|
Solishtirma bog‘lanish energiyasi
|
bet | 8/9 | Sana | 10.12.2023 | Hajmi | 46,03 Kb. | | #115115 |
Bog'liq Mundarija kirish i-bob. Atom yadrosining tarkibi-fayllar.org2.2 Solishtirma bog‘lanish energiyasi
. Yadro bog‘lanish energiyasining bitta nuklonga to‘g‘ri keluvchi qiymati solishtirma bog‘lanish energiyasi deb ataladi:
Yadroning mustahkamligini xarakterlashda bog‘lanish energiyasidan tashqari zichlashish koeffitsienti ishlatiladi. Har bir nuklonga to‘g‘ri keluvchi defekt massaga zichlashish koeffitsienti deb ataladi.
Mavjud yadrolar solishtirrna bog‘lanish energiyasining massa soniga
bog‘liqlik grafigi 3-rasmda keltirilgan.
3-rasm. Solishtirma bog‘lanish energiyasining massa soniga bog‘liqligi. Solishtirma bog‘lanish energiyasi juda yengil elementlardan tashqari barcha elementlar uchun taxminan bir xildir. Massa soni A>11 bo‘lgan yadrolarda o‘rtacha solishtirrna bog‘Ianish energiyasi 7,4 dan 8,8 MeVgacha. Eng katta qiymat
( 8,8 Me V) massa sonlari A = 60 (temir va nikel)ga yaqin sohasiga to‘g‘ri keladi. Argon A = 40 dan qalay A = 120 gacha bo‘lgan oraliqda
E = 8,6 MeV deyarli o‘zgarmaydi. Og‘ir elementlartomoniga brogan sari egrilikning maksimumdan pasayishi ancha sekin sodir bo‘ ladi. Nihoyat, eng og‘ir yadrolarda bir nuklonga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha solishtirma bog‘lanish energiyasi taxminan 7,5 MeV ni tashkil etadi. Ancha yengil elementlartomon pasayishi A ning kamayib borishi bilan tezroq sodir bo‘ladi. Solishtirma bog‘lanish energiyasi yadrodagi nuklonlarning (proton va neytronlaming) toq yoki juftligiga bog‘liq ekan. Odatda juft-juft yadrolaming bog‘lanish energiyasi toq-toq yadrolarning energiyasidan sezilarli katta bo‘ladi. Juft-toq yoki toq-juft yadrolarning energiyasi ham juft-juft va toq-toq yadrolar bog‘lanish energiyalaridan farq qiladi. Eng katta bog‘lanish juft-juft yadrolarga, eng kuchsiz bog‘lanish toq-toq yadrolarga to‘g‘rikeladi. Haqiqatan, har xil element izotoplarining barqarorligi Z va N larning juft yoki toqligiga bog‘liq. Masalan, turg‘un izotoplarning ko‘pchiligida A juft bo‘ladi. Juft-toq va toq-juft yadrolarning turg‘unligi juft-juft yadrolarnikiga nisbatan kamroq. Toq-toq yadrolarning ko‘pchiligi beqarordir. Tabiatda faqat 4 ta turg‘un toq-toq yadrolar uchraydi , , , . Proton va neytronIar soni "sehrli" sonlar deb nom olgan 2, 8, 20, 50, 82, 126 sonlarga teng bo‘lganda yadrolar, ayniqsa, katta turg‘unlikka ega bo‘lib, tabiatda keng tarqalgan. Ayniqsa, ham protonlari, ham neytronlari soni "sehrli" sonlarga teng bo‘lgan yadrolar juda katta turg‘unlikka ega bo‘lib, ular ikki karra "sehrli" yadrolar deb ataladi. Tajribada aniqlangan yadro bog‘lanish energiyasini tahlil qilishlik ko‘pgina yadro xususiyatlari to‘g‘risida xuIosalar chiqarish imkoniyatini beradi. O‘rtacha solishtirma bog‘lanish energiyasi ko‘pgina yadrolar uchun 8MeV/nuklonga teng. Bu elektronning atomda bog‘lanish energiyasidan juda katta. Masalan, vodorod atomida elektronning bog‘lanish energiyasi (ionizatsiya energiyali) 13,6 eV. Eng og‘ir element atomlarida ham K-elektronning bog‘ lanish energiyasi 0,1 MeV dan oshmaydi. Demak, yadro kuchlar ta'siri tufayli nuklonlar yadroda bir-biri bilan juda qattiq bog‘langan. Shuning uchun ham tabiatda uchraydigan gravitatsiya, elektromagnit va kuchsiz o‘zaro ta'sirlardan farqli ravishda yadroviy kuch kuchli o‘zaro ta'sir etuvchi kuch deb ataladi. 2. Solishtirma bog‘lanish energiyasining o‘rtacha qiymati (8 MeV/nuklon) o‘zgarmas bo‘lishligi yadro kuchlar qisqa masofada ta'sirlashuv xarakteriga ega deyishlikka asos bo‘ladi. Ta'sir sferasi nuklonlar o‘lchamidan, hatto, undan ham kichik, yadroda har bir nuklon o‘ziga yaqin turgan nuklonlar bilangina ta'sirlasha oladi deb qaraladi. Haqiqatan ham, yadrodagi A-nuklon qolgan (A-1) nuklonlar bilan ta'sirlashganda bog‘lanish energiyasi E ~ A(A-1) massa soni A2 ga bog‘liq bo‘lgan bo‘lar edi. Aslida bog‘lanish energiyasi E = A massa sonining birinchi darajasiga bog‘liq, demak, yadro kuchlar to‘yinish xarakteriga ham ega ekan. 3. Yadro energiyasi qaysi jarayonlarda vujudga kelishligi qancha energiya ajratishligini bilish mumkin.
Yengil yadrolar qo‘shilib (sintez) og‘irroq yadrolar hosil qilishsa, solishtirma bog‘lanish energiyalari farqiga to‘g‘ri keluvchi energiya ajraladi (termoyadro reaksiyasi). Bundan tashqari, og‘ir yadrolar bo‘linishidan o‘rta yadrolar hosil bo‘lsa ham yadro energiyalari ajralishi mumkin ekanligi aniqlandi.
|
| |