• Himoya gazlar muhitida yoy bilan payvandlash usullarining tasnifi
  • Himoya gazlari muhitida payvandlash




    Download 426,11 Kb.
    bet6/16
    Sana18.05.2024
    Hajmi426,11 Kb.
    #241641
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    2MALIKA W

    Himoya gazlari muhitida payvandlash
    Himoya gazlar muhitida payvandlash - bu yoyli payvandlash bo‘lib, bunda yoy va erigan metall, ayrim hollarda esa soviyotgan chok, payvandlash zonasiga maxsus qurilma bilan yetkazib berilayotgan himoya gazlar ta’sirida bo‘ladi, ya’ni havo ta’siridan himoyalanadi. Himoya gazlar muhitida payvandlash g‘oyasini XIX asr oxirida N.N.Benardos taklif etdi. XX asrning 20-yillarida AQShda muhandis Aleksander va fizik Lengmyuriar gaz aralashmalarida o‘zakli elektrod bilan payvandlashni amalga oshirdilar. 1925-yilda Lengmyur erimaydigan volfram elektrod bilan himoya muhiti sifatida vodorodni, ya’ni atom-vodorodli payvandlash usuli sifatida yoyli payvandlashning bilvosita ta’siri orqali payvandlashni ishlab chiqdi. XX asrning 40-yillarida Aviatsion texnika ilmiy-tadqiqot institutida inert gaz muhitida volfram elektrod bilan payvandlash ishlab chiqilui. 1949-yiida elektr payvandlash institutida ko‘mir elektrodi bilan karbonat angidrid gazi muhitida payvandlash ishlab chiqildi. Himoya gazlar muhitida yoy bilan payvandlashda ish unumi yuqori boiadi, bu ishni oson avtomatlashtirish mumkin va melallarni elektrod qoplamalari hamda flyuslar ishlatmasdan payvandlashga imkon beradi. Payvandlashning bu usuli po'lat, rangli metallar va ularning qotishmalaridan konstruksiyalar yasashda keng qo'llanila boshladi.
    Himoya gazlar muhitida payvandlashning afzalliklari quyidagilar:
    - flyus yoki qoplamalar ishlatishga hojat yo‘q, binobarin, choklarni shlakdan tozalashga ham;
    - yuqori ish unumi va manba issiqligining yuqori darajada konsentratsiyalanishi, strukturaviy o ‘zgarishlar zonasini ancha qisqartirishga imkon beradi;
    - chok metali havodagi kislorod va azot bilan kam ta’sirlashadi; - payvandlash jarayonini kuzatib turish qulay;
    - jarayonlami mexanizatsiyalashtirish va avtomatizatsiyalash imkoni bor.
    Himoya gazlar muhitida yoy bilan payvandlash usullarining tasnifi:

    Himoya gazlar muhitida payvandlashni eriydigan va erimaydigan (volfram) elektrodlar bilan bajarish mumkin. Payvand zonasini himoyalash uchun geliy va argon kabi inert gazlar, ba’zan azot, vodorod va karbonat angidrid kabi faol gazlardan foydalaniladi.

    Download 426,11 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 426,11 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Himoya gazlari muhitida payvandlash

    Download 426,11 Kb.