deb biladi.
    Keyinroq 1876 yilda ushbu nashr muallif tomonidan to’ldirilib, o‘zi ko‘rgan-bilganlari hamda eshitganlari asosida kengaytirilib «Turkiston: Rus Turkistoni, Buxoroga sayohat qaydlari» nomli ikki jildli kitob xilida ilk bor London (Buyuk Britaniya)da nashr etiladi.
    Shuni ta’kidlash o’rinliki, YE. Skayler AQSH fuqarosi bo‘lsada, o‘z kitobini Yevropada nashr ettiradi.. Chunki Ang¬liya va Rossiyaning O‘rta Osiyo masalasidagi raqobatchilik kurashi so’nmagan bir davrda Angliya xukumati O‘rta Osiyo xaqidagi har qanday ma’lumotga diqqat bilan yondashar va bu borada YE. Skaylerning kitobi qimmatli manba ekanligini anglab, uni nashr etishga rozilik bildirgan. Shu tariqa YE. Skayler kitobi dastlab Londonda kitobxonlar qo’liga tegadi.
    Kitobda turli rasmlar, illyustratsiyalar bilan birga O‘rta Osiyoga tegishli xarita ham berilgan. Unda YE. Skaylerning sayohat qilgan manzillari: Sirdaryo, Turkiston, Chimkent, Toshkent, Samarqand, Zarafshon vodiysi, Xo’jand, Buxoro, Qаrshi, Shahrisabz, Issiqko’l, Yettisuv aks ettirilgan.
    Xaritada Rossiya harbiylari qo‘l ostidagi (ya’ni bosib olingan) O‘rta Osiyo hududi chegaralab berilgan.
    XIX asniing 40-yillarida nemis olimi A.Gumboldt tomonidan „Markaziy Osiyoning tog' tizmalari va vulqonlari" nomli xaritasi yaratildi. Xarita A.Gumboldtning „Markaziy Osiyo" nomli kitobiga ilova qilingan edi. A.Gumboldtning xaritasida O'rta Osiyo hududlarini butunligicha aks ettirilgan.
    XIX asr o'rtalarida ingliz olimi Genri Yul Amudaryoning yuqori oqimini tadqiq etish maqsadida ushbu hududga keladi. Sayohati va tadqiqotlari natijasida o'z kitobi va xaritasini yaratadi. Muallif avvalo XIX asrgacha o'tgan barcha sayohatchi va tadqiqotchilarning Amudaryo, uning yuqori oqimiga qilgan sayohatlari tarixini batafsil yoritib bergan23.
    1877 yilda Berlinda nemis olimi Fridrix Ferdinand fon Rixtgofenning Xitoyga bag'ishlangan to'rt jildli monografiyasi e'lon qilindi, Ushbu kitobning har bir jildi ma'lum bir fan tarmog'iga bag'ishlangan bo'lib, u asosan Xitoy va unga qo'shni davlatlarning tadqiqoti bilan bog'liq holda yaratilgan. Muallif o'z monografiyasiga „Markaziy Osiyo" xaritasini ilova qilgan. Chunki xaritasiz ushbu hududlar haqidagi asardagi, ma'lumotlar quruq gap bo'lib qolar, yevropalik kitobxonlar o'lkaning geografik o'rni haqida sayoz tasavvurga ega bo'lib qolishlari mumkin edi24.
    XIX asrning ikkinchi yarmida mashhur fransuz geografi va sayyohi Elize Reklyuning (1830-1905 yillar) „Umumiy geografiya. Zamin va odamlar" nomli 19 jilddan iborat kitobi nashr etila boshlandi. E.Reklyu „Umumiy geografiya"sining V-X jildlari Osiyo mamlakatlariga bag'ishlagan bo'lib, VI jildida O'rta Osiyo xonliklari haqida batafsil ma'lumot berilgan va turkman cho`llari, Xiva xonligi, Orolbo'yi hududlari aks ettirilgan xaritasini ilova qilgan. Xarita rangli ishlangan bo'lib, aholi punktlari aniq ko'rsatilgan. Vll jildidagi „Xitoy, Yaponiya va Koreya" xaritasida esa O'rta Osiyoning Buxoro amirligi hududlari, Toshkent va Farg'ona vodiysi ham ko'rsatilgan. Bu xarita ham rangli ishlangan bo'lib, amirlik hududlari, Rossiya imperiyasiga bo'ysunuvchi Turkiston viloyatlari ham chegaralab berilganligi diqqatga sazovordir.
