Andijon viloyatining qishloq xo’jaligi tuzilishi




Download 442 Kb.
bet3/10
Sana17.04.2023
Hajmi442 Kb.
#52126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Fargona viloyati tayyor
Amal. uchun.katta burchak shtamp, Assalom-yangi-yil-tadbir-senariysi, Piza minorasi - Vikipediya, Karimov i.o mustaqil ish, Mustaqil ish28, 11 ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik 11 ззщщ, gulbahor, betlik, KIBERXAVFSIZLIK ASOSLARI-Elboyev Baxtiyor, jnhvE6eQsXOm4N7kSAAUsbsFGDpWRvNFwXHvyxhh, 8-sinf informatika 2-chorak nazorat ishi @e baza ishreja, induval loyiha, individual loyiha
Andijon viloyatining qishloq xo’jaligi tuzilishi
https://uz.wikipedia.org/wik
Uncha katta maydonga ega bo‘lmagan viloyat respublika hududiy mehnat taqsimotida, milliy iktisodiyotning shakllanishida muxnm rol o‘ynaydi. U mamlakatimizning 6,6 foiz yalpi ichki maxsulotini, 13,6 % sanoat va 9,9
foiz qishlok xo‘jalik mahsulotini beradi. Viloyatning xo‘jaligi industrial-agrar yo‘nalishga ega bo‘lib, u, eng avvalo, mashinasozlik (avtomobilsozlik), to‘qimachilik sanoat tarmokdariga, paxta va pilla yetishtirishga ixtisoslashgan.
Geografik o‘rni va tabiiy boyliklari. Viloyat hududi Fargona iqtisodiy rayon i va O‘zbekiston Respublikasining chekka sharqida joylashgan. U Qirg‘iziston Respublikasining Jalolobod xamda O‘sh viloyatlari bilan chsgaradosh. Respublikamiz doirasida esa Andijon viloyati janubi-g‘arbda Fargona va shimoli-g‘arbda Namangan viloyatlari bilan qo‘shni.
Yer usti tuzilishi balandlik, adir va tekisliklardan iborat. Eng baland nuktalari janub va chekka sharkda - Xo‘jaobod va Qo‘rgontepa tumanlarida joylashgan (1350-1550 m.)- Andijon gurux rayonlarini viloyatning janubi-sharqda joylashgan hududlaridan 800-900 metr balandlikdagi adir zonasi ajratib turadi. Shu adirning (Teshiktosh adirlari) janubiy qismida G‘arbiy Polvontosh, Sharkiy Xartum, Gumxona, Janubiy Olamushuk kabi uncha katta bo‘lmagan neft konlari mavjud. Neft-gaz konlari Shahrixon, Xo‘jaobod, Polvontosh; g‘isht xom ashyosi Sultonobodda aniqlangan. Birok ta’kidlash lozimki, viloyatda boshka kazilma boyliklar deyarli yo‘q darajada. Faqat qurilish gisht ishlab chiqarish uchun xomashyolar bor, xolos. Viloyatning g‘arbny va shimoliy-g‘arbiy, nisbatan yangi o‘zlashtirilayotgan xududlarining baland-ligi 400-420 m. Bu ikki orografik shakllar o‘rtasida qishlok xo‘jaligi va axoli joylashuvi uchun nixoyatda qulay bo‘lgan pasttekislik bor.
Iqlimi kontinental: yillik yog‘in-sochin miqdori vodiyning boshqa qismlariga Karaganda ko‘proq (500 mm. atrofida). Asosiy gidrografik elementlari Qoradaryo va uning o‘ng irmoqlari - Moylisuv va Tentaksoydan iborat. Ulardan tashqari, viloyat xo‘jaligi va axolisini xududiy tashkil etishda Okbo‘ra xamda Aravansoy daryolarining xam ahamiyati bor. Chekka janubi-sharqda Qirg‘iziston hududiga tutash joyda Andijon suv ombori va 100 ming kVt quvvatga ega bo‘lgan Andijon SES kurilgan. Viloyat xududida Janubiy Andijon, Katta Fargona, Janubiy Fargona kanallari mavjud.
