|
Kam legirlangan po'latlarni payvandlash texnologiyasi asoslari
|
bet | 4/16 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 426,11 Kb. | | #241641 |
Bog'liq 2MALIKA WKam legirlangan po'latlarni payvandlash texnologiyasi asoslari.
Kam uglerodli po’latlar qanday texnologiya bo‘yicha payvandlansa, bu po’latlar ham shunday payvandlanadi. O’rtacha legirlangan po’latlaming (ГОСТ 4543-71) uzilishga vaqtinchalik qarshiligining qiymati va mo‘rt holatga o‘tishga qarshi chidamliligi yuqori bo’ladi; shu sababli ular past va yuqori haroratlarda, zarbiy yoki yo‘nalishi o‘zgarib turadigan yuklanishlar agressiv muhitlar ta’sirida va boshqa og’ir sharoitlarda ishlaydigan konstruksiyalar uchun ishlatiladi.O'rtacha legirlangan po’latlar (20ХГСА, 25ХГСА, 30ХГСА, <0X14 11Л, И)ХН2МФА va boshqalar) issiqni sezuvchan bo’ladi, |>ityvaiidliumyotgiiiuln ular toblanishi, o‘ta qizishi, sovuqda darzlar hosil qilishi mumkin, bular ularni payvandlashni qiyinlashtiradi. Tarkibidagi uglerod va legirlovchi aralashmalar miqdori qancha ko‘p va metall qancha qalin bo’lsa, bu po’latlaring payvandlanuvchanligi shunchayomon bo’ladi.
Material:сталь4
Сталь4-konstruksion po’latlar sinfiga kiradi.Konstuksion po’latlar mashinasozlikda mashinalarning detallari va konstuksiyalarini tayyorlash uchun keng ko’lamda ishlatiladigan po’latlar hisoblanadi.Sifatli po’latlar qanday maqsadda ishlatilishiga qarab A,B va C guruhlarga ajratiladi.Сталь4-A guruhiga mansub hisoblanadi. A guruh-odatdagi sifatli po’latlar,kimyoviy tarkibi aniqlanmasdan mexanik xossalari bo’yicha yetkazib beriladi.Bu guruh po’latlari Ст harflari va 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6 raqamlari bilan markalanadi.Raqam qancha katta bo’lsa, po’latning mustahkamligi shuncha yuqori bo’ladi.
Tarkibida ko’pi bilan 0,6% uglerod bo’lgan po’latlarga konstuksion po’latlar deyiladi. Konstruksion uglerodli po'latlar sifatiga ko'ra oddiy sifatli va sifatli, maxsus vazifali guruhlarga bo'linadi. Oddiy sifatli po'latlar muhim bo’lmagan qurilish konstruksiyalarini, mahkamlash detallarini, listlarni, trubalarni, parchin mixlar, relslar, vallar. flanetslar, kulachoklar va hokazolarni tayyorlashda ishlatiladi. Sifatli konstruksion po'lat plastikligi yuqori, zarbga qarshiligi katta detallarni, chunonchi tishli g'ildiraklar, vintlar, sementatsiya qilinadigan detallar tayyorlashda ishlatiladi. Sifatli po'latda oddiy po'latdagiga nisbatan oltingugurt va fosfor kamroq bo’ladi. Oddiy sifatli konstruksion uglerodli po’latlar ГОСТ 380-71 ga muvofiq ishlab chiqariladi. Ular kislorodli konvertorlarda, marten pechlarda suyultiriladi va uchta: А, Б, В guruhga bo'linadi. A guruhdagi po'latlar mexanik tavsifnomalari bo’yicha yetkazib beriladi.
0x14>
|
| |