    1894-1896 yillarda fransuz olimi M.J. Shaffanton Markaziy Osiyo va Sibirga sayohat qiladi. U boshchilik qilgan ekspeditsiya asosan ilmiy tadqiqotlarni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan edi. Ekspedistiya natijalarini Parijda 1899 yillarda kitob qilib nashr ettirgan. Muallif o'zi bosib o'tgan shaharlarni ham xaritaga tushirgan. Bu ekspeditsiyaning Batumidan boshlanib, Vladivostokgacha davom etgan yo'nalish xaritasidir. Xaritaga O'rta Osiyoning faqatgina Ashxobod, Marv, sayohat Dmitriy Gladishev va Ivan Muravinlarning 1740-1741 yillarda Xiva sayohatidir. Bu sayot hisobotining to'la matin va kartasini 1850 yildagina mashur Sharqshunos Ya. Xanikov nashr ettirgan.
    1752 yilda esa I.Krasilnikovga mavjud manbalar asosida Orenburg guberniyasining yangi bosh va 10 ta maxsus xaritasini tuzish topshirig'i berilgan. l.Krasilnikov tuzgan xaritalarning ikkitasi O'rta Osiyo hududlari haqida ma'lumot beradi.
    1794-1795 yillarda Timofey Burnashev bilan birga Aleksey Beznosikov Buxoroga tashrif buyurishib, o'lka haqida boy ma'lumotlar yig'ishdi. Aleksey Beznosikov esa O'rta Osiyoga doir to'rtta xarita tuzgan.
    1812 yilga kelib, Xaritalar Deposi — Harbiy-topografik Depo deb qayta nomlandi va uning faoliyat doirasi ancha kengaytirildi. Depo Harbiy vazirlikka bo'ysunar edi.
    N.Muravyov avvalo Kaspiy dengizini ko'zdan kechirib, uning janubi-sharqiy qirg'oqlani tasvirga tushirdi va Xivaga sayohat qildi. 1822 yilda o`z sayohati natijalarini nashr ettirib, unda O'rta Osiyo tabiati haqida bir qator qimmatli ma'lumotlar beradi. 1821 yilda N.Muravyov yana O'rta Osiyoga tashrif buyuradi hamda Krasnovodsk va Balxan qo'ltiqlarida tadqiqotlarolib boradi. Ushbu hududlaning mukammal xaritasi yaratildi.
    1820-1821 yillarda Buxoroga A.Negri boshchiligidagi rus elchilari tashrif buyuradi. Unda Bosh shtab zobitlaridan G.K.Meyendorf, V.D.Volxovskiy, A.K.Timofeyev, tabiatshunos X.Pander va sayyoh Eversmann ishtirok etgan. Ekspedisiya natijasida 50 verstli masshtabdagi xarita yaratildi hamda 5 astronomik nuqta belgilandi (shu jumladan Buxoro shahrining koordinatalari ham). Xarita ilk bor sayohat tavsifi bilan 1826 yili Parijda K.Meyendorf tomonidan nashr ettirilgan25.
    1833 yildan 1846 yilga qadar Orenburg o'lkasi va unga tutash O'rta Osiyo hududlarida qator tadqiqotchilar ish olib bordilar. Ularning faoliyati asosan O'rta Osiyoning shimoliy hududlari va Xiva, Buxoro davlatlarining ma'lum qismini qamrab olgan edi. Kartografik tasvirga olish ishlari harbiy qismlarda harbiy topograflar tomonidan olib borildi. 1841-1855 yillarda Orol dengizidan shimolga va shimoli-sharqqa tomon yo'nalishda va Sirdaryoning quyi oqimlarida alohida manzillar va yo'nalishlar turli masshtabli tasvirga olindi.