Shunday qilib, Andijon viloyatida qazilma boyliklar oz, suv zaxiralari esa birmuicha ko‘p. Aynan ana shu agroikdimiy imkoniyatlar bu yerda qadimdai sugorma dehqonchilik va shu asosda xo‘jalikning boshqa tarmoklarini rivojlantirishga olib bo‘lgan. Sug‘orma dexkonchilikda yuqoridagi asosiy irrigatsiya infratuzilmalaridan tashqari nisbatan kichikroq suv omborlari, kanal va arikdar xam katta ahamiyatga ega. Ular jumlasiga Asaka, Otchopar suv omborlari, Korin chapqirg‘oq, Ulug‘nor, Ozod, Ko‘tarma, Xalqobod, Kishkish, Xo‘jaqatortol, Yangiarik kabi kanal va ariklar kiradi. Qoradaryodan boshlangan Shaxrixonsoy va Andijonsoy shu nomli shahar va tumanlarga o‘z suvlarini yetkazadi.
Demak, viloyatda sun’iy va tabiiy gidrografik shaxobchalar juda ko‘p. Binobarin, Andijon viloyati ham Fargona yoki Xorazm viloyatlaridek, kanal va ariklar ko‘p bo‘lgan mintaka xisoblanadi. Asosiy dare -Qoradaryoning, umuman Sirdaryo singari, O‘zbekistonning Fargona vodiysi kismida bevosita yerlarni sug‘orishda ahamiyati deyarli yo‘q. Aksariyat daryolar transchegaraviy xususiyatga ega bo‘lib, ularning to‘yinish va boshlanishi ko‘shni Qirg‘iziston hududida joylashgan. Eng katta Andijon suv omborining asosiy kismi ham shu mamlakat doirasiga to‘g‘ri keladi. Shu bois, suv muammosi, suv masalasini xalqaro tartib-qoidalar, meyorlar asosida xal qilish muhim iktisodiy, ijtimoiy va siyosiy axamiyatga ega.
Melioratsiya tizimi xam viloyatda ancha rivojlangan. Uning "kuyi" kismida, ko‘prok yangi o‘zlashtirilgan xududlarda, masalan, Ulug‘nor, Bo‘z tumanlarida kator kollektor va zovurlar kazilgan (Zovur, Yozyovon, Sariksuv, Sherqo‘rgon, Sarijo‘ga, Shaxrixon, Koraguna tashlamasi, Mazgilsoy va b.)-
Aholi geografiyasn va demografiya. Andijon viloyatining eng muxim geografik jihati bu yerda axolining zich joylashuvidir. Axoli soni keyingi V* asr mobaynida 1,5 marta ko‘paygan. Bu esa aholi zichligining yanada ko‘tarilishiga olib kelgan. Hozirgi vaktda kishloq tumanlarining axoliyey Bo‘z tumanidan 64,0 ming kishidan Shaxrixon tumanidagi 265,1 ming kishigacha fark kiladi (tafovut 4.14 ga barobar). Shaxrixon tumani o‘zining demografik saloxiyati bo‘yicha mamlakatimizning bu boradagi eng yirik hududlari qatoriga kiradi.
Axoli dinamikasi nuktai nazaridan ko‘rilayotgan davrda Shaxrixon, Asaka, Bo‘z, Qo‘rg‘ontepa tumanlarida o‘sish ancha yukori bo‘lgan. Shuningdek, bu o‘sish Marhamat tumanida xam yuqorirok. Ayni vaktda demografik o‘sish ko‘rsatkichi Balikchi, Paxtaobod va Oltinko‘l tumanlarida birmuncha past. Xo‘jaobod tumanidagi aholi sonining 1989 yilga nisbatan kamayishi uning tarkibidan Bulokboshi tumanini ajralib chiqishi sababli yuz bergan.
Viloyat bo‘yicha aholi zichligi 1 kv kmga - 652 kishi. Bu nafakat O‘zbekistonda, balki butun MDH mamlakatlari bo‘yicha xam eng yukori ko‘rsatkich xisoblanadi. Asaka tumani esa, Asaka shahri tumanga bo‘ysinuvchi makomga tushirilganidan so‘ng (2010 y.) O‘zbekistonda axoli zichligi bo‘yicha eng oldingi o‘ringa chikib oldi - 1 kv.km.ga 1113 kishi. Shaxrixonda zichlik 914 kishi - bu ham respublikamizda eng yukori ko‘rsatkichlardan biri sanaladi. Shu bilan birga, zichlik Oltinko‘l, Bulokboshi, Izboskan tumanlarida ham yuqori, faqat yangi o‘zlashtirilgan cho‘l xududlarda - Ulug‘nor va Bo‘zda u nisbatan past. Birok, ularning ko‘rsatkichlari ham mamlakat o‘rtacha darajasidan 2-3 marta ziyod.
