Erimaydigan elektrodiar bilan payvandlash




Download 426,11 Kb.
bet7/16
Sana18.05.2024
Hajmi426,11 Kb.
#241641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
2MALIKA W

Erimaydigan elektrodiar bilan payvandlash
0 ‘zgarmas tok bilan inert gazlar muhitida yoyli payvandlashda yoyning turg'un yonish sharti — qutblilikni o'zgartirishda zaryadsizlanishning muntazam ravishda tikianib turishidir. Argon va geliy kabi inert gazlarining yoyni yondirish va ionizatsiyalash potensiali kislorod, azot va metall bug'lariga qaraganda yuqori, shuning uchun o’zgaruvchan tok yoyini yondirish uchun salt yurish kuchlanishi oshirilgan ta’minlash manbayi talab etiladi. Payvandlash yoyi inert gazlar (argon yoki geliy) muhitida turg‘un yonadi va uni tutib turish uchun uncha katta kuchlanish talab etilmaydi. Elektronlarning yuqori darajadagi qo‘zg‘aluvchanligi neytral atomlaming ular bilan elektronlar to‘qnashganda yetarlicha uyg'onishi va ionizatsiyalanishini ta’minlaydi.

Volfram katod bo’lgan holda yoy zaryadsizlanishi, asosan, suyuqlanish haroratining yuqoriligi va volframning nisbatan kam issiq o'tkazuvchanligi tufayli sodir bo‘ladigan termoelektron emissiya hisobiga yuz beradi. Bu esa to‘g‘ri va teskari qutblilikda yoyning bir xilda yonmasligiga sabab bo‘ladi, Teskari qutblikda (buyum katod rolini o‘ynaydi - minus) yoyni yondirishdagi kuchlanish to‘g‘ri qutbga nisbatan katta bolishi kerak. Shuning uchun volfram elektrodi bilan payvandlashda metall xossalari bir-biridan ancha farq qiladi, yoy kuchlanishining egri chizig‘i simmetrik shaklga ega bo‘lmaydi, balki unda doimiy tashkil etuvchi paydo bo‘lib, u payvandlash zanjirida tokning doimiy tashkil etuvchisining hosil bo‘lishini yuzaga keltiradi. Tokning doimiy tashkil etuvchisi, o‘z navbatida, transformator o'zagi va drosselda o‘zgarmas magnit maydonni hosil qiladi. Bu hol esa payvandlash yoyi quvvatining kamayishiga va yoyning barqaror bolmasligiga olib keladi. Zanjirda tokning doimiy tashkil etuvchisining yuzaga kelishi payvandlash jarayonining, ayniqsa, aluminiy qotishmalarini payvandlashning normal olib borilishini ta’minlamaydi, chunki payvandlash vannasi, hatto kislorod hamda azot miqdori kam bo‘lganida ham, oksid va nitridlaming qiyin eriydigan pardasi bilan qoplanadi, ular esa qirralarning suyuqlanishiga va chok hosil bo'lishiga to‘sqinlik qiladi.
O'zgaruvchan tok bilan payvandlashda yoyning tozalash ta’siri katodning yonishi tufayli buyum katod rolini o‘ynagan hollardagi yarim davrida namoyon boiadi, chunki bunda oksid va nitrid pardalarining yemirilishi sodir bo'ladi.
Teskari qutbda zichligi kam tokdan foydalaniiadi, lekin amalda bunday yoy ishlatilmaydi. To‘g‘ri qutbda issiqiik elektrod da kam ajraladi, chunki uning ko‘p qismi payvandlanadigan rnetaini suyuqlantirishga sarflanadi.

Download 426,11 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Download 426,11 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Erimaydigan elektrodiar bilan payvandlash

Download 426,11 Kb.