    Ular orasida o'sha davrning tarixiy-kartografik ma'lumotlarini o'zida to'plagan tadqiqotchi Ya.V. Xanikov hisoblanadi. U 12 yil davomida O'rta Osiyoning shimoli-g'arbiy tumanlar, haqidagi ma'lumotlarni yig'ib, aholi manzillarining to'la jadvalini tuzdi. Jadval astranomik aniqliklar va Xiva xonligiga tashrif buyurgan sayohatchilar ma'lumotlari asosida tuzilgan edi.
    1843 yil Xiva xonligiga polkovnik G.I. Danilevskiy missiyasi jo'natildi. Bu ekspeditsiyada ham topograilar ishlimk etib, Xiva xonligining xaritalarini chizishgan.
    1858 yilning o'zida birdaniga uchta ekspedisiya tuzilib, sharqshunos N.V. Xanikov boshchiligidagi savdo ekspedisiyasi Qoshg'ar (janubi-sharqiy Turkiston)ga va diplomatik ekspedisiyalar Xiva hamda Buxoro xonliklariga yuboriladigan bo'ldi. Bu ekspedisiyaga Londondagi rus harbiy agenti, O'rta Osiyoga hujum qilish siyosatining tarafdori, polkovnik N.P. Ignatev boshchilik qildi26.
    Missiyaning Xiva va Buxoroda yetti oy mobaynida olib borgan faoliyati natijasida bo'lajak asosiy janglar haqidagi batafsil harbiy kartalar ishlab chiqildi, joylarning topografik tasvirlari olindi.
    "XIX asrning o'rtalarida Orol dengizi. bo'ylari, Sirdaryo, Amudaryo deltalarida harbiy dengizchi A.M. Butakuv boshchiligida ekspedisiya faol tadqiqot olib bordi. Ekspedisiya hududning to'la topografiyasini o'rgandi, 1852 yilda esa A.M.Butakov dengizda paroxod qatnovini tashkil qiladi.
    O'rta Osiyoning ma'muriy hududiy va boshqaruv manfaatlaridan kelib chiqib, suratga olish va kartalar yaratish bo'limning bosh vazifasi etib belgilandi.
    XIX asrning 60 - yillardagi asosiy tadqiqotlar O'rta Osiyo sharqidagi tog' oldi va tog'li tumanlar hududlariga qaratildi. Tyanshanning tog' li tumanlari haqida ilk ma'lumotni 1856 yilda yurtimizga kelgan P.P Semenov-Tyanshainskiy berdi. Uning asosiy maqsadi Yevropa faniga hali no’malum bo'lgan Tyanshan (Xon-Tangri) tog'lari tizimiga kiruvchi о`lkaning tabiati, o'simlik va hayvonot dunyosini tekshirib, ilmit yangilik olib kirish edi. U Tyanshanga 1856 -1857 yillar orasida ikki marta safar qildi va haqiqatdan geografiya Bani uchun qimatli ma'lumotlar to'pladi. 1888 yilda O'rta Osiyoga yana sayohat qilgan P.P.Semenov-Tiyanshaniskiy bu gal Kaspiyorti, Samarqand va Sirdaryo viloyati bo`ylab qator ekspeditsiyalarini amalga oshiradi27.
    1864-1868 yillarda Tyanshanning janubiy tumanlaridan Issiqko'lgacha sayohat qilgan N.A. Seversov, P.P. Semenov-Tyanshanskiyning ma'lumotlari to'ldirdi. Ushbu hududlarning aniq ishlangan kartasi ham aynan N.A.Seversov tomonidan yaralilgan.
    1858 yil aprelida N.A.Seversav Qo'qon xonligi hududlariga qilgau ekspeditsiyasi davrida asirlikka tushib qoladi. Bu haqda u alohida kitob chop qilgan bo'lib, unda Sirdaryoning quyi oqimlari aks ettirilgan xarita ham berilgan.
