|
Asosiy qism
2.1 O’zbekiston mashinasozlik sanoati
|
bet | 2/9 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 3,58 Mb. | | #150116 |
Bog'liq akhadbee klAsosiy qism
2.1 O’zbekiston mashinasozlik sanoati.
Avtomobil sanoati — mashinasozlikning bir tarmogʻi; avtomobillar, tirkama va yarim tirkama yuk tashish moslamalari, avtomobillarga ehtiyot qismlar, agregatlar ishlab chiqarish korxonalari ham Avtomobil sanoati tarkibiga kiradi.
Avtomobil sanoati O‘zbekiston iqtisodiyotida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Bu sohada mamlakat aholisining salmoqli qismi bandligi ta’minlangan — avtomobilsozlikdagi bitta ish o‘rni turdosh sohalarda 7—8 ta ish o‘rnini yaratadi. Har yili 280 mingga yaqin avtomobil ishlab chiqariladi. O‘zbekiston avtomobil sanoati avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchi mamlakatlar o‘rtasida 26-o‘rinni egallagan va shuning uchun postsovet makonida bu ko‘rsatkich bo‘yicha Rossiya avtosanoatidan so‘ng ikkinchi va Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi o‘rinda.
1.1-Rasm
GM-Uzbekistan
Oʻzbekistonda Avtomobil sanoati 90-yillar boshidan paydo boʻldi. 1992-yil Oʻzbekiston Respublikasida Janubiy Koreyaning "DEU" korporatsiyasi bilan Asaka shahrida yillik loyiha quvvati 200 ming dona yengil avtomobillar ("Damas", "Tiko", "Neksiya") ishlab chiqaradigan "OʻzDEU-avto", qoʻshma korxonasi barpo etildi. Asaka avtomobil zavodida "Da-mas" mikroavtobuslarini seriyali ishlab chiqarish 1996-yil martdan yoʻlga qoʻyildi, 1996-yil 19-iyulda zavodning rasmiy ochi-lishi va xalqaro taqdimoti oʻtkazildi. 1996–99 yillarda "OʻzDEUavto" qoʻshma korxonasida 200 mingdan ortiq avtomobil, 1999-yilda jami 60 mingga yaqin avtomobil ishlab chiqarildi ("Neksiya" – 28259, "Tiko" – 16380, "Damas" – 13663 dona). Chet elga 14 mingdan ortiq avtomobil eksport qilindi. Shuning-dek 1995-yil "Oʻzavtosanoat" uyushmasi va Turkiyaning "Koch xolding" kompaniyasi oʻrtasida imzolangan shartnomaga koʻra, Samarqand shahrida yillik loyiha quvvati 5 ming donadan ziyod avtobus va turli yuk mashinalari ishlab chiqarishga moʻljallangan, umumiy qiymati 65 mln. AQSH dollariga teng "SamKochAvto" qoʻshma korxo-nasini bunyod etildi. Oʻrta Osiyoda avtobus va turli yuk mashinalari ishlab chiqaradigan mazkur yagona korxonani ishga tushirishga moʻljallangan rasmiy takdimot marosimi 1999-yil 16-martda boʻlib oʻtdi. Hozircha bu zavodda tayyorla-nayotgan mashinalar uchun butlovchi va ehtiyot qismlarning 25% Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmoqda. Kelgusida avtomo-bil qismlarini ishlab chiqarish tobora kengaytiri-ladi. Asaka avtomobil zavodida ham dast-labki butlovchi va ehtiyot qismlarning 15% mahalliy korxonalarda tayyorlangan boʻlsa, 1999-yilga kelib bu koʻrsatkich 55%ga yetdi.Respublika avtomobillar uchun but-lovchi qismlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshi-rish maqsadida oʻnlab qoʻshma korxonalar tashkil etildi. Ular Janubiy koreyalik sheriklar ishtirokida tashkil etilgan zavodlar: "OʻzkoramKo", "Oʻz-Tong Xong", "Oʻz-Dong Yang", "Oʻz-Don-gju Peint Kom-pani", "Oʻz-Sam Yang" va boshqa1998-yilda "Oʻzavtosanoat" uyushmasi Xalqaro avtotransport ishlab chiqaruvchi korxonalar tashkilotlariga a’zo etib qabul qilindi.Avtozavodlarning koʻplab dilerlari respublika ichida ham, undan tashqarida ham faol ishlamoqdalar. "Oʻzavtotexxizmat" aksiyadorlik jamiya-ti va "Oʻzbek-Lada" shular jumlasidandir.
O‘zavtosanoat tufayli uning faoliyatiga bog‘liq sanoat va klasterlar rivojlanmoqda — bu banklar, fan, madaniyat, yo‘llar, kimyoviy va og‘ir, rezina texnika sanoati, ixtisoslashgan kadrlarga talab oshmoqda, universitet muhitida avtomobilsozlik yo‘nalishi rivojlanmoqda.
Dunyoda tan olingan barcha mamlakatlardan faqat 49 tasi avtomobil ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Sotish, qayta sotish hammaning qo‘lidan kelishi mumkin, ammo noldan ishlab chiqarishni har kim qila olmaydi. Avtomobil sanoati — bu yuqori aniqlikdagi texnikani xalqaro standartlar asosida murakkab texnologik ishlab chiqarish jarayoni bo‘lib, hamma davlat ham mazkur yo‘nalishni riavojlantirish salohiyatiga ega emas.
|
| |