Ko‘rinib turibdiki, viloyat qududida antropogen bosim, demografik yuk nihoyatda yukori. Bunday demografik vaziyat kator muammolarni, jumladan, milliy xalq an’analaridan kelib chikkan xolda uy-joy bilan ta’minlanish, fermer xo‘jaliklarini optimallashtirish kabi sohalarda muayyan qiyinchiliklarga olib keladi.
Taxlillar ko‘rsatishicha, viloyatda aholining o‘sish sur’ati mamlakatimizning ba’zi mintakalari, masalan, Qashkadaryo, Surxondaryo, Jizzax kabi viloyatlariga qaraganda, so‘nggi yillarda biroz past. Shunga qaramasdan viloyat aqolisining soni bir yilda o‘rtacha 60 ming kishiga ortib bormokda. Boshka xududlarda bo‘lganidek, bu yerda xam axoli sonining o‘sishi to‘lik tabiiy ko‘payish asosida bo‘lmoqda. 2013-yilda xar 1000 kishiga nisbatan tugilish 23,0, o‘lim 5,1 promilleni, tabiiy ko‘payish 17,9 %o yoki 1,79 foizni tashkil qilgan. Bu borada eng so‘nggi yillarda tugilish va tabiiy ko‘payish ko‘rsatkichlarining yuqorilab borishi kuzatilmokda. Tug‘ilishning umumiy ko‘rsatkichi 1995 yilda Andijon tumanida 31,0, 2000-yilda 20,1 promille bo‘lgan xolda, u 2005 yilda 20,1 va 2010-yilda 23,5 promillega, Qo‘rg‘ontepa tumanida ular, yukoridagilarga moye xolda, -31,4; 20,9; 20,7 va 24,3 promillega teng bo‘lgan. Xuddi shunday jarayonni yoki tugilish dinamikasidagi o‘zgarishlarni viloyatning boshka tumanlarida ham kuzatish mumkin. 2005 yilda eng yuqori tug‘ilish ko‘rsatkichi Shaxrixon tumanida qayd etilgan - 22,9 %o, eng past Jalakudukda - 19,7 %o, farq 3,2 %o. 2013-yilga kelib eng yukori ko‘rsatkich Paxtaobod va Shaxrixon tumanlarida kuzatilgan - 24,4 %o (2005 yilda 21,7 %o), eng past tug‘ilish koeffitsiyent Jalakuduq tumanida - 22,1 %o. Bunday tarixiy-demografik takkoslash ko‘rsatadiki, tumanlararo farkdar biroz ortib borgan. Yana shuni ta’kidlash lozimki, 2013-yilning eng past tugilish ko‘rsatkichlari 2005 yilning eng baland darajasida bo‘lgan.
O‘lim koeffitsiyentida so‘nggi 10-15 yil mobaynida muntazam pasayib borishi kuzatiladi. Masalan, 1995-yilda viloyat qishlok tumanlarida o‘liyning umumiy koeffitsiyenti 3,7 %o (Ulugnor) dan 6,3 promillegacha (Oltinko‘l) farq kilgan. 31-jadvalda keltirilgan 2013-yil natijalariga ko‘ra ham eng past daraja yana Ulugnorda (3,5 %o), uning nisbatan yuqorisi Andijon tumanida (5,5 %o) qayd etilgan.
Ko‘rilayotgan yilda tabiiy ko‘payishning eng yuqori darajasi Ulugnor tumanida ko‘zga tashlanadi (21,2 %o). Yuqorida ta’kidlanganidek, tashki migratsiya mintaqa axolisining o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmaydi. 1997-yilda migratsiya qoldig‘i viloyat bo‘yicha minus 970, 1998-yilda 960 kishiga teng bo‘lgan xolda, shu yillarda qishlok joylarda u biroz ko‘proq, minus 1690 va 1555 kishi bo‘lgan. Eng so‘nggi yillarda umumiy vaziyat ijobiy tomonga biroz o‘zgargan: 2013-yilda xar ming kishiga hisoblaganda, qishloq tumanlarida kelganlar. Shaxrixon tumanida 0,3 dan Andijon tumanida 4,9 promillega barobar bo‘lgan. Ketganlarning eng kupi Andijon va Ulugnor tumanlarida, migratsiya qoldigining eng katta ko‘rsatkichi - plyus 1,7 %o Oltinko‘l va Balikchi tumanlarida kayd etiladi. Viloyat qishlok tumanlarining yettitasida tashki migratsiya saldosi ijobiy natijalarga ega. Shu bilan birga, migratsiya qoldig‘i ayrim tumanlarda, jumladan, Asaka, Buloqboshi xamda Qo‘rg‘ontepada ijobiy bo‘lsa-da, uncha katta emas. Kuzatilayotgan jarayon qishloq joylarda yangi ish o‘rinlarini tashkil kilish, aholini ijtimoiy muhofaza kilish, aholiga xizmat ko‘rsatish xamda servis sohalarini rivojlantirish va xududiy tashkil etishda e’tiborga olinishi kerak.