    1869 yilda janubiy Tyanshan hududlarida tadqiqot оlib borgan V.A. Kaulbars esa Norin va Talas vodiylarida 33 punktdan ortiq manzilni taxminiy suratga oldi hamda mazkur hududlarning xaritasini yaratdi.
    1868 yilda markazi Samarqand shahri bo'lgan Zarafshon okrugi tashkil etilgach, O'rta Osiyoning janubi-sharqida ham suratga olish ishlari jonlandi. Bu ishlarda A.P. Fedchenko ham ishtirok etdi. U ishtirok etgan ekspedisiya 1869 yilda Samarqandga, so'ngra Kattaqo'rg'on, Join, Shahrisabz, Mag'yon va Kishtut daralaridan o'tib, Iskandar ko'lgacha bo'lgan masofani bosib o'tishdi. A.P.Fedchenko o’z ishlarining yakuniy natijalari o'laroq, instrumental suratga olishlar asosida Zarafshon vodiysi, aniqrog'i, uning janubiy qismining aniq xaritasini tuzishni maqsad qilgan.
    M.A.Terentevning “Karti i plani istorii zavoyevaniya sredney Azii” kitobidagi jami 23 ta kartaning barchasi O'rta Osiyorning istilo etilishi bilan bog'liq harbiy-tarixiy xaritalardir.
    Xivaning egallanishiga doir asar muallifi, rus harbiysi N.I. Grodekov o'z kitobiga ushbu hududlarning kartasini ilova qilgan bo'lib, unda Kaspiy dengizidan sharqda joylashgan Xiva mulklari batafsil aks ettirilgan.
    Yuqoridagi ekspedisiyalar faqat ilmiy muammolarni hal qilibgina qolmay, balki o'z kartografik ma'lumotlari bilan Rossiya imperiyasining O'rta Osiyodagi mustamlakachilik siyosatiga yordam ham berganlar.

    XULOSA


    Tarixiy-kartografik ma’lumotlarga ega manbalar o‘tmishda ro‘y bergan voqealarni tasvirlovchi asosiy manbalardan hisoblanadi. Ularni o‘rganish va tahlil etish, hozirgi zamonaviy xaritalar bilan qiyoslash u yoki bu tarixiy davrda shaharlar taraqqiyotini, ishlab chiqarish mintaqalari, savdo aloqalari, aloqa yo‘llari, xo‘jalik hamda aholining etnik va ijtimoiy tarkibi haqida ma’lumot beradi. Demak, tarixiy-kartografik ma’lumotlar o‘sha davr “ruhi”ni berishi bilan birga xilma-xil tarixiy-statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishimizga ham imkon yaratadi.
    Shu jihatdan Yevropada O‘rta Osiyo haqida shakllangan tarixiy-kartografik ma’lumotlar o‘zining rivojlanish darajasi, mazmun va mohiyati bilan ahamiyatlidir. Ulardan mazkur monografiyada olingan tarixiy-geografik, tarixiy-siyosiy, tarixiy-iqtisodiy, tarixiy-harbiy, tarixiy-etnografik ma’lumotlar ham o‘z navbatida tarixiy-kartografik xususiyatga ega.
    Ana shu ma’lumotlarning ilk shakllanishi jarayoni hamda keyingi davrlar uchun qo‘llanma bo‘lib xizmat qilgan manbalar esa antik davr olimlarining O‘rta Osiyo haqidagi dastlabki ma’lumotlari hisoblanadi. Qariyb yetti asr mobaynida, ya’ni Gerodotdan Ptolemeyga qadar O‘rta Osiyo haqidagi tarixiy-kartografik tasavvurlar antik davr uchungina emas, balki o‘rta asrlarda
    G‘arbiy yevropaliklarning O‘rta Osiyo haqidagi yangi tarixiy-kartografik ma’lumotlarining paydo bo‘lishiga turtki bo‘ldi va shunga asoslanib quyidagi hulosalarga kelish mumkin.
