|
Buyum mаtеriаli vа kоnstruksiyasi hаqidа mа’lumоt(сталь4)
|
bet | 2/16 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 426,11 Kb. | | #241641 |
Bog'liq 2MALIKA W2. Buyum mаtеriаli vа kоnstruksiyasi hаqidа mа’lumоt(сталь4)
Po‘latlarning payvandlanuvchanligi haqida tushuncha
Payvandlanuvchanlik - metalining yoki bir nechta metallar qo‘shilmasining belgilangan payvandlash texnologiyasida konstruksiyaga va buyumni ishlatishga nisbatan qo'yilgan talablarga javob bera oluvchi birikma hosil qilish xossasidir. Materiallarning payvandlanuvchanligi tushunchasining murakkabligini payvandlanuvchanlikni baholashda, payvandlanadigan materiallarning bir-biriga buyum materiallari va konstruksiyalarining payvandlash texnologiyasiga bog‘liqligi e ’tiborga olinishi kerak. Payvandlanuvchanlik ko'rsatkichlari ko‘p. Masalan, statik yuklanishlar va sex haroratida ishlaydigan buyumlarda kam uglerodli po‘latning yaxshi payvandlanuvchanlik ko‘rsatkichi, mustahkamligi maxsus texnologik shartlarni (oldindan qizdirish, termik ishlash va boshqalar) qo‘llamasdan asosiy metall mustahkamligiga teng bo‘lgan payvand birikmalar hosil qilish mumkinligi hisoblanadi. Chunonchi, kimyoviy apparatlarni tayyorlash uchun mo‘ljallangan legirlangan po’latlar payvandlanuvchanligining ko‘rsatkichlari maxsus xossalari - korroziyaga chidamlilik, yuqori yoki past haroratlarda mustahkamligini ta’minlaydigan payvand birikmalar hosil qilish mumkinligi hisoblanadi. Har xil jinsli metallami payvandlashda atomlararo bog‘lanishlami hosil qilish mumkinligi payvandlanuvchanlik ko‘rsatkichi hisoblanadi. Bir jinsli metallar osongina payvandlab biriktiriladi, har xil jinsli metallarning ba’zi juftlari esa birikmalar atomlararo bog‘lanishni mutlaq hosil qilmaydi, masalan, mis qo‘rg‘oshin bilan payvandlanmaydi, temirni qo‘rg‘oshin bilan, titanni uglerodli po‘lat, mis bilan payvandlash qiyin va hokazo. Metallar payvandlanuvchanligining muhim ko‘rsatkichlari – payvand birikmalarda toblangan uchastkalar, darzlar va payvand birikmaning ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan boshqa nuqsonlarining bo'lmasligi hisoblanadi. Termik mustahkamlangan poiatning payvandlanuvchanligini baholashda payvandlashda uning mustahkamligining pasayishga moyilligi muhim xarakteristika hisoblanadi. Odatda, mustahkamligining pasayishi po’latni tayyorlash jarayonida (toblash, so‘ng yumshatish) uni yumshatish haroratiga qarab qizdirish harorati 400 - 720°C bo’lgan uchastkadagitermik ta’sir zonasida sodir bo’ladi. Bularning hammasi shuni ko‘rsatadiki, metallning payvandlanuvchanligi metall tarkibiga, uning fizik xossalariga, payvandlash texnologiyasiga (qo‘shilma material, payvandlash rejimi va boshqalami tanlash), buyumning shakli va o ‘lchamlariga, ishlatish sharoitlariga bog‘liq. Metallar payvandlanuvchanligining yagona ko‘rsatkichi yo‘q. Metallarning payvandlanuvchanligi kompleks xarakterga ega bo‘lib, qator ko‘rsatkichlar dastavval payvandlanadigan metall xossasiga bog'liq bo‘ladi.
Payvand birikmani loyihalashda payvandlanuvchanligini aniqlash va metallning darzlar hosil bo‘lish, mo‘rt holatga o‘tish, korroziyalanish, yeyilish va boshqalarga qarshi tinch suyuqlanishini tekshirish maqsadida turli metodikalar hamda texnologik nusxalar qo’llaniladi.
|
| |