Mundarija: Kirish i-bob. Axborot tizimlari interfeyslarini qo’llash va ularning ahamiyati




Download 33.8 Kb.
bet1/3
Sana17.04.2024
Hajmi33.8 Kb.
#198778
  1   2   3
Bog'liq
yangi.01
ehm-va-mb-rasmiy-royxatdan-otkazish-uchun-ariza, matematika ix sinf, algebra 7, 111, 10-АМАЛИЙ, Документ Microsoft Word, 2 5409082645806056083, 23-Labaratoriya ishi Dasturiy taminot uchun texnik topshiriq ishl, ILMIY TATQIQOT METOLLOGIYASI FANIDAN MUSTAQIL TA\'LIM3, 7-mavzu, Doc2, 1 маъруза тақдимоти, Bilimlar ombori va Ekspert tizimlari, Микропроцессор. Унинг структураси, mashq

Mavzu: Shifohonaga kelgan bemorlar haqida maʼlumot beruvchi axborot interfeysini loyihalash va ishlab chiqish
Mundarija:
Kirish
I-bob. Axborot tizimlari interfeyslarini qo’llash va ularning ahamiyati
1.1. Axborot tizimlari interfeyslari haqida umumiy tushunchalar
1.2. Axborot tizimlari interfeyslari vazifalari va qo‘llanish sohalari
1.3. Axborot tizimlari interfeyslari turlari va ularning imkoniyalari
1.4. Masalaning qo‘yilishi va uning dolzabligi
II -bob. Shifohonaga kelgan bemorlar haqida ma’lumot beruvchi axborot interfeysining strukturasi va uning Tahlili
2.1. Shifohonaga kelgan bemorlar haqida ma’lumot beruvchi axborot interfeysni yaratishda foydalaniladigan dasturiy vositalar tahlili.
2.2. Shifohonaga kelgan bemorlar haqida axborot interfeysni yaratishda foydalaniladigan dasturiy vositaning imkoniyalari
2.3. Shifohonaga kelgan bemorlar haqida ma’lumot beruvchi axborot interfeysining yaratish texnologiyasini ishlab chiqish
2.4. Shifohonaga kelgan bemorlar haqida na’lumot beruvchi axborot interfeysining yaratish texnologiyasini ishlab chiqish
III-BOB. Shifohonaga kelgan bemorlar haqida ma’lumot beruvchi axborot interfeyslarini loyihalash uslublari va yaratish texnologiyasi
3.1. Shifohonaga kelgan bemorlar haqida ma’lumot beruvchi axborot interfeysi uchun ma’lumotlar bazasi strukturasini ishlab chiqish
3.2. Shifohonaga kelgan bemorlar haqida ma’lumot beruvchi axborot interfeysi uchun shakl (forma) va so‘rovlar(zaprosi) yaratish
3.3. Shifohonaga kelgan bemorlar haqida ma’lumot beruvchi axborot interfeysi uchun hisobot yaratish
3.4. Shifohonaga kelgan bemorlar haqida yaratilgan ma’lumot beruvchi axborot interfeys dasturidan foydalanish yo‘riqnomasi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Ilova (Natija, izohlari bilan)
Kirish
Axborot - kommunikatsion texnologiyasi (AKT) haqida tushuncha. Bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasi respublikamizning rivojlanishida muhim o‘rin tutib kelmoqda. O‘tgan yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan yurtimizda axborot texnologiyalarini keng joriy qilish va rivojlantirish borasida olib borgan siyosati hozirgi kunga kelib o‘z natijalarini ko‘rsatmoqda.
Hozirgi vaqtda turli xil talablarni qondirish va tezkor e’tiborga olish, ilm-fanning ishlab chiqarish tarmoqlarini, ayniqsa, elektronika, hisoblash texnikasi, tele- kommunikatsiya vositalarini ishlab chiqarishni rivojlantirish muammolarini keltirib chiqaradi.
Shu kabi muammolar yechimining topilishi axborotlashtirish jarayonlarini tezlashtirishga sharoit yaratib, uning ulkan imkoniyatlaridan samarali foydalanishni, bozor munosabatlari iqtisodiyotining o‘ta muhim mezoni bo‘lgan raqobatchilikning ta’sirini kuchaytirishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng 1993-yilda ilk bor «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi va shu asosda barcha sohalarda, shu jumladan oliy ta’limda ham kompyuterlashtirish jarayonlariga keng yo‘l ochildi va imkoniyatlar yaratildi.