2009-yilda amalga oshirilgan urbanistik isloxotlar tufayli viloyat shaxarchalari 5 tadan 78 taga ko‘paydi. Hozirgi kunda jami 11 shaxar va 83 ta shaxarchalarda jami axolining 52,7 foizi yashaydi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Andijon Namangan va Farg‘ona viloyatlaridan keyingi 3-o‘ringa chikib oldi. Takkoslash uchun: 2008-yilda urbanizatsiyaning umumiy ko‘rsatkichi 29,2 % yoki respublika darajasidan 6,6 punktga past bo‘lgan, endi esa viloyat o‘rtacha ko‘rsatkichidan yukori turadi.
Tashkil etilgan 78 ta yangi shaharchalarning 18 tasi birgina Andijon tumaniga to‘gri keladi; 11 ta shaharcha Oltinko‘lda, 9 ta Marhamatda, Jalaquduq va Xo‘jaobodda 6 tadan paydo bo‘lgan; bittadan agroshaharchalar Ulugnor va Qo‘rg‘ontepa tumanlarida tashkil etilgan. 2009-yilgacha Oltinko‘l, Baliqchi va Ulugnor tumanlarida birorta shahar joylar bo‘lmagan. Andijon tumanida hozirgi shahar aholisining 93,1 %, Buloqboshida 85,1 %, Marhamatda 82,2 foizi ayni shu yilda shakllangan. Shunday kilib, eng so‘nggi shaxarlar tarkibidagi o‘zgarishlar asosan qishloq yoki "ma’muriy" urbanizatsiya xususiyatiga ega bo‘lgan.
Andijon viloyati ko‘p qishlokli emas, balki katta kishloqlarga boy xudud xisoblanadi. Qishloklar soni bo‘yicha u respublikamizda oxirgi o‘rinlarda (faqat Sirdaryo va Namangan viloyatlaridan oldinda), vaholanki, axoli soni bo‘yicha Andijon 4-o‘rinda turadi. O‘rtacha xar bir qishlok axoli punktiga 2008 yilda 3236 kishi, 2013-yilda 2860 kishi to‘gri kelgan. Agar yangi shaharlar tashkil etilganida kabul kilingan meyor, ya’ni eng kamida 2000 kishi aholi soniga ega bo‘lishi (tegishli shaxarsozlik talablari mavjud bo‘lgan holda) e’tiborga olinsa, viloyatning ko‘pchilik kishloklari shaxarcha maqomini olgan bo‘lar edi. Shu nuktai nazardan
O‘lim koeffitsiyentida so‘nggi 10-15 yil mobaynida muntazam pasayib borishi kuzatiladi. Masalan, 1995-yilda viloyat qishlok tumanlarida o‘liyning umumiy koeffitsiyenti 3,7 %o (Ulugnor) dan 6,3 promillegacha (Oltinko‘l) farq kilgan. 31-jadvalda keltirilgan 2013-yil natijalariga ko‘ra ham eng past daraja yana Ulugnorda (3,5 %o), uning nisbatan yuqorisi Andijon tumanida (5,5 %o) qayd etilgan.
Ko‘rilayotgan yilda tabiiy ko‘payishning eng yuqori darajasi Ulugnor tumanida ko‘zga tashlanadi (21,2 %o). Yuqorida ta’kidlanganidek, tashki migratsiya mintaqa axolisining o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmaydi. 1997-yilda migratsiya qoldig‘i viloyat bo‘yicha minus 970, 1998-yilda 960 kishiga teng bo‘lgan xolda, shu yillarda qishlok joylarda u biroz ko‘proq, minus 1690 va 1555 kishi bo‘lgan.

Download 442 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 442 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Andijon viloyatining qishloq xo’jaligi tuzilishi

Download 442 Kb.