|
Raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali
|
bet | 1/6 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 0,53 Mb. | | #133723 |
Bog'liq individual loyiha
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI
INDIVIDUAL LOYIHA 2
MAVZU: Masofaviy ochiq onlayn kurslar orqali talabalarning intelektual salohiyatini samarali tashkil etish
Bajardi: Sh.A.Jabborov
Rahbar: N.I.Asqarova
Komissiya a’zolari:
________________________
________________________
________________________
Qarshi- 2024
|
KIRISH
|
3
3
|
I BOB.
|
masofaviy ochiq onlayn kurslar
|
4
|
1.1.
|
Masofaviy onlayn kurslarni afzalliklari
|
4
|
1.2.
|
Masofaviy onlayn kurslarni kamchiliklari
|
9
|
II BOB.
|
intelektual salohiyatini samarali tashkil etish
|
13
|
2.1.
|
Intelektual salohiyat nima ?
|
13
|
2.2.
|
Intelektual salohiyatni oshiradigan o’yinlar
|
20
|
|
XULOSA
|
29
|
|
ADABIYOTLAR RO`YXATI
|
31
|
KIRISH
Masofaviy ta'limda talaba va o'qituvchi fazoviy bir-biridan ajralgan holda
o'zaro maxsus yaratilgan o'quv kurslari, nazorat shakllari, elektron aloqa va
Internetning boshqa texnologiyalari yordamida doimiy muloqotda bo'ladilar.
Internet texnologiyasini qo'llashga asoslangan masofaviy o'qitish jahon
axborot ta'lim tarmog'iga kirish imkonini beradi, integratsiya va o'zaro aloqa
tamoyiliga ega bo'lgan muhim bir turkum yangi funktsiyalarni bajaradi.
Masofaviy ta'lim
Internet texnologiyalarining paydo bo’lishi bir necha asrlar davomida
o'zgarmay kelgan holatlarni o'zgartirib, bu odatdagi xat yozishmalari
elektron pochta bilan, kutubxonalar esa web-saytlar bilan almashinishida
namoyon bo'ldi.
Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini ta'lim
jarayoniga kirib kelishi an'anaviy o'qitish usullariga qo'shimcha ravishda
yangi o'qitish shakli - masofaviy o'qitish yaratilishiga va an'anaviy shakllari
bilan masofaviy ta'lim elementlari kirib keldi.
2Masofaviy ta'limning paydo bo'lishi tarixi 1700 yildan boshlanadi. 1728 yilda
Kaleb Fillips Boston gazetasiga talabalarni maktub almashish orqali
mamlakatning istalgan nuqtasida stenografiya bo'yicha o'qishga jalb qilish
to'g'risida murojaat qildi. Bu masofaviy ta'limning boshlanishi edi.
Isaak Pitman masofaviy ta'limni rivojlantirishga ulkan hissa qo'shdi. 1840
yilda u har kimga darslari bilan pochta orqali xat yuborgan. Keyingi 1856 yilda
Berlindagi sirtqi ta'lim institutiga asos solgan C.Tusen va G.Lanchenshteynlar edi.
Trening shuningdek, o'quv materiallari, testlar va boshqalar bilan xatlarni pochta
orqali yuborish orqali amalga oshirildi.
1873 yilda AQShda birinchi sirtqi maktablar tashkil etildi. Anna Eliot Ticknor
ayollar uchun "Ticknor" jamiyatining kashshofi bo'lib, talabalar masofadan turib
pochta orqali bilim olishgan deb ishoniladi. Bir yil o'tgach, 1874 yilda Isaak Pitman
o'z o'quv dasturini pochta orqali yaratishni taklif qildi.
1892 yilda Chikago universiteti birinchi masofaviy ta'lim dasturini yaratdi va
bu AQShdagi birinchi masofaviy ta'lim muassasasiga aylandi. 1899 yildan
Kanadada Qirolicha universiteti talabalarga masofadan o'qitishni boshladi.
60-yillarda masofaviy ta'lim xalqaro miqyosda tan olingan va UNESCO
ko'magida faol rivojlana boshladi.
Jamiyatda Ish stoli kompyuteri, noutbuk va planshet kabi shaxsiy kompyuterlar internetga kirish va turli onlayn xizmatlardan foydalanishimiz uchun muhim vositalardir. Shuningdek, ular yordamda biz boshqalar bilan muloqot qilish va ma’lumotlar yaratish, saqlash va almashish imkoniyatiga egamiz. Kompyuteringizni o’g’irlanishi, xakerlar tomonidan buzib kirilishi yoki uni yo’qotish oqibatida jiddiy professional, moliyaviy muammolarga duch kelishingiz va bu obro’ngizga putur yetkazishi ham mumkin. Shuning uchun, qurilmangizni qanday ishonchli himoya qilishni bilish juda muhim. Ushbu maqoladagi maslahatlar umuman olganda shaxsiy kompyuterlarni himoyalash bilan bog’liq. Agar siz kompyuterdagi ma’lumotlarni himoyalash haqida o’rganmoqchi bo’lsangiz, veb-saytimizning Mening maʼlumotlarim boʻlimida koʻplab resurslarni topishingiz mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali
|