Axborotlashtirish zamonaviy dunyo taraqqiyotining eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanib, jahon fan-texnikasining iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot yutuqlarini o‘zida mujassamlashtiradi.
AKT fanining maqsadi talabalarda kompyuter texnika va dasturlarida ishlash, Internet tarmog'idan yanada samarali foydalanish, iqtisodiy-moliyaviy axborotlami shakllantirish, saqlash, uzatish va ular bilan jarayonlar olib borish, ya’ni, ishlov berish hamda shular asosida masala qo‘yib uni yechish ko‘nikmalarini va iqtisodiy-moliyaviy sohalarda joriy qilingan axborot texnologiyalari to‘g‘risida bilimlar berishdan iborat.
AKT fanining predmeti-kompyuter va axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, amaliyotda qo‘llash jarayonlari, barсha sohalarga joriy qilingan axborot texnologiyalari to‘g‘risidagi bilimlar hisoblanadi.
Axborot texnologiyasi masalalarni hal qilishda quyidagi asosiy jarayonni o‘z ichiga oladi:
1.Axborotni yig‘ish va ro‘yxatdan o‘tkazish.
2.Uni qayta ishlash, joyiga uzatish.
3.Ma’lumotlarni kodlashtirish.
4.Ma’lumotlarni saqlash va izlash.
5.Iqtisodiy axborotlarni qayta ishlash.
6.Axborotni chop etish va axborotdan foydalanish.
7.Qaror qabul qilish va boshqaruv ta’sirini ishlab chiqish.
Zamonaviy AKT-ning va ularni amalga oshirish vositalarini juda tez rivojlanishi informatsion jamiyatning shakllanishini oldindan belgilab beradi.
Bunday jamiyatda inson faoliyatining hamma sohalarida mehnat qilayotganlarning mutlaq koʼpchiligi axborotlarni ishlab chiqish, saqlash, qayta ishlash, va uning eng yuqori shakli-bilimlarni tarqatish bilan shugʼullanadi.
Bugungi kundagi zamonaviy axborot tizimi tushunchasi axborotga ishlov berishning asosiy texnik vositasi sifatida shaxsiy kompyuterlardan foydalanishni nazarda tutadi.
Axborot tizimlarining qoʼllanilish sohalari turli tumandir. Shuningdek har bir tizimga xos boʼlgan hususiyatlar va oʼziga xosliklar ham turli tumandir.
Muayyan axborot tizimining hususiyatlari majmuyini belgilovchi koʼplab omillar orasidan uchta omilni ajratib koʼrsatish mumkin, bular:
1.Tizimning texnik darajasi,
2.Ishlov berilayotgan axborot xarakteri,
3.Axborotning ishlatish maqsadlari, yani ushbu tizim hal qilishda yordam berishi moʼljallangan vazifalar doirasi.
Avtomatlashtirilgan hisoblash tizimidan foydalanuvchi nafaqat qayta ishlashning aniq bosqichlarini, balki tizimdan foydalanish qulayligini ham kutish huquqiga ega. Bu shuni anglatadiki, kompyuter tizimidan foydalanishda odam oʼz ish uslubini sezilarli darajada oʼzgartirmasligi kerak.
Inson-kompyuter interfeysi foydalanuvchi bevosita aloqa qiladigan avtomatlashtirilgan hisoblash tizimining barcha jihatlarini oʼz ichiga oladi. Interfeys - turli xil manbalarda (lugʼatlar, darsliklar va boshqalar) bu tushuncha har xil talqin yetiladi. Interfeys - bu mustaqil tizimning boshqa turiga kiradigan va oʼzaro aloqada boʼladigan yoki u bilan aloqada boʼlgan joy.
