Mundarija kirish I bob. Tabiiy yorug’lik manbalari va ularning xususiyatlari




Download 201,98 Kb.
bet3/16
Sana12.02.2024
Hajmi201,98 Kb.
#155334
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Mundarija kirish I bob. Tabiiy yorug’lik manbalari va ularning x

Yorug’likning tarqalish tezligi. Yorug’lik juda katta tezlik bilan tarqaladi. Havoda yoki havosiz bo’shliqda и 1 sekundda 300 000 000 metr masofani bosib o’tadi. Demak, yorug’likning havodagi yoki bo’shliqdagi (kosmosdagi) tezligi с=300000000 m/s=3•108m/sekan. Yorug’likning bo’shliqdagi tezligini lotincha «c» harfi bilan belgilash qabul qilingan. Bu tabiatda bo’lishi mumkin bo’lgan tezliklar ichida eng kattasidir. Hech bir jism, zarra bunday katta tezlik bilan harakat qila olmaydi.
Quyoshdan Yergacha bo’lgan masofa o’rta hisobda 150 000 000 km ga teng. Quyoshdan Yerga yetib keluvchi yorug’lik bu masofani taxminan 8,3 minutda bosib o’tadi. Barcha moddalarda yorug’likning tezligi havo va bo’shliqdagidan kichikroq bo’ladi.
Yorugʻlik dispersiyasi -modda sindirish koʻrsatkichi p ning yoruglik chastotasi v ga yoki yorugʻlik toʻlqinlari faza tezligining ularning chastotasiga bogʻlikligi. Yo. d. tufayli oq yoruglik dastasi prizma orqali oʻtganida spektrga ajralishi yuz beradi. Spektrga ajralish hodisasini oʻrganishi oqibatida I. Nyuton yoruglik dispersiyasi hodisasini kashf etdi (1672yil). Spektr sohasida shaffof boʻlgan moddada v ning kattalashishi (X ning kichrayishi) bilan p ortadi: p ning X ga bunday bogʻlanishini normal yoruglik dispersiyasi deyiladi. Moddaning yutish sohasi yaqinida p ning toʻlqin uzunligi X ga bogʻliq tarzda oʻzgarishi ancha murakkab. Masalan, sianin eritmasidan yasalgan yupqa prizmaning yutish sohasida qizil nurlar binafsha nurlarga nisbatan kuchliroq, yashil nur, soʻngra koʻk nur eng kam sinadi. Bunday holatni anomal yoruglik dispersiyasi (X ning kichrayishi bilan p ning kamayishi) deyiladi. Moddada yorugʻlikning sinishi yorugʻlik fazaviy tezligining oʻzgarishi natijasida yuz beradi; moddaning sindirish koʻrsatkichi p=s/sf; bunda sf yorugʻlikning muhitdagi fazaviy tezligi. Yorugʻlikning elektromagnit nazariyasiga koʻra sf=s/ bunda ye —dielektrik singdiruvchanlik, s — magnit singdiruvchanlik. Spektrning optik sohasida barcha moddalar uchun s birga juda yaqin.

Download 201,98 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 201,98 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mundarija kirish I bob. Tabiiy yorug’lik manbalari va ularning xususiyatlari

Download 201,98 Kb.