Mundarija kirish. I-bob. Texnologik qism




Download 4,8 Mb.
bet5/7
Sana20.05.2024
Hajmi4,8 Mb.
#245750
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 боб каштачилик

Popop chok .Chok bir-birining ichidan chiqib keladigan uzluksiz qator petlyalardan iborat boMadi. Bu chokni gardishda va gardishsiz tikish mumkin. Ikkala holda ham ignani o‘zi tomon yo‘ritib qaviq tushiriladi. Kashtani gardishsiz tikayotganda gazlama tortilib qolmasligini, chok petlyalari yumaloq shaklda boiishini kuzatib borish kerak. Agar kashta ikki
qavat ip bilan tikiladigan bo‘lsa, ipni gazlamaga puxtalash qavig‘i popop chokning birinchi qavigNda boiishi kerak. Puxtalangandan keyin ipni chapdan past tomondan o‘ngga yo‘naltiriladi, ignani esa birinchi petlya o‘rtasidan ip gazlama o‘ngiga chiqqan nuqtasida gazlamaga kiritiladi. Igna birinchi petlyaga nisbatan gazlamaning 4 -5 ta ipiga teng oraliqda pastroqdan, ip petlyasi igna tagida qoladigan qilib chiqariladi. Popop chokni siniq chiziq tarzida tikish ham mumkin. Bunday chokning teskari tomonidan qaviqlari va
o‘ng tomonidagi petlyalari chokning o‘rta chizig’dan navbat manavbat bir chapga, bir o‘ngga joylashgan boiadi.
Puxtalangan petlya quyidagicha hosil qilinadi. Popop chokning birinchi petlyasini tikib olib, keyin petlyadan pastroqda gazlamaga igna sanchib mayda
qaviq tushiriladi. Oq va rangli tekis choklardagi kashta gullar va oilar
shunday petlyalar bilan tikiladi. Petlyalarni aylana bo‘ylab gullar shaklida joylashtirish mumkin. Ularni ikkita va uchta qaviq bilan puxtalash mumkin. Ikkita puxta qaviq tushirishda, ipni qattiq tortmay, oldin birinchi, keyin esa ikkinchi puxta qaviq tikiladi. Uchta puxta qaviq tikiladigan bo‘lsa, ip petlyasi dastlabkidan ham bo‘shroq qo‘yiladi-da, oldin o‘rtadagi puxta qaviqni tikib olib, keyin ikki chetidagilari tikiladi.
Tugunchalar. Kashta tikishda gullar o‘zagi yoki
yaproqlarining yarmi tugunchalar bilan to‘ldiriladi. Tugunchalar quyidagicha tikiladi. Ipni gazlamaga puxtalab, keyin uni gazlama o‘ngidagi kontur chizig‘iga chiqariladi. Chap qoida bilan ip chap tomonga tortiladi. Ignaning uchini chapga qaratib, gorizontal ushlanadi. 0 ‘zidan oldinga tomon yo‘naltirib, ignaga 1-2 marta ip o‘raladi, chok solish tugaguncha ipni chap qo‘l barmog‘i bilan tutib turiladi. 0 ‘ng qo‘l bilan ip gazlama yuzasiga o‘tgan joydan ozroqqina oraliqda gazlamaga igna sanchiladi. Ehtiyot qilib ip teskari tomonga tortib olinadi. Hosil bo‘lgan tugunchani gazlamaga torta borib, tikilgan tugunchadan 1,5-2 mm cha o‘ngda
ignani gazlama o‘ngiga chiqariladi-da, hosil boMgan tuguncha yonida gazlamaga sanchiladi va gulning o‘zagi guncha doira bo‘ylab tikilaveradi.
Tugunchalarni tikayotganda ignadagi tuguncha o‘rami igna birinchi sanchilgan joyiga to‘g‘ri kelib qolmasligiga e’tibor berish kerak, chunki tugunchalar ip bilan birga osongina teskari tomonga o‘tib ketadi.
O’ram chokni bajarish texnikasi tugunchalarga o‘xshab ketadi, faqatgina ignaga iplarni ko‘proq o‘raladi. Natijada uzunroq chok hosil bo‘ladi. Bu chokda mayda gullarni tikish, turli kiyimlarni bezash mumkin.

Download 4,8 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 4,8 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mundarija kirish. I-bob. Texnologik qism

Download 4,8 Mb.