|
Atom yadrosining asosiy xususiyatlari
|
bet | 3/9 | Sana | 10.12.2023 | Hajmi | 46,03 Kb. | | #115115 |
Bog'liq Mundarija kirish i-bob. Atom yadrosining tarkibi-fayllar.orgAtom yadrosining asosiy xususiyatlari. Atom yadrosi turg‘un (barqaror) yoki radioaktiv bo‘lishi mumkin. Bu yadrolar massa soni A,elektr zaryadi Z, massasi M, massasiga bog‘liq to‘la bog‘lanish energiyasi Eb, radiusi (o‘lchami) R, spini I, magnit momenti μ, elektr kvadrupol momenti Q, izotopik spini T va shu yadroning to‘lqin funksiyasiga xos bo‘lgan juftligi π bilan xarakterlanadi. Radioaktiv yadrolar yana yemirilish turi, yarim yemirilish davri, yemirilish natijasida hosil bo‘lgan α, β, γ nurlarning energiyasi bilan ham xarakterlanadi.
Atom yadrolari yana o ‘zlarining energetik holatlari bilan xarakterlanib, eng kichik energiyali holatiga yadroning asosiy holati va undan yuqori energiyaga ega bo‘lgan holatlarga uyg‘ongan holatlar deb ataladi. Yuqorida sanab o‘tilgan yadro xususiyatlarining deyarli hammasi yadroning asosiy holatlari uchun ham, uyg‘ongan holatlari uchun ham xosdir. Massa soni A va zaryadi Z dan tashqari hamma xususiyatlari holat energiyasi o‘zgarganda o‘zgarishi mumkin. Uyg‘ongan holatdagi yadro xususiyatlariga yana yadroning bir energetik holatdan ikkinchisiga o ‘tish usuli, yadroviy reaksiyalar ko‘rilganda zarraning yadro bilan yoki yadrolarning o‘zaro ta’sirlashish kesimi va yadroviy reaksiyalarda ajralgan energiya, ikkilamchi zarralarning burchak taqsimoti va boshqa kattaliklar bilan xarakterlanadi.
1.2. Massa soni, atom yadrosining zaryadi va massasi
Atom yadrosi proton va neytrondan tashkil topganligi aniqlangach, protonlar soni Z va neytronlar soni N birgalikda massa soni A deb atala boshlandi. Bunda: A=Z+N. Barcha yadroviy reaksiyalarda massa soni saqlanadi. Bunda nuklonlar yoki barion soni saqlanishi deb ham ataladi.
Yadroni belgilashda kimyoviy belgisi quyidagicha ifodalanadi: .
Bunda: X-kimyoviy belgisi; A-massa soni; Z-yadro zaryadi.
Masalan, , geliyning massa soni-4, zaryadi-2, neytronlari-2. Uranda massa soni-235, zaryadi-92, neytronlari-143 ta.
Massa soni massa atom birligida hisoblangan yadro massasidan-1 % gacha farq qilishi mumkin.
Atom yadrosining yana muhim xususiyati zaryaddir. Yadro zaryadi yadroni tashkil etgan zarralar zaryadlari yig‘indisiga teng bo‘lishi kerak.
Yadro proton va neytronlardan iborat ekan, neytron zaiyadsiz neytral zarra. U holda yadro zaryadi protonlar zaryadlari yig‘indisiga teng bo‘ladi. Proton zaryadi musbat miqdor jihatdan elektron zaryadiga teng: e — 1,6·10-19 Kl. Shunday qilib, tartib nomeri Z bo‘lgan biror element atomining yadrosi Ze zaryadga ega.
Masalan: —geliy yadrosi uchun Z=2, zaryad miqdori +2e;
-Kislorodda massa soni-16, zaryadi-8, neytronlari-8.
— uran yadrosi uchun Z=92, zaryad miqdori +92e.
Yadro zaryadi yadroda protonlar sonini xarakterlaydi, lekin yadroda zaryad taqsimotini anglatmaydi.
Yadro zaryadi yadrodagi protonlar soniga o‘z navbatida atom qobigMdagi elektron soniga (atom har doim neytral bo‘lgani uchun ) yoki Mendeleyevning elementlar davriy sistemasidagi tartib raqamiga teng.
Yadro zaryadini aniqlashning ko‘pgina usullari mavjud:
1.1913-yilda kashf etilgan ingliz olimi Mozli qonuniga ko‘ra, yadro zaryadi ushbu yadro atomi qobig‘dan chiqayotgan xarakteristik rentgen nurlar chastotasi ν quyidagi bog‘lanishga ega:
√ν =AZ-B
Xarakteristik rentgen nurlanishi atomning ichki (masalan, K, L, M va h.k.) qobiqlarida hosil bo‘lgan bo‘sh o‘rinlarni yuqori qobiqdagi elektronlar egallaganda hosil bo‘lar edi. Nurlanish seriyalardan iborat bo‘lib, berilgan nurlanish seriyasi uchun A va В o‘zgarmas koeffitsientlar element turiga bog‘liq emas. Demak, A va B koeffitsientlar ma’lum bo‘lsa, xarakteristik rentgen nurlanish chastotasini ( ν ) tajribada o‘lchab, elementning tartib nomeri Z ni aniqlash mumkin.
2.Atom yadrosining zaryadini 1920-yilda Chadvik qo‘llagan usul bilan ham aniqlash mumkin. Bunda a-zarralarning yupqa metall yaproqcha (plyonka)lardan sochilishi uchun Rezerford keltirib chiqargan formuladan foydalaniladi:
dN/N0=nd(Ze2/mαʋ)2 dΩ/sin4(θ/2) (2)
bunda: dN-θ burchak yo‘nalishidagi dΩ fazoviy burchak ichida sochilgan α-zarralar soni:
N0— zarralarning dastlabki soni;
n-muhitning hajm birligidagi yadrolar soni;
d-muhit qalinligi.
ko‘ra aniqlash mumkin.
3. Elektr zaryadning miqdori barcha yadro jarayonlarda saqlanadi. Bunga elektr zaryadning saqlanish qonuni deb ataladi. Shunga ko‘ra, yadro reaksiyalar va yemirilishlarida zaryad balansiga xususiyatlardan biri bo‘lib, jismning inersiya, gravitatsiya va energiya o‘lchamlari bo‘lib xizmat qiladi.
|
| |