|
-Texnika xavfsizligi qoidalari
|
bet | 8/9 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 3,58 Mb. | | #150116 |
Bog'liq akhadbee kl3.2-Texnika xavfsizligi qoidalari
Elektr energiyasidan barcha soxalarda keng foydalanish tufayli odamlar kundalik turmushida turli xil elektr qurilmalari bilan aloqada buladi.Elektr qurilmalarning nosozligi va uni ishlatish qoidalarining buzilishi sababli ulardagi nisbatan kichik kuchlanish ham odom sog‘ligiga zarar keltirishi hatto hayotiga xavf tug‘dirishi mumkin. Odamning elektr toki bilan shkastlanishini xavfni oldini olish uchun elektr qurulmalarini xavfsiz ishlatish qadamlarini bilish kerak.
Odamining elektr toki bilan shikastlanishi elektr harakati va elektr urishiga farqlanadi. Elektr jarohatiga kuyish elektr yoy bilan ko‘zning zararlanishi elektr toki bilan shkastlanishi oqibatida odamning hushini yo‘qotishi natijasida vujutga kelgan sinish chiqish va shunga o‘xshash mexanik shkaslanishlar kiradi. Odam tanasidan elektr toki o‘tganda uni qizdiradi. Kuchlanish katta va odam tanasining elektr qarshiligi qancha kichik bo‘lsa uning tanasidan o‘tuvchi tok shuncha katta bo‘ladi. Bu esa odam tanasini kuchli qizdiradi va oqibatda undagi hujayra to‘qimalari kuyadi. Kuyish qancha chuqur va katta bo‘lsa uni davolash shuncha uzoq davom yetadi va hatto ko‘pincha davolab ham bo‘lmasligi mumkin.Elektr toki urganda odamning ichki a‘zolari shikastlanadi.Elekt toki urishi uncha katta bo‘lmagan 25-100mA toklarda sodir bo‘ladi. 10mA gacha bo‘lgan tok inson hayoti uchun xavfsiz bo‘lib yoqimsiz sezgi hosil qiladi. Agar tok 10-25 mA dan oshsa qo‘l muskullari tortishib qolishi mumkin. Natijada odam o‘zini tok o‘tkazuvchi qisimdan mustaqil ajratib ololmaydi.Bunday tok 15-20 sekunddan ko‘p ta‘sir qilsa odamning nafas olishi qiyinlashib butkul to‘xtashi mumkin. Agar tok 100 mA va undan ko‘p bo‘lsa odamni darhol o‘ldiradi.
Odam tanasidan o‘tuvchi tok miqdori tegib kuchlanishi va tok chastotasiga hamda odam tanasining elektr qarshiligiga bog‘liq.
Odam tanasining elektr qarshiligi uning kayfiyatiga vazniga jismoniy chiniqqanligiga terisining holatiga va hakozolarga bog‘liq. Odam terisi quruq va shikastlanmagan bo‘lmaganda uning elektr qarshiligi zax changli muhitga va atrof- muhit temperaturasi yuqori bo‘lganda eng kichik qiymatga erishadi. Odam tanasidagi xujayra to‘qimalarining elektr qarshiligi 800-1000 Om dan oshmaydi. SHuning uchun xavfsiz kuchlanishning qandaydir miqdori to‘g‘risida gapirish juda qiyin. Elektr qurilmalarni ishlatishdagi ko‘p yillik tajriba shuni ko‘rsatadiki eng yomon sharoitli xonalar uchun 12 V dan kichik xamda quruq toza xonalar uchun 36 V dan kichik kuchlanishlarni xavfsiz kuchlanishlar deb hisoblash mumkin. SHuningdek quruq xonalarda odam tanasining elektr qarshiligi bir necha o‘ng ming Om ga yetadi shuning uchun bu holda yuz volt atrofidagi kuchlanish ham xavfsiz bo‘lishi mumkin. Odam tanasi orqali o‘tuvchi tok oldindan aniqlash mumkin. SHu sababli amalga xavfsiz shartlar chegarasini belgilashda ,,Xavfsiz tok" ga emas balki ―joiz kuchlanish‖ ga mo‘ljal qilinadi. Elektr qurilmalarning qoidalarida atrof-muhit sharoitlariga qarab quyidagi joiz kuchlanishlar belgilangich:65 V; 36 V; 12 V; 36 V va 12 V li elektr qurilmalar kichik kuchlanishli qurilmalarga kiradi. 65V li elektr qurilmalar past kuchlanishlar qurilmalarga kiradi. Agar elektr qurilmalarning kuchlanishi yerga yoki elektr mashinalar hamda apparatlarning asosiga nisbatan olganda 250 V dan kichik bo‘lsa bunday qurilmalar past kuchlanishli elektr qurilmalar deb ataladi.
Xulosa
Men bu kurs loyiha davomida mashinasozlik sanoatida qo’llaniladigan robot manipulyatorlarni o’rganib chiqdim.
Manipulyatorlar inson qo`lining funksiyasini bajarish uchun mo’ljallangan texnik qurilmaga aytiladi. Manipulyatorning asosiy mexanizmi bir qancha erkinlik darajasiga ega bo'lgan ochiq kinematik zanjirli, pushangli fazoviy mexanizmdir. Manipulyatorlar yordamida inson uchun havfli yoki zararli sharoit bilan bog`liq bo`lgan ishlar, shuningdek ko`p mehnat talab qiladigan va bir zayldagi ishlar bajariladi.
Agarda to'liqroq qilib aytadigan bo'lsak u holda quydagicha tariflashimiz mumkin. Manipulyatorlar - ko`p zvenolardan iborat mexanizm bo`lib, odam qo`li harakatlarini imitatsiya qilishga mo’ljallangan qurilmadir, u masofadan operator yoki programmali boshqarish sistemasi tomonidan boshqariladi.
|
| |