• Himoya gazlar
  • Eriydigan elektrod bilan payvandlash




    Download 426,11 Kb.
    bet8/16
    Sana18.05.2024
    Hajmi426,11 Kb.
    #241641
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
    Bog'liq
    2MALIKA W

    Eriydigan elektrod bilan payvandlash
    Eriydigan elektrod bilan yoyli himoya gazlar muhitida payvandlashda payvand chokning geometrik shakli va uning о lchamlari payvandlash yoyining quwatiga, metalni yoy oraliqlaridan olib o‘tish xarakteriga, shuningdek, yoy oralig'ini kesib o'tuvchi gaz oqimi va metall zarrachalarining suylanga metal vannasi bilan ta’sirlanishiga bog’liq.

    Eriydigan elektrod bilan himoya gazlar muhitida payvandlash jarayonining chizmasi: 1 — elektrod; 3 — soplo; 4 — yoy; 5 — buyum
    Payvandlash jarayonida payvandlash vannasining sirtiga gaz, bug‘ va metall zarrachalari oqimining hisobiga yoy ustuni bosimi ta’sir qiladi, buning natijasida yoy ustuni asosiy metalga botib kirib, suyuqlanish chuqurligini oshiradi. Elektroddan payvandlash vannasiga qarab yo'nalgan metall gazi va bug'larining oqimi elektromagnit kuchlarning siqish ta’siri tufayli hosil bo’adi. Payvandlash yoyining erigan metall vannasiga ta’sir kuchi lining bosimi bilan tavsiflanadi, gaz va metall oqimi qancha konsentratsiyalashgan bolsa, bu bosim shuncha yuqori bo‘ladi. Metall oqimining konsentratsiyasi tomchilarning olcham i kamayishi bilan ortadi, tomchilarning o‘lchami esa metalning. himoya gazi tarkibiga, shuningdek, payvandlash tokining yo‘nalishi va kattaligiga bog‘liq.
    Inert gazlar muhitida elektrodning erishi natijasida hosil bo‘lgan payvandlash yoyi konus shaklida bo’lib, uning ustuni ichki va tashqi zonalaridan iborat. Ichki zona ravshan yorug‘likka va katta haroratga ega bo’adi.
    Ichki zonada metalning ko‘chirilishi sodir bo‘ladi va uning atmosferasi metalning shu’lalanuvchi bug‘lari bilan to’lgan bo‘ladi. Tashqi hudud yorugMigining ravshanligi kamroq boMadi va ionlashgan gazdan iborat bo’ladi.
    Himoya gazlar
    Himoya gazlar, o‘z navbatida, faol va inert himoya gazlarga bo’linadi.
    Inert himoya gazlar. Inert gazlar suyuqlangan va qizigan metall bilan reaksiyaga kirishmaydi va unga singimaydi. Shuning uchun payvandlashning keng tarqalgan turlaridan biri bu inert himoya gazlar muhitida payvandlashdir.
    Payvandlashda hirnoyalovchi inert gazlar sifatida, asosan. argon va geliy gazlari ishiatiladi. Argon, asosan, havo tarkibidan rektifikatsiya usuli bilan olinadi. U havo tarkibining 42 taxminan 0,9325 ini tashkil etadi. Geliy tabiiy gazlar tarkibidan ularni suyuqlantirish usuli bilan ajratib oiinadi.
    Aigon ГOCT 10157-79 asosida 2 ta navda tayyorlanadi:
    - oliy nav — argon tozaligi 99,993%dan kam emas;
    - biririchi nav - argon tozaligi 99,98%dan kam emas.
    Toza argon tarkibida ifloslantiruvchi qoldiq gazlar sifatida azot, kislorod va qismaii namlik uchraydi. Oliy navli argon asosan faolligi yuqon bolgan qiyin eriydigan metallami payvandlashda ishlatiladi (jumladan, titan, sirkoniy, niobiy). Birinchi navli argon, asosan, aluminiy va magniy qotishmalarini eriiadigan volfram elektrodi yordamida payvandlashda hamda maxsus po‘lat va qotishmalarini payvandlashda ishlatiladi.
    Geliy gazi ГУ 51-689-79 texnik shartnoma asosida tayyorlanadi va 2 ta navda yetkazib beriladi.
    - maxsus tozalikdagi geliy -- geliy tozaligi 99,98 %dan kam emas.
    - oliy tozalikdagi geliy - geliy tozaligi 99,00% kam emas.
    Geliy gazining tarkibida ifloslantiruvchi gazlar sifatida karbonat angidrid, is gazi, metan va boshqa uglevodorodlar uchraydiю
    Geliyni himoyalovchi gaz sifatida ishlatganda payvandlash yoyining metall erish chuqurligiga ta’siri oshadi.
    Argon va geliy gazlarining suv sig‘imi 40 litr bo‘lgan ballonlarda 15 MPa bosim ostida saqianadi. Argon ballonlaming rangi “kulrang” boiib undagi “Sof argon” yozuvi esa yashil rangda boiadi. Geliy ballonlaming rangi “qo‘ng‘ir” langda bo lib, undagi '‘geliy” yozuvi esa oq rangda bo‘ladi.
    Har ikkaдa gaz uchun ballonlaming tepa qismi bo'yalmaydi, u yerga ballonlaming pasport ko‘rsatkichlari o ‘yib yozilgan bilan yozilgan boiadi.
    Faol himoyalovchi gazlar. Faol himoyalovchi gazlar qizigan va suyuq metalda yoki singiydi, yoki ular bilan kimyoviy rcaksiyaga kirishadi. Faol himoyalovchi gazlar sifatida poMatlar uchun karbonat angidrid gazi va mis qotishmalarini payvandlashda azot gazi ishiatiladi. Karbonat angidrid gazining solishtirma ogMrligi havo solishtirma og‘irligidan taxminan 1,5 marta og‘ir boigani uchun himoyalash jarayoni birmuncha oson kechadi. Karbonat angidrid himoyalovchi gazining sarf miqdori moMjaldagidan ko'proq olinadi.
    Karbonat angidrid gazi quyidagi xususiyatlarga ega:
    — bosim oshganida suyuqlikka aylanadi;
    — bosimsiz sovitilganida qattiq holatga
    — quruq muzga aylanadi;
    — quruq muz harorat oshganida suyuq holatga o‘tmasdan, to ‘g‘ridan-to‘g‘ri gazga aylanadi.

    CO2 gazi ГОСТ 8050-85 asosan tayyorlanadi va 3 ta navda yetkazib beriladi:


    — oliy navli — C 0 2 tozaligi 99,8%;
    — 1- nav — C 0 2 tozaligi 99,5%;
    — 2- nav — C 0 2 tozaligi 98,8%. Payvandlash ishlari uchun C 0 2 gaz yoki suyuq holatda keltiriladi. Suyuq holatdagi C02 maxsus qurilma yordamida gaz holatiga o‘tkazilib so‘ng payvandlash joyiga quvur o‘tkazgichlar yordamida yetkazib beriladi. 0°C va 760 mm simob ustuni bosimida 1 kg suyuq karbonat angidrid bug’langanida 506,8 dm 3 gaz hosil bo’ladi. Suyuq C 0 2 40 iitr suv sig’imiga ega bo’lgan ballonda 25 kg og’irlikda bo’ladi va gaz holatiga olganda 12,6 m3 hajmni egallaydi.



    Download 426,11 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




    Download 426,11 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Eriydigan elektrod bilan payvandlash

    Download 426,11 Kb.