Ingliz tilida bu soʼz ikkita versiyada ishlatiladi: ot va feʼl sifatida. Yuqori darajada ixtisoslashgan “interfeys” - atamasini kengaytirib, u kirish va chiqish moslamalarini va ularga xizmat koʼrsatuvchi dasturlarni birlashtirgan deb aytishimiz mumkin.
Keng maʼnoda, interfeys foydalanuvchiga kompyuter bilan oʼzaro aloqada boʼlishga yordam beradigan barcha narsalarni, shu jumladan hujjatlar, oʼqitish va texnik yordamni oʼz ichiga oladi. Interfeys (ing. - interface) - bu oʼzaro taʼsir, aloqa, birlashtirish, muvofiqlashtirish vositasidir.
Interfeys— texnik va programmalash vositalari majmui; hisoblash, boshqarish yoki oʻlchash tizimlari (EHM ning opera-tiv va tashqi xotira qurilmasi)dagi turli funksional qurilmalarning oʻzaro taʼsirini taʼminlaydi. U uzatilayotgan axborotlarni kodlash va sinxronligiga nisbatan belgilangan qoida hamda kelishuvga muvofiq tayyor modullardan sistemani, qurilmalarning mexanik va elektr birikmalarini sig-nad koʻrinishida (axborotlar va boshqa shaklida) toʻplashga imkon beradi.
Kompyuter ishlashi uchun apparatli ta’minotdan tashqari dasturiy ta’minot ham muhim ahamiyatga egadir. Kompyuter tizimini tashkil etuvchi bu ikki vositaning oʻzaro aloqasi interfeys deyiladi.
Interfeys bir necha turga boʻlinadi,
ya’ni: apparatli interfeys; dasturiy interfeys;
apparatli-dasturiy interfeys.
Apparatli interfeysni kompyuter qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar ta’minlaydi. Dasturiy ta’minot bilan apparatli ta’minot oʻrtasidagi mutanosiblikni operatsion sistema boshqaradi. Kompyuterli tizim samarali ishlashi uchun apparatli va dasturiy ta’minotdan tashqari foydalanuvchi qatnashadi. kompyuterda ishlashi jarayonida uning apparatli ta’minoti bilan ham, dasturiy ta’minoti bilan ham aloqada boʻladi. Insonning dastur bilan va dasturning inson bilan muloqatga kirishish usuli foydalanuvchi interfeysi deyiladi.
Dasturlar xilma-xil boʻlgani uchun ularning interfeysi ham turlicha boʻladi. Foydalanuvchi interfeysini xususiyatlariga koʻra bir nechta turga ajratish mumkin. Dasturning ishlash muhitiga qarab, dastur nografik yoki grafik interfeysga ega boʻladi.
Fanning asosiy vazifasi – axborot tizimlarining interfeysini loyihalash va amaliy masalalarni yechish uchun effektiv dasturlar yaratish hamda o’quv jarayonlarga tadbiq etish usullari va ularning o’ziga hos xususiyatlarini o’rgatishdan iborat.
Men kurs loyiha ishi topshirig’i sifatida shuni ma’lum qilamanki “Shifohonaga kelgan bemorlar haqida maʼlumot beruvchi axborot interfeysini loyihalash va ishlab chiqishdir” shu mavzuga oid kurs loyiha qilishga qaror qildim.
Berilgan topshiriqni amalga oshirish foydalanuvchiga bir qancha qulaylik taqdim etadi. Bunda foydalanuvchi Shifohonaga kelgan bemorlar haqidagi ma’lumotlarni va xizmatlarni o‘ziga qulay va oson usulda so‘rovlar, formalar yordamida topa oladi. Bu kurs loyiha ishining asosiy maqsadi har doim foydalanuvchi o‘zi qidirgan ma’lumotini oson usulda topa olishi va uning tushunarli, aniq bo‘lishidan iborat.
Shunday ekan menga berilgan topshiriqni yaratish mobaynida uning imkoniyatlari, foydalanuvchiga qanchalik qulayligi, berilayotgan ma’lumotlarning aniqligi, tezkorligi va ishonchliligiga ahamiyat berishim kerak.


Download 33.8 Kb.
  1   2   3




Download 33.8 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mundarija: Kirish i-bob. Axborot tizimlari interfeyslarini qo’llash va ularning ahamiyati

Download 33.8 Kb.