|
Mundarija kirish I bob. Tabiiy yorug’lik manbalari va ularning xususiyatlari
|
bet | 5/16 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 201,98 Kb. | | #155334 |
Bog'liq Mundarija kirish I bob. Tabiiy yorug’lik manbalari va ularning xYorug’lik bosimi. Yorug’likning jismda yutilishida va qaytishida , saqlanish qonuniga binoan yutilish yoki qaytishidan oldingi va keyingi yorug’lik dastasi impulslari farqiga teng qandaydir impuls tashiladi. Natijada jismga ma’lum bir kuch ta’sir qiladi va yorug’lik bosimi yuzaga keladi. Yorug’lik bosimi mavjudligi haqidagi ideya Kepler o’z zamonasida Quyoshdan kelayotgan kometalarning dumlarini og`ishini tushuntirish uchun aytgan edi. Biroq bu g’oya juda ko’p munozaralarga sabab bo’lib uzoq vaqtgacha uni isbot qilinmay keldi. To’lqin nazariyasi tarafdorlari yorug’lik bosimi mavjud emas degan fikrni olg’a surdilar va eksperimental isbot qilinmaganligini rukach qilib, yorug’lik bosimini mavjudligi bevosita kelib chiqadigan korpuskulyar nazariyaga uzoq vaqt qarshi turdilar. Lekin yorug’likning elektromagnit nazariyasi yorug’lik bosimining mavjudligini aytadi. Agar elektromagnit to’lqin qattiq jismning yassi sirtiga normalg’ yuzasiga tushsa va unda to’liq yutilsa, u holda 1 sek.da jismning 1m2 yuzasiga ga binoan G impuls uzatiladi va o’nga mos holda yorug’lik bosimi
(1)
bo’ladi. Jism sirtidan to’la qaytishda ikki marta ko’p impuls uzatiladi va mos holda bosim ham ikki marta ortiq bo’ladi. Energiya oqiminig qisman yutilishida bosimni hisoblash mumkin. Agar yutilayotgan energiya oqimi zichligi ga teng bo’lsa, energiyaning saqlanish qonuni bo’yicha qaytuvchi energiya oqimi zichligi bo’ladi va bosim quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin: (2)
(3)
Yorug’lik bosimini o’lchashda to’g’ri yo’nalishdagi birinchi qadamni U.Kruks (1832-1912) qo’ydi. U yaproqlariga yorug’lik tushuvchi buralma tarozidan foydalangan . Ipning buralishiga qarab yaproqqa ta’sir qiluvchi kuch haqida fikr yurgizish mumkin edi. Biroq radiometrik effekt tufayli yorug’lik bosimini o’lchashning iloji bo’lmadi. Bu birinchi bo’lib 1900 yilda P.N.Lebedev (1866-1912) ga nasib etdi. Buraluvchi tarozi joylashgan idishda yuqori vakuum hosil qilish bilan radiometrik kuchlarni kamaytirishga erishildi. SHuni evaziga burama tarozi osilgan ipning buralishida yorug’likning bosim kuchi dominantlik rolini o’ynaydi va o’lchanadi. Mexanik to’lqinlar uchun hosil qilingan sharoitni yorug’lik to’lqinlari uchun ham hosil qilish mumkin. Buning uchun yorug’likning yo’nalishiga () joylashtirilgan muhitning tuzilishi va xossalari turi yo’nalishlar bo’yicha turli xil bo’lishi kerak. Bunday muhitlarga anizatropik muhitlar deb ataladi va unga misol qilib kristallarni olish mumkin. Qutblanmagan yorug’lik nurlarini qutblangan nurga aylantiruvchi asbobga polyarizator deyiladi.
Yorug’likning qutblanganligini aniqlovchi asbobga analizator deyiladi. Yorug’likning qutblanganligini aniqlash uchun quyidagicha tajriba o’tkazish mumkin. Qalinligi 1mm ga teng bo’lgan ikkita turmalin (bir o’qli kristall) plastinka olamiz. Bu plastinkalarning yorug’lik o’tkazuvchi tekisliklari kristall panjarasining biror yo’nalishiga parallel bo’lsin. Bunday yo’nalishga kristalni o’qi yoki optik o’q deyiladi.
|
| |