• Matrix Laboratory
  • Mathlab dasturi imkoniyatlari va undan foydalanish




    Download 303,03 Kb.
    bet7/9
    Sana30.05.2024
    Hajmi303,03 Kb.
    #257636
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Asadbek BMI

    1.2.Mathlab dasturi imkoniyatlari va undan foydalanish
    MATLAB dasturi haqida asosiy tushuncha.
    MATLAB tizimi – kompyutеrda turli yo‘nalishdagi: matematika, fizika, mexanika, texnologik jarayonlar boshqaruvi va muhandislik masalalarini yechish, turli xil energetik, mexanik va dinamik tizimlarni modellashtirish, loyihalash, tavsiflash va tahlil qilish masalalarining aniq, tеz va samarali hal etish uchun mo‘ljallangan tizim va turli xil soha foydalanuvchilarga mo‘ljallangan dasturlash tilidir.
    MATLAB tizimi dasturlash tili sifatida 1970-yillarning oxirida professor Kliv Mouler (Clive Mouler) tomonidan yaratilgan. Tez orada bu til amaliy matematika sohasidagi olimlar tomonidan iliq kutib olinib, ommalashib ketdi. Internet yaratilguncha, MATLAB dasturining versiyalari Fortranda yozilgan bo‘lib, ochiq kodga ega edi. The MathWorks firmasi tashkil etilganidan C dasturlash tilida kutubxonalari rivojlantirildi. MATLAB atamasi inglizcha Matrix Laboratory so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, matritsa laboratoriyasi degan ma’noni anglatadi. MATLABda matematik hisoblashlar va modellash algoritmlarini yaratish, ma’lumotlarni tahlil, tadqiq qilish hamda vizuallashtirish, ilmiy va muhandislik grafikasi va ilovalarni loyihalash va boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin.
    MATLAB yordamida aniq masalalarni yechish boshqa skalyar dasturlash tillaridagiga (masalan, C++) nisbatan bir necha marta tez bajariladi. MATLABning boshqa dasturlash tillaridan farq qiluvchi xususiyati shuki, u o‘z ishida ma’lumotlarni matritsalar shaklida tashkil etish usulidan foydalaniladi.
    MATLAB tizimi ikkita katta qismlardan tashkil topgan: MATLAB yadrosi va qo‘shimcha kutubxonalar (yoki “TOOLBOXES” – “asboblar majmualari”).
    MATLAB yadrosi asosiy funksiyalarni va umummo‘ljallangan amallarni ta’minlaydi. Kutubxonalar esa maxsus ixtisoslashgan funksiyalarni saqlaydi va bu ixtisoslashgan funksiyalar foydalanuvchilarga qat’iy aniqlangan sohada hisoblashlarni va ma’lumotlarni qayta ishlash imkoniyatini beradi. MATLAB Toolboxlari funksiyalarning ma’lum maqsadga ko‘ra yig‘ilgan tizimli majmuasi bo‘lib xususiy masalalarni yechish uchun xizmat qiladi.
    Keyingi yillarda loyihachilar matematik tizimlarning integratsiyalashuviga va ulardan birgalikda foydalanishga katta e’tibor bermoqdalar. Murakkab matematik masalalarni bir necha tizimlar yordamida yechish eng yaxshi va mos vositalarni tanlash imkoniyatini beradi, shuningdek, olinadigan natijalarning ishonchliligini orttiradi.
    Foydalaniluvchi tizimning hisoblash tarkibi M-fayl matnli formatga ega bo‘lganligi sababli unga har qanday yangi buyruqni, operatorni yoki funksiyani kiritishi mumkin. Keyin undan biriktirilgan funksiya yoki operator kabi foydalana oladi. Bunda Basic, C yoki Paskal dasturlash tillaridan farqli ravishda yangi funksiyalarni e’lon qilish shart emas. Bu jihatdan MATLAB Logo va Fortran tillariga o‘xshash, lekin MATLABda yangi ma’lumotlar fayl ko‘rinishida diskda saqlanishi sababli operator va funksiyalar soni amalda chegaralanmagan. MATLAB muhitida ishlaganda foydalanuvchi avvalroq yaratilgan va diskda saqlab qo‘yilgan ma’lumotlarni (o‘zgaruvchilarni), hamda joriy seansda diskdagi fayllarda yaratilgan ma’lumotlar yozuvlarini ishchi oynaga yuklash imkoniyatiga egadir. Tizimning tayanch so‘zlar to‘plamiga maxsus belgilar arifmetik ishoralar va mantiqiy amallar, arifmetik, algebraik, trigonometrik va boshqa maxsus funksiyalar, Furening tezkor o‘zgartirish funksiyalari va filtrlash, vektor va matritsaviy funksiyalar, kompleks sonlar bilan ishlash uchun vositalar, Dekart va qutbli koordinatalar tizimlarida grafiklar qurish uchun operatorlar, uch o‘lchamli sirtlar va boshqalar kiradi. Umuman olganda, MATLAB tayyor vositalarning katta to‘plamini taqdim etadi (ularning katta qismini – m-fayllar ko‘rinishidagi tashqi kengaytmalar tashkil etadi.
    Аsosiy tushuncha “bajarish orqali o‘rganish” hisoblanadi. Shu sababli o‘rganishning eng yaxshi yo‘li foydalanuvchining o‘zi harakat qilishidir. MATLAB buyruqlarining o‘rganilishiga asosiy yo‘l bu misollar orqali o‘rganish hisoblanadi. Ushbu mavzuda MATLAB qay darajada tenglamalar va matematik hisoblashlarning boshqarilishi yoki bajarilishi mumkinligi to‘g‘risida aytib o‘tilgan.
    MATLAB yuqori darajali dasturlash sifatida uchta asosiy konsepsiyasini ilgari suradi:

    • protsedura funksiya modullarini yaratishga asoslangan protsedurali modulli dasturlash;

    • obyektga yo‘naltirilgan dasturlash;

    • Foydalanuvchi grafikli interfeys yaratish uchun mo‘ljallangan vizual yo‘naltirilgan dasturlash.

    Texnikaviy muammolarni yechishda MATLAB dasturi boshqa odatiy kompyuter dasturlari bilan qiyoslaganda juda ko‘p ustunligi mavjuddir. Bu amaliy dasturiy paket 1984-yildan beri ishlatilib, hozirda u ko‘pgina ilmiy tadqiqot muassasalar va oliy o‘quv yurtlarda standart vosita hisoblanadi.
    Tizimning so‘nggi versiyalari matematik immitatsion modellashtirish natijalarini tezkorlik bilan olish uchun 64 razryadli va ko‘p yadroli mikroprotsessorlarni talab qiladi.

    Download 303,03 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 303,03 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mathlab dasturi imkoniyatlari va undan foydalanish

    Download 303,03 Kb.