    - rivojlangan asrlarda G‘arbiy Yevropada Uyg‘onish davri, Buyuk Geografik kashfiyotlarning amalga oshirilishi va ishlab chiqaruvchi kuchlarning taraqqiy etishi kuzatildi.
    - 1453 yilda turklar tomonidan Konstantinopolning egallanishi O‘rta Osiyoni ma’lum ma’noda savdo yo‘llaridagi ahamiyatini pasaytirdi. Bu esa O‘rta Osiyoning tarixiy-kartografik tasavvurlari va manbalariga ham ta’sir qilganligi kuzatdik.
    - eramizning II asrlarida Ptolemey yaratgan asarlar O‘rta Osiyo tarixiy geografiyasi, kartografik ma’lumotlari bo‘yicha 14— 15 asrlar o‘tgandan keyin ham alohida ahamiyat kasb eta boshladi. G‘arbiy Yevropa kartograflari ushbu tasavvurlarni XVIII asrgacha ham saqlab qolinganligi kuzatildi.
    - XVI asrda G‘arbiy Yevropada O‘rta Osiyo xaritalarida mavjud bo‘lgan ko‘plab ob’yektlar haqida shu paytgacha yanglish bo‘lgan kartografik tasavvurlarga chek qo‘yganligi kuzatildi.
    - XVIII asrga kelib, G‘arbiy Yevropaning ilg‘or noshirchilik markazlari—Parij, Nyurnberg, Amsterdam, Ausburg va Venetsiyada chop qilingan xaritalarda ilk bor “o‘zbek” yoki” o‘zbeklar mamlakati” degan so‘zlar paydo bo‘ldi. Bu esa G‘arbiy Yevropada o‘zbek davlatchiligi hamda o‘zbeklar istiqomat qiluvchi hududlar haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘lganligidan dalolat beradi.
    - XIX asrda O‘rta Osiyo siyosiy harbiy manfaatlar to‘qnash kelgan hududga aylandi. Shu sababli o‘lkaga G‘arbdan ko‘plab missiyalar tashrif buyurdi. Ular asosan Rossiyaning o‘lkadagi harbiy harakatlarining borishi, istilodan keyingi o‘lkadagi ahvol haqida ma’lumot yig‘dilar. Rossiyaning Turkiston va Buxoro, Xivada tutgan siyosatlarini kuzatib turdilar.
    - g‘arbiy Yevropaning bir qator mamlakatlari (Fransiya, Angliya, Germaniya) da O‘rta Osiyoga nisbatan qiziqish ortdi. Buni Rossiyaning o‘lkaga faol harbiy harakatlarni boshlashi bilan izohlash mumkin. Yevropaning rivojlangan davlatlari ham ushbu hududda o‘z manfaatlarini ko‘zlab ilmiy ekspeditsiyalarni jo‘natdi va ularni zarur jihozlar, moliyaviy mablag‘lar, bilan ta’minladi.
    Ularning ma’lumotlaridan kerakli maqsadlarda foydalandilar. Ekspeditsiyalar natijasida o‘lkaga oid yangi tarixiy-kartografik manbalar yuzaga keldi. G‘arbiy Yevropalik olimlar Rossiya istilosidan keyingi O‘rta Osiyoning hududiy-chegaraviy o‘zgarishlarini o‘zida aks ettirgan kartalariga ana shu yangi ma’lumotlarni tushirdilar. Farg‘ona vodiysi, Pomir, Oloy, Turkman cho‘llari kabi o‘lkaning kam o‘rganilgan ichki hududlari ham o‘rganilib, G‘arbiy Yevropada bu yerlarning tabiiy, etnografik va ma’muriy-hududiy xaritalari yaratildi.


    Download 60,71 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 60,71 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    II.2. XIX ASRDA G‘ARBIY YEVROPADA TUZILGAN XARITALARDA O‘RTA OSIYO

    Download 60,71 Kb.