Yorug‘lik kuchi birligi – Kandela




Download 201,98 Kb.
bet4/16
Sana12.02.2024
Hajmi201,98 Kb.
#155334
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Mundarija kirish I bob. Tabiiy yorug’lik manbalari va ularning x

Yorug‘lik kuchi birligi – Kandela.
Turli mamlakatlarda, yorug'lik kuchining o‘lchov birligi sifatida, 1948 yilgacha sham yoki alanga yorug'ligiga asoslangan turli o‘lchov birliklaridan foydalanilgan. 1848 yilda uning o‘rniga, Plank radiatorining (qora jismning) platinaning qotish haroratidagi yorug‘ligiga asoslangan yangi birlik: "yangi sham" joriy etildi. Bu ko‘rinishdagi o‘lchov birligi, Yoritish bo‘yicha Xalqaro Qo‘mita (CIE) va O‘TXQ tomonidan 1937 yildan avval tayyorlangan bo‘lib, u O‘TXQ ning 1946-yildagi qarori bilan e'lon qilingan edi. U, 1948 yildagi, 9- O‘TXK tomonidan qabul qilingan bo‘lib, bu konferensiyada, o‘lchov birligiga yangi xalqaro nom - kandela, va ramziy belgi cd kiritildi; 1967-yildagi 13-O‘TXK da (Rezolyutsiya 5, CR, 104 va Metrologia, 1968, 4, 43-44) bu ta'rifga tuzatish kiritilgan.1979 yilda, Plank radiatorining yuqori haroratlarda amalda qo‘llashning qiyinligi sababidan va radiometriya sohasida paydo bo'lgan yangi imkoniyatlar, ya'ni optik nurlanish kuchining o‘lchash asosida, (1979 yil, Rezolyutsiya 3, CR, 100 va Metrologia, 1980,16, 56) kandelaning yangi ta'rifini qabul qildi. Kandela - berilgan yo‘nalishda chastotasi 540·1012 gerts bo'lgan monoxromatik nurlanish tarqatuvchi manbaning yorug'lik kuchiga teng, bu nurlanishning energetik yorug'lik kuchi, shu yo‘nalishda 1/683 Vatt taqsim steradianni tashkil qiladi.
Bundan kelib chiqadiki, chastotasi 540·1012 gerts bo'lgan monoxromatik nurlanishning spektral lyuminessensiya effekti aniq 683 lyumen taqsim vattga teng. K = 683 lm/Vt = 683 cd·sr/Vt
• Yoruglik difraksiyasi deb ataladigan xodisada yoruglik nurlari shaffofmas tusiklardan egilib utib geometrik soya soxasiga kirib boradi. difraktsiya suzi lotincha bulib “egilib utish” degan ma’noni bildiradi.
• Masalan, nuktaviy monoxromatik yoruglik manbaidan tarkalayotgan yoruglik nurlarining yuliga shaffofmas jismdan yasalgan disk shaklidagi to`siq joylashtirilgan bulsin. Geometrik optika konunlariga asosan, ekaranda to`siqning soyasi - doira shaklidagi qorong`i soxa kuzatilishi lozim. Tajribada, xaqiqatan, shunday manzara kuzatiladi. Lekin to`siqdan ekrangacha bo`lgan masofa to`siq o`lchamlaridan bir necha ming marta katta bo`lgan xolda ekranning to`siq qarshisidagi soxasidagi qorong`ulik emas, balki ketma-ket joylashgan yorug` va qorong`i konsentrik xalqachalar kuzatiladi. Xuddi shunday manzara yorug`lik juda kichik tirqishdan o`tganda xam kuzatiladi.
• Geometrik optika qonunlariga zid bo`lgan yorug`lik difraksiyasining moxiyatini quyidagi tarzda tushuntiriladi. Gyugens prinsipiga asosan, to`lkin frontining xar bir nuqtasini ikkilamchi to`lqinlarning manbalari deb xisoblash mumkin. Frenel esa Gyugens prinsipini takomillashtirib, bu ikilamchi to`lqinlarning manbalarini kogerent manbalar deb va fazoning ixtiyoriy nuqtasidagi tebranishi bu nuqtaga yetib kelgan ikkilamchi kogernt to`lqinlar interferensiyalanishining manzarasi deb karash lozim, degan fikrni ilgari surdi. Bu takomillashgan prinsip Gyugens-Frenel prinsipi deb yuritiladi. Bu prinsip yorug`lik difraksiyasiga oid bir qator xodisalarni tushuntirib bera olgan Frenel-Gyugens prinsipi.
• Frenel yorug’lik difraksiyasini tushuntirish uchun o’tayotgan to’lqin frontini elementar to’lqinlar manbai bo’lgan zonalarga ajratdi va ularning biror nuqtadagi ta’sirini ko’rib chiqdi. Optikada bu zonalarni Frenel zonalari deb ataladi. Frenel shu usul bilan yorug’likni to’g’ri chiziq bo’ylab tarqalishini ham tushuntirdi.

Download 201,98 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 201,98 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yorug‘lik kuchi birligi – Kandela

Download 201,98 Kb.