• Matnli izohlar maydoni
  • MATLAB dasturlash tili.
  • Mundarija kirish I. Bob. Mathlab dasturi va uning imkoniyatlarining nazariy asoslar




    Download 303,03 Kb.
    bet9/9
    Sana30.05.2024
    Hajmi303,03 Kb.
    #257636
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Asadbek BMI

    Buyruqlar oynasi - buyruqlar satridan tashkil topgan. Har bir buyruq satri >> belgisi (bu belgi avtomatik tarzda buyruqlar satrining boshida bo‘ladi va uni yozish shart emas) bilan boshlanadi;

  • Natijani chiqarish maydoni - kiritilgan buyruqlarni qayta ishlangandan so‘ng hosil bo‘lgan ma’lumotlar (analitik ifodalar, natijalar va xabarlar) ni o‘z ichiga oladi;

    1. Matnli izohlar maydoni - ro‘y bergan xatoliklar yoki bajarilgan buyruqlarga izohlar, turli xarakterdagi xabarlar.

    MATLAB dasturining buyruqlar satrida buyruqlar Enter tugmasini bosish (bir marta) orqali amalga oshiriladi.
    Toolboxlar muayyan sohaning masalalarini yechishga mo‘ljallangan tizim qismi bo‘lib, dastur versiyasiga qarab to‘ldirilib borilgan.
    Foydalanuvchi tomonidan MATLAB dasturini besh qismga ajratgan holda o‘rganilishi mumkin:

    1. MATLAB dasturlash tili;

    2. MATLAB muhiti;

    3. boshqariluvchi grafika;

    4. matematik funksiyalar kutubxonasi;

    5. dasturiy interfeys;

    MATLAB dasturlash tili. MATLAB dasturlash tilida boshqa turdagi dasturlash tillari kabi lotin alifbosining barcha katta va kichik harflari, 0 dan 9 gacha arab raqamlaridan foydalaniladi. Katta va kichik harflar, xuddi C++ dasturlash tilidagidek, ham o‘zgaruvchi sifatida, ham o‘zgarmas sifatida bir-biridan farq qiladi. Lotin alifbosi harflaridan tashqari, klaviaturadagi barcha maxsus belgilardan foydalaniladi.
    O‘zgaruvchi nomi nechta va qaysi turdagi belgi yoki belgilardan iborat bo‘lishidan qat'iy nazar, lotin harflaridan boshlanib, 63 ta belgidan oshmasligi shart. Katta va kichik harflar bir-biridan farq qiladi. Agar buyruqlar satrida o‘zgaruvchi nomi yozilmay bajarilsa, buyruq natijasi maxsus ans (inglizcha answer-javob) o‘zgaruvchisi orqali beriladi. Ishchi oynadagi o‘zgaruvchilar haqidagi ma’lumotlarni who yoki whos buyruqlari orqali ko‘rish mumkin.
    MATLAB da barcha ma’lumotlar matritsa yoki massiv ko‘rinishida (“MATLAB” so‘zi inglizcha “Matrix Laboratory”, ya’ni “Matritsali Laboratoriya” so‘zlarining qisqartirilgan ifodasidir) tasvirlanadi. Hattoki, skalyar o‘zgaruvchilarni umumiy holda 1x1 o‘lchovli massiv(matritsa) deb qarash qabul qilingan. Shuning uchun ham massiv va matritsalar ustida ishlash, MATLAB da samarali ishlashda muhim ahamiyatga ega.
    Massiv – bir turdagi ma’lumotlarning raqamlangan va tartiblangan to‘plamidir. O‘zgaruvchilar to‘plangan massivning nomi bo‘lishi shart. Massivlar o‘lchovi yoki o‘lchami bilan (bir o‘lchovli, ikki o‘lchovli, ko‘p o‘lchovli) bir-biridan farq qiladi. Massiv elementlariga murojaat qilish indekslar orqali amalga oshriladi. MATLAB da massiv elementlarini raqamlash birdan (1) boshlangani uchun indekslari birga teng yoki katta bo‘ladi.
    Download 303,03 Kb.
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 303,03 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mundarija kirish I. Bob. Mathlab dasturi va uning imkoniyatlarining nazariy asoslar

    Download 303,03 Kb.